Adiblar Uz
  • Adiblar Uz
  • Asosiy Menu
  • Adiblar Xiyoboni 360 AR
  • Abdulla Qodiriy uy-muzeyi 360 AR
  • Adiblar English
  • Adiblar на Русском
  • Adiblar français
  • Adiblar in Spanish
  • Adiblar in German
  • Muallifning hayoti va ijodi
  • 🇺🇿Alisher Navoiy hayoti va ijodi
    • Xamsa
  • 🇺🇿Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi
  • 🇺🇿G'afur G'ulom
    • Vaqt she'ri
    • SOG‘INISH she'ri
  • 🇺🇿Zulfiya Isroilova
    • Zulfiyaxonim she'rlari
    • Zulfiyaxonim she'rlari
    • Oydinda
    • SEN QAYDASAN, YURAGIM
    • Bugun tunda kelarmish, Bahor...
    • BOG‘LAR QIYG‘OS GULDA
    • Shu kunlarda bahorga zorman
    • Nevara (Zulfiya)
    • Zavqqa solib o‘tar notinch fikridan
  • 🇺🇿Abdulla Qodiriy
    • Abdulla Qodiriy hayoti va Ijodi
    • Abdulla Qodiriy she'rlari
  • 🇺🇿Muhammad Yusuf
    • She'rlar
    • Muhabbat, sen chiroyli
    • Men o’z bilganimdan qolmadim.
  • 🇺🇿Hamid Olimjon
    • Hamid Olimjon she'rlari
    • O’RIK GULLAGANDA
    • Holbuki, tun…
    • Bo'lsam
    • Eng gullagan yoshlik chogʼimda...
    • Sharqning ham buzilmas odatlari bor
  • 🇺🇿Lutfiy
  • 🇺🇿Sharof Rashidov
  • Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 1-qism
  • Ahmad Yassaviy
    • Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi
  • G'azallar
    • 📗Alisher Navoiy G’azallari
      • Mubtalo bo'ldum sanga
      • Qaro ko'zum, kelu mardumlug' emdi fan qilg'il...
      • Oʻxshamas
      • Meni men istagan oʻz suhbatigʻa arjumand etmas
      • Junun vodisigʻa moyil koʻrarman joni zorimni
      • Un sakkiz yosh hayratlari
      • Orazin yopqach kuzimiddin…
      • Bovujudikim adam boʻldum gʻamidin qaygʻurub
  • 📚Zahiriddin Muhammad Bobur G'azallari
  • Ruboiylar
    • Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylari
    • 📓Alisher Navoiy ruboiylari
      • Yo‘q dahrda bir besar-u sorson mendek...
      • G'urbatda g'arib shodmon bo‘lmas emish...
  • She'riy To'plamlar
    • Alisher Navoiy sh'erlari
    • Navoiy hikmatlari
  • Platforma Yangiliklari
  • Hikoyalar
    • Abdulla Qahhor hikoyalari
    • Abdulla Qahhor. Xotinlar
    • Abdulla Qahhor. San’atkor (hikoya)
  • Kinofilm
    • Zahiriddin Muhammad Bobur haqida videorolik
  • Ilmiy maqolalar
    • Abdulla Qahhor hikoyalarida tasviriy ifodalar
  • Tadbirlar
    • 21 - Oktabr
Powered by GitBook
On this page

Was this helpful?

  1. Hikoyalar

Abdulla Qahhor hikoyalari

Абдулла Қаҳҳор. Адабиёт муаллими (ҳикоя)

O‘zining aytishiga ko‘ra «nafis adabiyot muallimi» o‘rtoq Boqijon Baqoyev og‘ilga kirib ta’bi xira bo‘ldi: sigirning qulog‘iga yana kana tushibdi! Kanadan ham ko‘ra sigir uning achchig‘ini keltirdi: kanani teray desa qo‘ymaydi — boshini silkiydi, pishqiradi.

— Hayvon! Sigir emas, hayvon! — dedi og‘ilning eshigini qattiq yopib.— Hayvon!

Xotini Mukarram hovlida samovarga suv quyar edi.

— Hayvon! — dedi Baqoyev,— bu sigirni sotib puliga cho‘chqa olish kerak!

— Shaharda cho‘chqa asrash mumkin emas,— dedi Mukarram samovarga ko‘mir solayotib.

— Nima uchun? Taqiq qilinganmi? Kim aytdi? Men ay-tib edimmi? To‘g‘ri, mumkin emas… albatta, mumkin emas…

— Uyga kiring, Hamida keldi.

Hamida o‘n olti yoshlardagi tirik, quvnoq qiz, pochchasini ko‘rib sevinib ketdi.

— Siz uyda ekansiz, bilsam, daftarimni olib kelar ekanman… esizgina…

O‘rtoq Boqijon Baqoyevning ta’bi ochildi — sigir, uning qulog‘idagi ko‘m-ko‘k kana, g‘o‘qillab tumshug‘i bilan ariq yoqalarini buzib yurgan cho‘chqa ko‘z oldidan ketdi.

— Texnikumdan rabfakka o‘tibsan, deb eshitdim, rostmi? — dedi.— Himm… yaxshi qilibsan. Rabfakka o‘t, deb men aytib edim shekilli? Himm… Auff, zarda bo‘libman… Rabfak yaxshi. Men bir borgan edim. Kantselyariyaning eshigiga praktikum deb yozib qo‘yipti. To‘g‘ri emas. Praktikum, minimum, maksimum bular hammasi lotincha yoki lotinchaga yahin so‘zlar. Men, shaxsan shunday deb bilaman.

Bir oz jim qolishdi.

— Boqijon aka,- dedi qiz uyalibroq,- bir narsani sizdan so‘ramoqchi edim: biz sinfda Chexovning «Uyqu istagi»ni o‘qidik, go‘dakni o‘ldirgan qizni sud qilmoqchimiz. Da’vogar go‘dakning onasi — Rahima bo‘ladi, qoralovchi — Sharifjon. Sudyalar ham bo‘ladi. Men qizni oqlab, butun gunohni uning xo‘jayiniga, yosh qizni bu qadar berahm ekspluatatsiya qilgan kishiga qo‘ymoqchiman. Mana shu… Shuni yozdim. Shu to‘g‘rida sizning fikringizni bilmoqchiman. Chexov shunday demoqchi emasmi?

O‘rtoq Baqoyev o‘ylab turib, so‘radi:

— Nafis adabiyot darsini sizlarga kim beradi? Hakimov? Axmoq odam! O‘z ustida ishlamaydi. Savol alomati hammavaqt»mi» dan keyin qo‘yiladi desam, kuladi. Gap bunda ham emas…

Mukarram samovar ko‘tarib kirdi. Hamida irg‘ib turib, samovarni opasining qo‘lidan oldi va stolga qo‘ydi. U, homilador xotinga samovar ko‘tartirib, qarab o‘tirgan pochchasidan o‘pkalamoqchi edi, biroq uyaldi, indamadi. O‘rtoq Boqijon Baqoyev juda chanqab turgan ekan, ustma-ust to‘rt piyola choy ichdi va terladi.

— Chuchvaradan keyin choy juda yaxshi ketadi-da,— dedi yuzidagi terni artib,— Himm… soqol ham o‘sipti, sartarosh bo‘lmasa odamlar maymun bo‘lib ketar edi. Maymun, juni to‘kilib, odam bo‘lgan. Bu haqda Engelsning fikri bor…

— Haligini aytmadingiz, Boqijon aka,— dedi qiz,— Chexov shunday demoqchi emasmi?

O‘rtoq Baqoyev yana bir piyola choy so‘radi.

— Chexovmi? Himm… burjuaziya realizmi to‘g‘risida so‘zlaganda, eng avval uning obyektiga diqqat qilish kerak. Burjuaziya realistlari tushungan, ular aks egtirgan obyektiv voqelikni anglash lozim bo‘ladi. Turgan gapki, Chexovning ijodi boshdan-oyoq, butun mohiyati bilan ilk burjuaziya realizmi, ya’ni… himm… Mukarram, tovuqqa moyak qo‘ydingmi? Qo‘yish kerak, bo‘lmasa daydi bo‘lib ketadi… Tavba, tovuqdan ahmoq jonivor yo‘q — moyak qo‘ysang tug‘adi! Nima guchun moyak qo‘ysang tug‘adi? Xo‘roz nima uchun saharda qichqiradi? Ajoyib psixologiya! Biologiya o‘qiysizlarmi?

Hamida biologiyadan nimalar o‘qiganini, bu o‘qish yi-lida yana nimalar o‘tilajagini so‘zlab berdi va o‘zining oqlash nutqida fiziologik asoslar ham ko‘rsatish niyati bor ekanini aytib, yana so‘zni Chexov ustiga burdi.

— Himm…- dedi Baqoyev,-Chexov to‘g‘risida o‘zimning fikrim bor. Boshqalar nima desa desin, har holda uning dunyoga qarashida… Uning dunyoga qarashi Pushkin va Lermontovlarning dunyoga qarashidan farq qiladi. Bir davr, bir sinf, bir mamlakat yozuvchilari bo‘lishlariga qaramasdan, mutlaqo farq qiladi!

— Chexov Pushkin bilan bir davrda yashagan emas-ku,— dedi Mukarram,— bizning kutubxonada uning Maksim Gorkiy bilan oldirgan surati bor. Chexov 1904 yilda o‘lgan bo‘lsa kerak.

O‘rtoq Baqoyev bir oz o‘ng‘aysizlandi.

— Sizlar qaysi Chexov to‘g‘risida gapirayotibsizlar? Choydan quy!.. Bu Chexov haqidami? To‘g‘ri, bu 1904 yilning birinchi yarmidami, ikkinchi yarmidami o‘lgan… Boshqa ro‘molcha ber, bundan piyoz hidi kelayotipti. Men ana u Chexov, ilk burjuaziya realizmining namoyandasi bo‘lgan Chexov haqida so‘zlayotibman.

— «Uyqu istagi» qaysi Chexovniki? — dedi Hamida.

— Hech shubhasiz bu Chexovniki. Bu narsa birinchi marta «Sovremennik» jurnalida bosilgan.

Shundan keyin o‘rtoq Boqijon Baqoyev uzundan-uzoq so‘zlab ketdi. Uning nima to‘g‘rida so‘zlayotganini Hamida bilmas edi. Detirding degan allaqanday mashhur tanqidchi Shelling degan yozuvchiga «sen dastyorga zor bo‘lguncha o‘g‘ling dastyor bo‘ladi» deb xat yozgan; Marks Dobrolyubovni Mering bilan bir qatorga qo‘ygan; Stending degan allaqanday bir dramaturg o‘lar chogida Demping degan bir tanqidchiga: «Agar butun jonivorlarni xudo yaratgan bo‘lsa, men uning zavqiga qoyil emasman, echkiyemar ham jonivor bo‘ldimi?» degan…

Hamidaning boshi og‘irlashib ketdi; ikki marta sekin, og‘zini ochmasdan esnadi.

Hamida mezbonlar bilan xayrlashib ko‘chaga chiqqanda qorong‘i tushgan edi; «Uyqu istagi» to‘g‘risida pochchasidan hech qanday fikr ololmadi. Uning so‘zlaridan nima olgani haqida o‘ziga hisob berar ekan, g‘uvillab turgan boshida shun-dan boshqa hech narsa yo‘q edi: praktikum, minimum, maksimum; Detirding, Stending, Shelling, Mering, Demping…

PreviousNavoiy hikmatlariNextAbdulla Qahhor. Xotinlar

Last updated 1 year ago

Was this helpful?