Shoiraning urushdan keyingi yillarda yaratilgan “Dalada bir kun” (1948), “Tong qoʻshigʻi” (1953) kabi sheʼrlar turkumi, shuningdek, “Hulkar” (1947), “Men tongni kuylayman” (1950), “Dugonalar bilan suhbat” (1953), “Yuragimga yaqin kishilar” (1958), “Gullarim” (1959), “Tanlangan asarlar” (1959), “Hayot jilosi” (1961), “Kuylarim sizga” (1963), “Sheʼrlar” (1963), “Kuylarim sizga” (toʻldirilgan 2-nashri, 1965), “Oʻylar” (lirika, 2-nashri, 1969), “Lolaqizgʻaldoq” (1970), “Quyoshli qalam” (1971), “Visol” (1972), “Asarlar” (2 tomlik, 1-jild, 1974,2-jild, 1975), “Yillar, yoʻllar…” (1975) kabi toʻplamlarida Vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik koʻrsatayotgan kishilar hayoti joʻshib kuylanadi.