Adiblar Uz
  • Adiblar Uz
  • Asosiy Menu
  • Adiblar Xiyoboni 360 AR
  • Abdulla Qodiriy uy-muzeyi 360 AR
  • Adiblar English
  • Adiblar на Русском
  • Adiblar français
  • Adiblar in Spanish
  • Adiblar in German
  • Muallifning hayoti va ijodi
  • 🇺🇿Alisher Navoiy hayoti va ijodi
    • Xamsa
  • 🇺🇿Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi
  • 🇺🇿G'afur G'ulom
    • Vaqt she'ri
    • SOG‘INISH she'ri
  • 🇺🇿Zulfiya Isroilova
    • Zulfiyaxonim she'rlari
    • Zulfiyaxonim she'rlari
    • Oydinda
    • SEN QAYDASAN, YURAGIM
    • Bugun tunda kelarmish, Bahor...
    • BOG‘LAR QIYG‘OS GULDA
    • Shu kunlarda bahorga zorman
    • Nevara (Zulfiya)
    • Zavqqa solib o‘tar notinch fikridan
  • 🇺🇿Abdulla Qodiriy
    • Abdulla Qodiriy hayoti va Ijodi
    • Abdulla Qodiriy she'rlari
  • 🇺🇿Muhammad Yusuf
    • She'rlar
    • Muhabbat, sen chiroyli
    • Men o’z bilganimdan qolmadim.
  • 🇺🇿Hamid Olimjon
    • Hamid Olimjon she'rlari
    • O’RIK GULLAGANDA
    • Holbuki, tun…
    • Bo'lsam
    • Eng gullagan yoshlik chogʼimda...
    • Sharqning ham buzilmas odatlari bor
  • 🇺🇿Lutfiy
  • 🇺🇿Sharof Rashidov
  • Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 1-qism
  • Ahmad Yassaviy
    • Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi
  • G'azallar
    • 📗Alisher Navoiy G’azallari
      • Mubtalo bo'ldum sanga
      • Qaro ko'zum, kelu mardumlug' emdi fan qilg'il...
      • Oʻxshamas
      • Meni men istagan oʻz suhbatigʻa arjumand etmas
      • Junun vodisigʻa moyil koʻrarman joni zorimni
      • Un sakkiz yosh hayratlari
      • Orazin yopqach kuzimiddin…
      • Bovujudikim adam boʻldum gʻamidin qaygʻurub
  • 📚Zahiriddin Muhammad Bobur G'azallari
  • Ruboiylar
    • Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylari
    • 📓Alisher Navoiy ruboiylari
      • Yo‘q dahrda bir besar-u sorson mendek...
      • G'urbatda g'arib shodmon bo‘lmas emish...
  • She'riy To'plamlar
    • Alisher Navoiy sh'erlari
    • Navoiy hikmatlari
  • Platforma Yangiliklari
  • Hikoyalar
    • Abdulla Qahhor hikoyalari
    • Abdulla Qahhor. Xotinlar
    • Abdulla Qahhor. San’atkor (hikoya)
  • Kinofilm
    • Zahiriddin Muhammad Bobur haqida videorolik
  • Ilmiy maqolalar
    • Abdulla Qahhor hikoyalarida tasviriy ifodalar
  • Tadbirlar
    • 21 - Oktabr
Powered by GitBook
On this page

Was this helpful?

  1. Hamid Olimjon

Sharqning ham buzilmas odatlari bor

Sherda Hindistonning madaniy, san'atiy, tabiiy boyliklari va insonlarining ko'rinishi va ularning go'zalliklari to'g'risida aytib o'tilgan. Sherda yozilgan qatorlar orqali, muallif qo'shiqlar, ko'kdan non kutish, go'dak kulgusi va banan ishlari kabi ayollikka bag'ishlangan xususiyatlarga ham ta'nqid qilgan. Ushbu sher, muallifning Hindiston safarimida ko'rgan taassurotlarini bitta to'plam sifatida ifodalaydi. Sharqning ham buzilmas odatlari bor,

Hindlar udumiga qilamiz amal.

Chordana quramiz mehmon va mezbon

Kamalakrang gilam uzra bemalol.

Poygakda yechilgan xil-xil poyafzal,

Mening nazarimda o’zi bir dunyo.

Har biri o’zida mehnat va go’zal

Eli tuprog’ini keltirgan go’yo.

Ajib Hindistonning mohir, mirishkor

Kosibin san’atin qilib namoyish

Hindlar sandallari tizilgan qator. (Sandal daraxtidan yasalgan emish). Juda soz!

Albatta kiyib birini Safarga do’stlar-la men ham chiqaman.

Har qo’lga tutqazib xalqim mehrini,

Buyuk Hindistonni yayov kezaman!

Xitoyning bejirim, Bog’dodning puxta

Oyoq kiyimlari turar yonma-yon.

Qarayman, Seylon bor va boshqa juftda Eron kosibining san’ati ayon.

Mo’g’ulcha etiklar Panjob kashfiga

Ertak so’zlaganday egilib turar...

Ko’zlar quvonadi inson ishiga,

Shod etar tuprog’-u, mehnat va hunar. So’ngra tevarakka sezdirmay sekin

Men ham tuflimga tashladim ko’zim. Yomon emas, Ahmad, mohir, kamtarin

Vatandosh, ishingga olqish o’qidim.

Bilaman, sening ham bunda do’sting bor,

Balki Bombeyda u, balki Kashmirda.

Qayerda bo’lmasin xuddi sen misol

Yashaydi davrada yangragan she’rda!

Chodir ichi gavjum, ko’zlar muntazir,

Mikrofon oldida davr sohibi:

Kumushday sochida jilvalanar nur,

Ko’zida yoshlikning so’nmas yolqini.

Nelarni ko’rmadi bu ko’zlar?

Yurtda Ko’z yoshi daryoday oqqanin eslar.

Iroda va umid toblanib o’tda,

Qari haqsizlikni yoqqanin eslar.

Endi Hindistonning ustida oftob,

Shuning-chun yosh, dadil, munavvar boqar,

Bizni she’r bahsiga qiladi xitob,

Qo’shiq yuraklardan daryoday oqar.

Go’zal tarjimondir zangori oqshom,

Har yurak hamdam.

Bizning mushoira etadi davom,

Do’stim, kel sen ham!

Mana, musiqaday, sevgiday mayin

Davraga kiradi Panjob bulbuli.

Nafis satrlari yoniq o’tdayin,

Jasur jaranglaydi onalik dili.

She’r o’qiydi Nepal, Vetnam, Xitoy, Rus, tojik o’qiydi she’rini sarbast.

Qora alangaday soqolli singxlar,

Qorday oq libosli bengallar, hindlar.

Zavqidan tebranib naq to’lqinli soy,

Tinglardi hayajon og’ushida mast.

Qo’shiq-chi? Goh kurash, goh qiz sevgisi.

Goh ko’kdan non kutib ko’r bo’lgan nigoh,

Goh go’dak kulgusi, goh banan isi,

Surmali ko’zlarning nozi bo’lib goh, Goh bo’g’iq haqiqat dod, hayqirig’i, Gohi yulduz kabi yiroq, yorqin baxt.

Qullikka sanchilgan g’azabning tig’i,

Goh erk tantanasi bergan adolat

Osiyo, Afrika kartasi bo’lib,

Hayot alamiga, baxtiga to’lib,

Kirib kelar edi dildan dillarga.

Yellar misralarni dillardan yulib

Million yo’llar bilan butun ellarga Ketardi go’yo bir samimiy sayyoh,

Yolqin qanotida do’stlik va mehr.

Go’yo sharqliklarning baxtiga guvoh,

G’arbni chorlar edi davraga she’r.

PreviousEng gullagan yoshlik chogʼimda...NextLutfiy

Last updated 2 years ago

Was this helpful?

🇺🇿