> For the complete documentation index, see [llms.txt](https://adiblar.gitbook.io/adiblar/llms.txt). Markdown versions of documentation pages are available by appending `.md` to page URLs; this page is available as [Markdown](https://adiblar.gitbook.io/adiblar/zulfiya-isroilova/shu-kunlarda-bahorga-zorman.md).

# Shu kunlarda bahorga zorman

Shu kunlarda bahorga zorman,&#x20;

Navjuvonlik o‘ti tanda yo‘q.&#x20;

Kuz singari za’far ruxsorman,&#x20;

Mevalar ham shoxlardan uzuq.

Shu kunlarda bahorga zorman,&#x20;

Tanxastalik ezadi ruhim.&#x20;

Tanho emas, qatorda borman,&#x20;

Yana neni izlaydi suqim?

Shu kunlarda bahorga zorman,&#x20;

Shaffof, yorqin kuy tilar ko‘ngul.&#x20;

Yaxshiyamki, qalamga yorman,&#x20;

So‘zlab turar bor dilimni ul.

Shu kunlarda bahorga zorman,&#x20;

O’z bahorim kabi bemisol.&#x20;

Bahor qaytmas, yonuvchi qorman,&#x20;

Yo no‘noq qo‘l butagan nihol.

Shu kunlarda bahorga zorman...
