# Abdulla Qahhor hikoyalarida tasviriy ifodalar

Abdurahmonova Mavluda Ibragimovna&#x20;

TerDu akademik litseyi ona tili va adabiyot òqituvchisi <https://doi.org/10.5281/zenodo.7546843&#x20>;

Annotatsiya: Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning hikoyalarida inson\
ruhiyatining o’zaro tasvirlanishi, hamda hikoyalaridagi obrazlarning tasviri\
atroflicha yoritib berilgan.&#x20;

Kalit so’zlar: Abdulla Qahhor, hikoya, janr, realistik, Mastura, Turobjon,\
qahramonlar, inson, o’g’ri, bemor, anor, o’tmish, zamonaviy. Abdulla Qahhor o‘zbek realistik hikoyachiligining asoschilaridan biri bo‘lib,\
adabiyotimizda bu janrning shakllanishi va o‘sishi uning nomi bilan chambarchas\
bog‘liqdir. Abdulla Qahhor G‘afur G‘ulom, Abdulla Qodiriy, Oybek kabi yozuvchilar bilan hamkorlikda ijod etib, hikoya janrining ko‘pgina namunalarini\
yaratdi. Uning “Bemor”, “Anor”, “Millatchilar”, “Tomoshabog‘”, “O‘g‘ri”, “Maston”, “Qanotsiz chittak”, “San’atkor”, “Jonfig‘on”, “Yillar”, “Adabiyot muallimi” kabi hikoyalari o‘zbek adabiyotida hikoya janrining sezilarli darajada\
taraqqiy etishiga ta’sir ko‘rsatgan asarlar sirasiga kiradi.

Abdulla Qahhor hikoyalarini mazmuni va janr xususiyatlariga ko‘ra ikki guruhga\
ajratib tahlil etish mumkin. Bularning bir guruhini o‘tmish haqidagi hikoyalar\
tashkil qilsa, ikkinchi guruh hikoyalarning bosh qahramonlari\
zamondoshlarimizdir.

Yaqin o‘tmishdagi o‘zbek voqeligi «Anor», «O‘g‘ri», «Bemor», «Tomoshabog‘»,\
«Millatchilar» kabi hikoyalarda aks etgan. Keyinchalik esa, adib o‘tmish\
mavzusida yana «Dahshat» hikoyasini yaratdi. Shuningdek,, «O‘tmishdan\
ertaklar» qissa deb atalgan bo‘lsa-da, mohiyati bilan ayrim-ayrim hikoyalardan\
tashkil topgan. Shuning uchun ularni ham adibning o‘tmish haqidagi asarlari deb\
bilish mumkin. Abdulla Qahhor qissa va roman janrlarini taraqqiy etishiga ham salmoqli hissa\
qo‘shdi. U “Sarob”, “Oltin yulduz”, “Qo‘shchinor chiroqlari”, “Sinchalak”,\
“O‘tmishdan ertaklar”, “Muhabbat” singari ajoyib roman va qissalar yozib, katta\
janrda ham mohir san’atkor ekanini isbotladi. Yozuvchi ajoyib o‘xshatishlar,\
go‘zal sifatlashlar, original mubolag‘alar va metoforalar, hikmatli so‘z va iboralar\
yaratish orqali o‘z fikrini g‘oyat siqiq va obrazli qilib ifodalaydi. Zamonaviy o’zbek hikoyachiligining rivojida Abdulla Qahhorning hissasi\
nihoyatda katta. “Abdulla Qahhor o’zbek hikoyachiligining zamonaviy jahon\
hikoyachiligi darajasiga ko’tardi va o’zbek realistik hikoyachiligining asoschisi\
degan nom oldi. Abdulla Qahhorning shunday hikoyalari borki ularni jahon\
navalistik adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan bir qatorga qo’yish mumkin”\
deb yozgan edi rus tanqidchisi Semerovna. Abdulla Qahhorning izchil realistik uslubda yozilgan hikoyalarining ko‘pchiligi\
urush yillarida va urushdan keyingi davrda yaratilgan. Bular «Ko‘k konvert»,\
«Qizil konvert», «Kampirlar sim qoqdi», «Xotinlar», «Asror bobo», «Beshik»,\
«Mahalla», «Nurli cho‘qqilar» kabilardir. Albatta, ularning hammasi ham bir xil\
darajada badiiy yuksak emas. Ularning ichida mazmunan sayozroqlari ham, uncha\
pishiq ishlanmaganlari ham bor. Lekin shu bilan birga, hech shubhasiz, adabiyotimizning oltin fondidan o‘rin oladiganlari ham bor. Bu gap, ayniqsa,\
«Ming bir jon» va «Asror bobo» hikoyalariga taalluqlidir.&#x20;

«Ming bir jon» - insonning hayotga muhabbatini, umuman, hayotning qudratini,\
inson irodasini ulug‘laydigan hikoya. Bu hikoya noumid odamlarning ko‘nglida\
umid chirog‘ini yoqadi, ularni yashash uchun kurashga chorlaydi, umr yo‘lidagi\
har qanday, g‘ovlarni sabot va bardosh bilan yengishga o‘rgatadi. Hikoyani o’qir\
ekanmiz, Mastura obrazi misolida chinakam o’zbek ayolining jasorati, hayotga\
bo’lgan shijoati, bir insonning hayotga bo’lgan muhabbati, so’nmas irodasi timsoli\
desak adashmagan bo’lamiz. Masturaning turmush o’rtog’ining o’z ayoliga bo’lgan vafodorligini, u bilan besh yil mobaynida bitta shifoxonada kasallar\
orasida sog’ bo’lsada, ayoli uchun yashagan bir insonni ko’rish mumkin. U\
umrining oxirigacha o’z ayoliga sadoqat bila sobit turdi va albatta farovonlikka\
erishishdi. Masturaning ruhiyati har vaqt hayotga bo’lgan tashnalik, kamtarlik\
sezilib turadi. Abdulla Qahhorning “Anor” hikoyasi epigrafdan boshlanadi: «Uylar to‘la non,\
och-nahorim bolam, Ariqlar to‘la suv, tashnai zorim bolam» (O‘tmishdan).\
Adibning barcha mashhur hikoyalari ham epigraf bilan ochilgan: «Dahshat»,\
«Bemor», «O‘g‘ri», «Tomoshabog‘», «To‘yda aza» va boshqalar. Hikoyadagi birinchi jumla: «Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami\
yaktagining yengi zulfinga ilinib, tirsakkacha yirtildi». Unda Abdulla Qahhorga\
yarashmagan ko‘pso‘zlilik bor, lekin fikrni bundan-da qisqa ifodalashning ham\
yo‘li yo‘q. Chunki qahramonning uyga hovliqib kirishini aytish bayon, xabar,\
xolos. Abdulla Qahhor yozuvchi sifatida kitobxon ishonishi uchun buni badiiy\
detal bilan dalillashi kerak edi. Shuning uchun ham qalami yaktagining yengi yirtiladi, jo‘nroq yozuvchi qisqa qilib, «yaktagi yirtildi» deb qo‘ya qolardi.&#x20;

Biroq eshikning zulfini yaktakni yirtmaydi, uning faqat bir qismini, qo‘l tegishi mumkin\
bo‘lgan yengini yirtishi mumkin, lekin yozuvchi uning «tirsakkacha yirtilgani»ni\
ko‘rsatadi. Bu bilan Abdulla Qahhor asar syujetidan kutilajak, favqulodda\
hodisaning olis shabadasiga ishora qiladi. Yengi ilinib, qisqagina yirtilishi ham\
mumkin edi, biroq Turobjonning qalami yaktagining yengi tirsakkacha yirtildi.\
Demak, syujet yanada keskinlashishi va kutilmagan oqibatlarga olib kelishi\
mumkin. Bu esa nochor davrning ilojsiz kimsalarining oddiygina tasviri. Hikoyada\
zamonning tashvishlari, o’sha davrdagi insonlarning ijtimoiy hayoti, oilaviy\
ahvoliga bitta anor timsolida yozuvchi o’z hikoyasida ochib bera olgan chinakam\
realistik hikoyanavis ekanligini dalili desak to’g’ri bo’ladi.\
"O‘g‘ri" hikoyasini tekstual tahlil qilish ko‘proq samara beradi. Negaki, hajman\
mo‘jaz bu hikoyada badiiy maqsadga xizmat qilmaydigan, personajlar tabiatini\
ochishga qaratilmagan bironta so‘z ham uchramaydi. Binobarin, asarda nomuhim,\
ikkinchi darajali badiiy unsurning o‘zi yo‘q. Shu bois, xuddi lirik asarlarni tahlil\
qilgandek, mazkur hikoyani ham tekstual usulda o‘rganish samarali bo‘ladi.\
“O‘g‘ri” hikoyasi matni ustida ishlashni quyidagicha tashkil qilish mumkin.\
Abdulla Qahhorning “O'g'ri” hikoyasi asosida kitobxonga o'zgalar baxtsizligi\
evaziga kun ko'ruvchi manfaatparast kimsalarga nafrat, zulmga isyon hissini\
shakllantirish, asardagi obrazlarni tahlil qilish, yozuvchining so'z qo'llash mahorati\
va istiqlol mohiyatini anglatishdan iborat. Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, adibning «Dahshat», «O‘g‘ri», hikoyalarida insonga achinish, mehr-shavqat tuyg’usidan mahrum kimsalarning bechora\
kishilarni xo’rlashdan cheksiz lazzatlanishi betakror manzaralarda, ta’sirchan\
detallarida ko’rsatiladi. Ayniqsa, «Dahshat» hikoyasida Unsinning qabriston oldiga brogan tasviri, uning ruhiyatini, qabristondan qaytganda undagi bo’lgan ruhiy\
kechinmalarni kitobxon hikoyani o’qiganda his eta oladi va go’yoki, o’sha muhitga\
o’zini xudddiki tushib qolgandek o’ylaydi. Abdulla Qahhor hikoylarida har bir\
obrazlarning detallari uning ruhiyatini ochib berishga xizmat qiladi.&#x20;

Yuqoridagi hikoyalarni mutolaa qilish jarayoni hamisha o’quvchini mahzun qilib qo’yadi.\
Chunki ularda insoniy munosabatlar murakkabligi gavdalantiriladi. Ammo\
yozuvchi manman kimsalarga qahr-g’azabini ham, kambag’al bechoralarga\
achinish tuyg’usini ham oshkora izhor qilmaydi. Insondagi kechayotgan ruhiy\
kechinmalarini go’yoki, mavhum, goho oshkora tasvirlaydi. U voqelikni odamlar\
munosabatidagi ziddiyatni xolis turib gavdalantiradi. Bechora odamlarga achinish ularga mehr-muruvvat ko’rsatish, qo’lidan kelgancha ko’maklashish har bir inson\
uchun sharaf sanaladi. Abdulla Qahhor ulug’ ijodkorlar ilgari surgan\
insonparvarlik g’oylariga mos betakror asarlar yaratdi va o’zbek adabiyotida\
o’zining mohir hikoyanavisligi to’laligicha namoyon eta bildi. Adabiyotlar ro’yxati:

1. E.Xudoyberdiyev “ Adabiyotshunoslikka kirish’’
2. H. Umurov “Adabiyor nazariyasi’’ Toshkent, “Merius’’ 2004
