SEN QAYDASAN, YURAGIM

SEN QAYDASAN ,YURAGIM

Qalb bo‘lganda yiroqda,

Iroda ekan ojiz.. Do‘stlar ham ko‘p atrofda,

Ammo men yakka-yolg‘iz...

Birdan qalbim keksarib, Qon ham qochdi yuzimdan

Sen, sirdoshni axtarib, Xayol ketar izingdan.

Qayga ketding,yuragim, Bitdi bardosh va toqat,

Suhbatingdir tilagim, Dilda hasratim qat-qat.

Ko‘pdir aytajak so‘zim, O‘g‘itlaringga zormen.

Yig‘laysan deb do‘stlarim Ta’na qilar. Netay men?

Sovush bermaydi menga, Yoqib ketganing olov.

Netay, yetmayman senga, O‘rtaga tashlangan g‘ov.

Ishqqa maskan yuragim, Topib ber, deb qistaydi.

Nima qilay,berahm- Ruhim seni istaydi.

***

Hamon e’tiqodim — haqiqat, haqdir,

So'zlayman, yuzimni tutib Ka’baga,

Yemira olmaydi o'tkinchi taqdir,

Osuda o'tadi ruhim abadga.

E’zozlar, ardog'lar uchun tashakkur,

Asli Siz oftobim, men ziyosiman.

Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,

Baxtim shul — o'zbekning Zulfiyasiman.

Ku‌rganmiding ku‌zlarimda yosh?!

Sog‘inganda izlab bir nishon,

Qabring tomon olar edim yo‘l.

Keltirarding menga bir zamon,

Endi har chog‘ men eltaman gul.

Keldim. Uzoq qoldim men sokin,

Sening aziz boshingda yolg‘iz,

Osmon tiniq edi va lokin,

Parcha bulut yetib kelib tez,

Ko‘kda mening boshimda turib

Go‘yo yuragimday qalqdi

u.

Ko‘zimdagi yoshimni ko‘rib U ham to‘kdi yoshini duv-duv.

Biz yig‘ladik tepangda shu kun,

Keldingmi, deb ko‘tarmading bosh.

Ayt

-chi, sen

-la baxtiyor onlar,

Ko‘rganmiding ko‘zimda bir yosh?

BU OQSHOM

Bu oqshom porillar dil nuringizda,

Diydor baxti nasib yana Siz bilan.

Turibman, azizlar, huzuringizda

Hamon o‘tlig‘ ko‘ngil, yorug‘ yuz bilan.

Hamon mulkimdagi siymu zarim – she’r.

Sochimda, chehramda yillardan nishon,

Sajdagohim tanho Vatan, Ona Yer,

Orzularim karvon, sarbonim – ishonch.

Hamon ota-onam, ikki jahonim

Aziz yodi aro shikasta, butman

Ishqim – alangadir, qordir hijronim

Sakson yil lovullab so‘nmagan o‘tman.

Ikkita ko‘zimga ikki qorag‘ich –

Munisim Hulkarim, alpim omonim

Shirin nabiralar hayotdan tortig‘

Har biri joniga payvanddir jonim.

Nomlari , yodlari payg‘ambar monand

Hazrat ustozlarim – teran ildizlar,

Men undan jon olib ko‘kargan daraxt,

Mevasi – qalbimdan otilgan so‘zlar.

Hikmatlar bag‘rida dur, marvaridim

Ajdodlarim menga iftixor, g‘urur

Shu mavjlardan tomgan nuqra umidim

Shoira qizlarim baxsh etgan surur.

Bu nazm bog‘iga kirolmas xazon,

Bizni mahf etolmas zavol lashkari,

Men ketsam mung‘aymas umrim hech qachon,

Bu bog‘lar – bir bog‘lar bo‘ladi hali…

Hamon e’tiqodim – haqiqat, haqdir,

So‘zlayman, yuzimni tutib Ka’baga,

Emira olmaydi o‘tkinchi taqdir,

Osuda o‘tadi ruhim abadga.

E’zozlar, ardog‘lar uchun tashakkur

Asli Siz oftobim, men ziyosiman.

Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,

Baxtim shul – o‘zbekning Zulfiyasiman.

LOBAR QIZLARGA!

Salom, mening aziz dugonalarim, Azizim, lobarim, chevarim qizlar! Ey, toza qalbimning oshnolari, Kuylarim ilhomi, sevarim qizlar!

Qahramon yigitlar kechirsin meni, Bu kun ham qo‘shig‘im sizlarga doir. Sizni, hur va ozod, sizni kuylamoq Menga saodatdir, men baxtli shoir!

Mana, shod yurakning sevgisin qo‘shib, Chevar qo‘lingizga bermoq uchun gul, Sizga yozgan yurak she’rim izidan Respublikam bo‘ylab men ham oldim yo‘l.

Hormang, paxtakorlar, muborak bo‘lsin, Mehnat va tinchlikning mo‘l hosil to‘yi! Hattoki, quyoshga yeta olguday, Dur bo‘lib uyilmish xirmonlar bo‘yi.

Kumushday ochilgan bu paxtalarda, Sizning qo‘lingizning hissasi ulug‘, Jon-dildan ishlaysiz, chunki qalbingiz, Ezgu umid bilan sevgiga to‘liq.

Siz endi bilasiz saodat nima, Baxtingiz qayerda, kimsiz o‘zingiz.

Bu kunu ertani ochiq ko‘radi, Ozodlik munavvar qilgan ko‘zingiz,

Vodiylar qo‘yniga traktor solmoq, Farovon hayotda yayrash dedingiz. Grammlab paxtani chanoqdan olmoq, Urush falokatin haydash dedingiz.

Bahorgi ahdimiz ustidan chiqsak, Ulug‘ yurtimizning boshi osmon. Moskva olqishlab, do‘stlar quvonsa, Hayotimiz bo‘lsa yana farovon.

Tinchlik va shodlikni yaratuvchi xalq, Sizning qo‘lingizdan kiyinsa go‘zal. Sizning yuragingiz faxr-la to‘lsa, Azizlar, baxt bundan bo‘lurmi afzal?

Ajoyib bir xalqning lobar qizisiz, Sizdan maqtonchoqlik, mag‘rurlik yiroq. Yangi-yangi tuzgan rejalaringiz Sizni olg‘a tomon undaydi bu choq.

O‘z yeri, o‘z erki, o‘z hur mehnati, Uqib yod olgani aziz kitobday. Ne baxtdir, har damgi mehnat mahsuli Qalbingiz yoritsa xuddi oftobday.

Otalar erkasi, onalar baxti, Vatanning sevgani, dugona qizlar. Siz bilan she’rimning rubobi yangrar, Siz bilan go‘zaldir zamona, qizlar.

Hamid Olimjon va Zulfiya:

Ku‌rganmiding ku‌zlarimda yosh?!

Sog‘inganda izlab bir nishon,

Qabring tomon olar edim yo‘l.

Keltirarding menga bir zamon,

Endi har chog‘ men eltaman gul.

Keldim. Uzoq qoldim men sokin,

Sening aziz boshingda yolg‘iz,

Osmon tiniq edi va lokin,

Parcha bulut yetib kelib tez,

Ko‘kda mening boshimda turib

Go‘yo yuragimday qalqdi

u.

Ko‘zimdagi yoshimni ko‘rib U ham to‘kdi yoshini duv-duv.

Biz yig‘ladik tepangda shu kun,

Keldingmi, deb ko‘tarmading bosh.

Ayt

-chi, sen

-la baxtiyor onlar,

Ko‘rganmiding ko‘zimda bir yosh?

Ne baloga etding mubtalo?!

O‘tdi oylar g‘am bilan oqib,

Dil topmadi zarra tasallo.

Firoqingda qoldim tutoqib,

Ne baloga etding mubtalo!

Ko‘z ochgani qo‘ymaydi alam,

Boshim qo‘ysam kuydirar bolish.

Yupatolmas kitob va qalam,

Misralarim ko‘tarar nolish.

Nahot shuncha ma’sum, shunday pok

Sevishmoqda alam bor shuncha?

Bardosh bermas iroda, idrok,

Tamoman lol aql, tushuncha.

Tog‘day bor deb bilgan yuragim

Qush boshicha qolmadi chog‘i?

Gʻamni yengarman degan sarim

Yana ortar alami, dog‘i.

Erib ketmagandim sevgingdan,

Bo‘lmaslik-chun baxtingdan judo,

Birga qolish uchun sen bilan

Kuyamanu, bu‌lmayman ado.

Xalqimga aytar so'zlarim!

O‘zing tashna etding, o‘zing suv tutding,

Qalbimdagi sahrom, daryomsan, xalqim!

Seni seva-seva men boyib ketdim,

Dunyo ichra topgan dunyomsan, xalqim!

Yurak chaqmoq tekkan osmon yuziday,

Lekin e’tiqodim, iymonim butun,

Umrimda qilganim ozmi-ko‘pimdan,

Mehrim daryosidan serobman bu kun.

Menga Navoiydan ayting alla deb,

Lutfiydan ongimga ziyo taratding,

Qiynalgan olamga bo‘lgin dalda deb

Asli o‘zing meni shoir yaratding...

Yosh shuur, kurashchan tuyg‘ular bilan

Sening taqdiringga mahkam tutashdim,

Ne-ne g‘animlar-la kurashganing on

Ko‘pning biri bo‘lib malhamga shoshdim.

Sarg‘aygan dashtlarga berding yashil qon,

Tuproq tepalarda shahar ko‘tarding:

Har bir g‘alabangni ko‘rgan suyuk on

Dildagi o‘z g‘amim kuyi cho‘kardi.

Yo‘l yurdim, sog‘indim, to‘kildi baytim

Xorijning shomlari, saharlarida,

Ezgu istaklaring jaranglab aytdim

Osiyo, Afrika minbarlarida.

Paxta xirmonining o‘sdi bo‘ylari,

Tanidi, tan oldi yaqinu yiroq

Gʻururdan dengizday to‘lib kuyladim,

Tolelar tiladim bundan yorqinroq.

Maktublar yozding sen, maktublar bitdim,

Goh ko‘zga nam qalqib, gohida xushbaxt.

She’r bilan, so‘z bilan qalbingga yetdim,

O‘sha qalb men uchun eng sharafli taxt.

Ko‘zim ustidasan bu tug‘yonli dam,

Sen bilan takdirdosh kunduzli bo‘ldim.

Seni deb siyladi Umr, aziz Vatan

E’zozli bo‘ldim men, yulduzli bo‘ldim.

Hali bor oldimda o‘tmagan burchim,

O‘tayman ko‘zimda tirik tursa nur.

Umrimdagi barcha fasllar uchun

O‘ziga bek xalqim, Senga tashakkur.

XAYR ENDI…

1

Xayr endi, vidoga chog‘ yetdi muddat,

Nazdimda qolmadi oldinda yo‘llar.

Qolgani yashindek shoshqin, tez sur’at,

Muallaq qotadi uzatiq qo‘llar…

Orzular bo‘lmasin oftobday yorqin,

Gulbargdan chiralgan kabi uzilur.

Yashash qancha shirin bo‘lmasin, lekin

Yumulish istamay ko‘zlar suzilur.

Na sevgi, na nafrat, na quvonch, azob…

Ne dod, keksa ajal abad ogoxda.

Yukli tevasimon tongla chorrohda

Gangib qolsam, egam,sadqa et najot…

2

Xayr endi, tabiat, to‘rt dunyo husn,

Qulluq, uzoq yillar yashadik inoq.

Qishingda oq ko‘rking sehrlab hissim,

Saratoning tuyg‘um yoqdi qaynoqroq…

Sening o‘zing tanho mumtoz bir kitob,

Raso va noraso darsing o‘qidim.

Bu tun borlig‘im-la quchdimu bob-bob,

Og‘rikdan tavallud she’rlar to‘qidim…

Bandaman, ey tangrim, kashfi tabiat,

Axir bir kun so‘nar ko‘zlarimda nur.

Kalimaga zaif qolganda qudrat,

Senga so‘nggi sajdam — umrim to‘kilur…

Izlayman!

Fikrlashdan bosh-u

Dil tolganida,

Ishli onlar o‘tib, el olganda dam.

O‘zim uchun yulib vaqt olganimda,

Xuddi yuragimday munis bir hamdam

Yonimda yo‘q bo‘lsa,

Uni izlayman.

Bahorga shoshqinsam jannat qilgan duch,

So‘ylashga talpinsam o‘rgatgan kuyga.

Jo‘shqin davralarga jur’at bergan kuch

Buyuk,

Boqiyligi g‘arq etib o‘yga,

Qonimga suq solsa,

Uni izlayman.

Bag‘rimdan uzganim-bag‘ri-la xursand,

Qonimni berganim — baxti-la gulgun.

Husni mendan ko‘hlik,

Parvozi baland,

Mehri bir jonimga solib ming to‘lqin —

Sig‘mayin jo‘sh ursa,

Uni izlayman.

Kunlar qancha shodlik,

Qancha noshoddik,

Qancha ish,

Kohishga etar ro‘baro‘.

Jahonga sig‘magan sevinchga nordek

Kelib bir bahamni qilganda orzu,

Takdir to‘siq bo‘lsa,

Uni izlayman.

Izlayman!

Bilaman, topmayman uni.

Zotan, o‘zim uni qachon yo‘qotdim?

Farzand,

Nabiralar tug‘ilgan kuni,

Men uni har safar Abadga topdim...

TUNGI GULHANLAR

Biz kunduz oshig‘i ekanmiz asli,

Tunni sevamiz deb yozamiz qo‘shiq.

Tog‘lar etagida bo‘ldim yoz fasli,

Har salqin parchasi ming sirga to‘liq.

Men siru sehrni bilmas ojiza,

Jodugar domiga tushganday bo‘ldim.

Tog‘liqning chaqnagan yulduzi ora

Yoniqman degan men, bir yo‘la so‘ndim...

To‘lin oy samoning quluni misol

Sallona-sallona bulut-la o‘ynar,

Etakda cho‘ponlar qurgani gulxan

Tillari yellar-la chirmashib o‘rlar.

Yelning mayin kuyin qoldimmi ilg‘ab.

Toshlarning bag‘rida tug‘ilar chashma...

... Qalbimni injitib dard, orzu yig‘lab,

Ajib og‘riq hislar qildi karashma...

Muxabbat tongi kulganda!

Oqshom edi, oydin ko‘prikda

Barno qiz-u yigit turardi,

Oyni kutgan oqshomgi ko‘kda

Beshik-beshik bulut yurardi.

Bulutlarning yorib quchog‘in,

Oy ko‘rsatdi olmos yuzini.

Mag‘rur tashlab yerga nigohin,

Tinglab qoldi yigit so‘zini.

«Xohi inon, xohi inonma,

Sening sevging qilmoqda shaydo.

Bunday yonish begona jonda

Bir o‘chmas o‘t bo‘libdi paydo!»

Oy suzadi, yel sari mayin,

Ikki qalbni yoqar bir otash.

Yoniq dilning baxtiyor nayin,

Yutmoq bo‘lur sukut jafokash.

Yigit sevgi tongini kutar,

Qiz ko‘ziday quyuladi tun.

Lekin uzun kipriklar o‘ta —

Yarqiraydi baxtga to‘la kun.

«U bir o‘tki, seni ko‘rmasam

Iztirobga solar jismimni,

Lol qolaman — axtarib topsam,

Unutaman hatto ismimni.

Xoh inongin, inonma xohi,

Xayolimda kezasan yolg‘iz.

Meni sevgin!»

Yigit nigohi

Sevgi tilar — sukut qilar qiz.

Oppoq pag‘a bulut ustida

Hayron suzar keksa oysuluv.

Yulduzlarni quchib ko‘ksida,

Anhor to‘lib jo‘shib oqar suv.

Shu choqqacha ishqin qiz faqat,

Dildan so‘rab aytgandi dilga.

Ilk, musaffo, katta muhabbat

Qiz dilidan kelmasdi tilga.

Hozir yurak bir nigoh bo‘lib,

Boqqan edi yigit ko‘ziga.

Oqshom og‘ushiga nur to‘lib,

Tong kulganday bo‘ldi yuziga.

Yelda qo‘shiq, ko‘prikda shu’la,

Baxt-la tepdi ikki yosh yurak...

Oy so‘zladi yulduzni to‘plab,

Sevgi tongi haqida ertak.

OYDINDA

Jilib-jilmas to’lin oy,

Bulut xayolday yengil,

Oy anhorda qulun toy,

Gilosda shig’il-shig’il.

Yaxlit oynaday bo’lib,

Hovuzga yoyilgan u.

Egilsam-tubdan to’lib

O’zim chiqdim ro’baro’:

Atrofim to’la saf-saf,

Ming-ming yulduz ora man.

Barin sidirg’a chayqab,

Yerga sudrab boraman.

Yerda: novda, gul, barglar,

Aksi kashta singari.

Sel unutgan ko’lmaklar

Misli oyning singani.

Yonadi parcha-parcha.

Shabnam naq yel sochgan chog’.

Har nurda shodlik qancha,

Har soya sirga to’lig’.

Sayxonlar naq nur maydon,

Uyquda barcha tovush.

Inida uxlar nodon,

Latofatni sezmas qush.

O’zimga tashlayman ko’z:

Ko’ksim, qo’limda shu’la.

Osmonga tutaman yuz,

Yel silar yog’du qo’l-la.

Eh, umr yarmin yutib,

O’tgan tunlardami ayb?

Endi bu ko’rkni tutib,

Kunduzga bermasam hayf?

SAHAR MEN BILAN...

Kundan-kun saharga ortar sog‘inchim,

Nahot hayot shomin yaqinligi bu?

Salqin oromida yo‘qolar tinchim,

Demak, men-chun yolqinligi bu!

Nahot umrimdagi sahargi zavqlar

Tark etib izlayman sahardan najot?

Birday emasmidi yil, fasl, vaqtlar,

Nedir o‘tib, nedir kelmaydi, nahot?

Sahar bu – yoshlikday borlig‘i orzu,

Sahar o‘qilmagan g‘aroyib kitob.

Nahot umr olib qo‘lga tarozu

Mendan kutar halol, aniq sarhisob?

To‘xta!

Nechun yillar pallasi vazmin,

Umrim emasmidi hayotdan tuhfa?

Sarhisob chog‘da ham o‘zimda izin,

Posangisin rostlash paytimas, to‘xta!

Kun faqat saharmas, kunduz, shomi bor,

Kech pishar mevalar ozmi tuproqda?

To‘xta!

Tarozuga qo‘yardek kuy bor,

Hali sahar siyoq yashnoq dil – bog‘da.

Men axir sahar chog‘ tavallud topdim,

Onam ko‘ksi, aziz yurtim ham sahar.

She’rga dil daftarin saharlar ochdim,

Eslayman:

Topgandi sevgi qo‘ynidan

Meni tog‘dan og‘ir hijron ham sahar.

Bugun shom ustidan yal-yal kulajak

To umr boricha sahar men bilan.

Har kun menga sahar tuhfa etajak

Xalqim yuragiga safar men bilan.

Seni birdan jonsiz ko‘rdim,

Jonim chiqdi mening-da.

Es-hushimdan ajrab turdim,

Tuyg‘um ketdi sening-la.

Koshki edi, men boshingda

Turgan bo‘lsam o‘sha dam.

Kirmasmidim men qoningga,

Bermasmidim jonni ham.

Ajal degan beshafqatga

Koshki otsam ishqimni,

To‘ldirsam ham ko‘kni dodga,

Saqlasam men baxtimni.

Koshki edi, so‘ng qo‘lingda

Erkalanib bersam jon.

So‘nggi nigoh senda qolsa,

Men ko‘z yumsam bearmon...

Yashash sening haqqing dedim,

Kechir, qoldim g‘aflatda.

Yo‘q edi-ku bo‘lmoq mahrum

Bizning ilk munis ahdda?

O‘RIKLAR GULLAR...

Shoir sevgan oʻlka koʻksida

Xushboʻy bahor kezib yuradi.

Ne bor! Hatto qoya ustida

Oʻrik oppoq boʻlib gulladi.

Juda ham koʻl gulladi oʻrik,

Zero choʻllar bogʻ boʻlib ketgan.

Hamma yerda ochilgan qoʻriq,

Yurtin xalqi guliston etgan.

Do‘stu yorlar jamuljam bu kun,

Aziz noming mehr nurida.

Ming bor uzr,

bugun sen uchun

Men oʻltirdim toʻying toʻrida.

Bugun senga toʻlmish yetmish yosh,

Yarmi bizdan qaylarda kechdi?

Oʻttiz besh bor gul ochib qiygʻoch,

Oʻttiz besh bor oʻriklar pishdi.

Oramizda seni muysafid

Koʻrganlarning bilmam nomini.

Kuylab ishqni, tongni muttasil

Menga qoʻyding umr shomini.

Men shomlardan saharlar yasab,

Oʻttiz yoshli boʻlib yuraman,

Har bahorga chiqqanda qoʻmsab,

Qaynoq qoʻllaringdan tutaman.

Va yuraman yoningda oʻktam,

El omonlik etar seni shod.

Seni koʻrgan va koʻrmagan ham,

Bu muborak noming qilar yod.

Va bilasan keksarmas umring,

Donday yoyiq yillar qatiga.

Kuylay berib yoshlik qoʻshigʻi

Mangu qolding yoshlik faslida.

Ne-ne goʻzal yoshliklar kelar,

Umri boqiy hayot yoʻlida.

O‘shanda ham oʻriklar gullar,

Sen boʻlasan dillar toʻrida.

PALAK

"Senga maftun bo'lib sevib qolganim,

Ishqing olovida o'rtanganim rost.

Sening yoding bilan nafas olganim,

Isming takrorlashga o'rganganim rost".

Dedingu, ey yigit, yuzimga boqding,

Sendan uzolmadim men nigohimni,

O'sha go'zal bahor bag'rimni yoqding,

Endi o'zing tingla tortgan ohimni!

Qizlar bo'yi yetsa, tikardi palak,

Men seni sevdimu oldim qo'limga.

Savatda tovlanar rang-barang ipak,

Bahor nusxa tashlar chizgan gulimga...

Dushman ajal tortib keldi Vatanga,

Bizning sevgimizga tashladi hijron.

Sen ketding yarog'ing olib yelkanga,

Qaytaman, kut,– deding, – yov bitgan zamon.

Sen-la, birga ketdi bahor ham yurak,

Yomon vahimalar oldi hushimni.

Kelgach dilbar xating, xayrli darak,

Umidim o'sdi-yu, tikdim ishimni.

Uni tika berdim kechalar bedor,

Qarshimda surating, tortdim qatimni.

Xayolimda sensan doim, aziz yor,

Ishqing bilan chekdim sevgim xatini.

Yozni tamom qilib sen qaytsang g'olib,

Ishqda birga tepgay bizdagi yurak.

Seni qarshilagay quyoshday yonib,

Yo'lingga ko'z tutib men tikkan palak.

Sening dillaringga bergay ul orom,

Sevgim armug'on bo'lur umrbod.

Mehribon qo'limning san'ati mudom

Sening ro'parangda tursa bas, men shod!

MEN YERDA TUG'ILGANMAN

Men yerda tug'ilganman,

Qushday kesaman ko'kni.

Quyoshdan to'kilganman,

Ushlay olaman o'tni.

Taqdirim tongla egizak,

Garchand ko'zim tun misol.

Qo'lda qalamim eshkak,

Okeanday cheksiz xayol.

Bulutdan yuksaklikda

Bitta olaman she'r.

Kirar uchqur kaklikday,

Ilhom bo'lib Ona Yer.

Gulxanday yashnaydi tong,

Tongday har narsa nurli.

Nurday serquvonch, serbong

Shu yerda inson umri.

Yulduzday chaqnaydi tun,

Yurakday hayot uyg'oq.

Har tundan tug'ilar kun,

Sevgidan farzand siyoq.

Gulxanday tong,

Yorqin tun,

Qaynoq kunduz,

Go'zal shom!

Senda inson bo'lgan-chun,

Sen hayotga to'liq jom!

Shu tong arafasida,

Senda ochibmanmi ko'z,

Umr aravasiga

Istamayman tushsin kuz.

Bo'lsa ham umr chinor,

Maysaga qilgum sajda:

To'lqinida yoshlik bor,

Yoshlikda qo'shiq avjda.

O'RIK GULLAGANDA

"Derazamning oldida bir tup,

O'rik oppoq bo'lib gulladi..."

Gulni ko'rib ishqparast qalbim,

Ming aytilgan darddan kuyladi.

Sevgi qurg'ur buncha zo'r ekan,

Hijron qo'shar ekan harorat.

O'lgudayin mushtoq bo'libman–

Visolingga, yo'q chog'i toqat.

Seni qumsab oqshom chog'ida,

Kirib keldim shu tanish uyga.

Biz bir chog'lar yashagan uyda,

Tunab qoldim xayol-la birga.

Buncha issiq, buncha ham shinam,

Yoshlik kechgan torgina shu joy.

Bunda yashar ajib onlardan,

Ishq-la o'tgan tunlardan chiroy.

Har burchagi elitar hushim,

Naqadarlik oshino, yaqin.

Xuddi tunda kamolga yetgan,

Qo'shig'ingdan chaqnagan chaqin.

Bunda hayot – ilhom onlari,

Qalamingdan to'kilgan gavhar.

Gul bo'yini olganda shamol,

Rashqqa to'lib to'ngan u ko'zlar.

Sen tugatgach, chanqoqlik bilan,

O'qib maftun bo'lganim hayot.

"Qalay degan" bo'lib termulgan,

Ko'zlaringning otashi hayot.

Hali hayot, takror o'qirkan,

Zavqqa to'lib yayragan ko'ksim.

Yuzingdagi ulug'vor, mayin,

Bir jahonga arzir tabassum.

Bari hayot, muhabbat kabi,

Hamma yerda ko'rinar izing.

Parrandalar nag'ma kuyida,

Jaranglaydi tovushing, sozing.

Meni o'rab oldi hayajon,

Yana ortdi sevgining kuchi.

Sharq qizarib, chimoqda quyosh,

Oltinlandi terakning uchi.

Sen kuylagan o'rik shu kecha,

Burkandi oq – oppoq chechakka.

Men qadrdon xotira bilan,

Jo'nab ketdim uyimga yakka.

SHAFAQ

Shafaq nuri go‘zal, deydilar,

Men shafaqqa keldim yuzma-yuz.

Jilvalarim zarhal, deydilar...

Tong misoli tindirmaydi ko‘z.

Shafaq nuri olis, deydilar,

Qo‘l uzatsam tutar qo‘limdan...

Haroratdan xolis, deydilar,

Otash o‘sar mening yo‘limdan.

Shafaq umri qisqa, deydilar,

Cho‘kkan jonday botar ufqqa,

Qoldirgani g‘ussa, deydilar...

Mening jonim to‘la qo‘shiqqa.

Yurak zaif, idrok hukmdor

O‘tgan yo‘lga boqaman loqayd:

Qancha toshloq, jar, tepa, gulzor

O‘tilganin bilmabman ko‘p payt.

Faqat bitta o‘kinch: qalamga

O‘tgan kunlar o‘tkazar hukm.

Chap berganday ko‘p lazzat menga,

O‘tgan qolib, iqbolga yurgum...

FARZAND

Nega sevmay, erkalab o‘pmay,

Nechun demay uni hayotim?

Nega demay ko‘zimning nuri,

So‘zlaganda qandim, novvotim?

Shirin ekan farzand, u bilan

Oilaga kirar ekan jon.

Ko‘zi ko‘zga tushishi bilan

Mehri balqir ekan bepoyon.

Iqbol bo‘lib ko‘zing oldida,

Kundan kunga toparkan kamol,

Ne baxt, toza hayot bog‘ingda

O‘ssa toza, bebaho nihol.

U bor yerda qayg‘u va hasrat

Hayotingga begona ekan.

Qani ayting, farzanddan qimmat

Bu dunyoda nima bor ekan?

O... farzandim, ko‘zim nurisan,

Menga senday bo‘la olur kim?

Sen hayotim, seni ko‘rarkan,

Dilda behad jo‘shadi mehrim.

Qora ko‘zlaringga qarayman,

Unda borliq bo‘lar namoyon.

Mening baxtim yorqin, begumon

Jilvalanib ko‘rinar ayon.

Shirin so‘zing, cheksiz mehring bor,

Qilig‘ingda bir olam orom,

Sen bilan dil chiroyli gulzor,

Qo‘shig‘imga tuganmas ilhom.

Sen o‘s — sog‘lom, beqayg‘u, erkam,

Muhabbatim boshingga soya,

Men baxtiyor alla aytayin,

Qo‘shiqlarim ko‘p, benihoya.

Ko‘z yosh nima, sen bilma zinhor,

Senga porloq tilayman iqbol,

Bu dunyoda na yaxshiki bor

Senga, qo‘zim, senga bo‘lsin, ol!

O‘zing tashna etding, o‘zing suv tutding,

Qalbimdagi sahrom, daryomsan, xalqim!

Seni seva-seva men boyib ketdim,

Dunyo ichra topgan dunyomsan, xalqim!

Yurak chaqmoq tekkan osmon yuziday,

Lekin e’tiqodim, iymonim butun,

Umrimda qilganim ozmi-ko‘pimdan,

Mehrim daryosidan serobman bu kun.

Menga Navoiydan ayting alla deb,

Lutfiydan ongimga ziyo taratding,

Qiynalgan olamga bo‘lgin dalda deb

Asli o‘zing meni shoir yaratding...

Yosh shuur, kurashchan tuyg‘ular bilan

Sening taqdiringga mahkam tutashdim,

Ne-ne g‘animlar-la kurashganing on

Ko‘pning biri bo‘lib malhamga shoshdim.

Sarg‘aygan dashtlarga berding yashil qon,

Tuproq tepalarda shahar ko‘tarding:

Har bir g‘alabangni ko‘rgan suyuk on

Dildagi o‘z g‘amim kuyi cho‘kardi.

Yo‘l yurdim, sog‘indim, to‘kildi baytim

Xorijning shomlari, saharlarida,

Ezgu istaklaring jaranglab aytdim

Osiyo, Afrika minbarlarida.

Paxta xirmonining o‘sdi bo‘ylari,

Tanidi, tan oldi yaqinu yiroq

Gʻururdan dengizday to‘lib kuyladim,

Tolelar tiladim bundan yorqinroq.

Maktublar yozding sen, maktublar bitdim,

Goh ko‘zga nam qalqib, gohida xushbaxt.

She’r bilan, so‘z bilan qalbingga yetdim,

O‘sha qalb men uchun eng sharafli taxt.

Ko‘zim ustidasan bu tug‘yonli dam,

Sen bilan takdirdosh kunduzli bo‘ldim.

Seni deb siyladi Umr, aziz Vatan

E’zozli bo‘ldim men, yulduzli bo‘ldim.

Hali bor oldimda o‘tmagan burchim,

O‘tayman ko‘zimda tirik tursa nur.

Umrimdagi barcha fasllar uchun

O‘ziga bek xalqim, Senga tashakkur.

MENING TONGIM

Ona tuproq oromda yotar

Olib tungi risqi-qudratni.

Mening tongim qalbimda otar,

O‘ydan, ko‘zdan haydab zulmatni.

Tundan tongni uzib olaman,

Katta bo‘lsin deb ishli kunim.

Qog‘oz uzra sahar yoyaman,

Bag‘ishlayman umriga qo‘nim:

Oy qoldirgan momiq izlarni,

Ko‘chiraman she’r satriga.

Isitmovchi sho‘x yulduzlarni

Payvandlayman yerning taptiga.

Olov chehra qizlar qatida

Baxt to‘qishga beraman farmon.

Toki yashab inson vaqtida,

Quyoshga tik boqsin bizsimon.

Mening tongim boshlanar tundan.

Kuzataman g‘uncha kulishin.

Tog‘ ortida boshlanar kundan

Yaproqlarda shabnam so‘nishin.

Siynaday oq tong uyg‘onishi

Husniga yo‘q kunduzda qiyos.

Sahar bedor qushning xonishi

Ajib shodlik, yoniq ehtiros.

Qay uydadir yig‘ladi go‘dak,

— Ber onasi, xushboy ko‘krakni!

Unga temir qanotlar kerak,

Tark etmak-chun bu tor yo‘rgakni!

Uzoq-yaqin derazalarda

Birin-ketin yonadi chiroq.

Shoshqin qadam, kuy, pardalarda

Yangi tongga kiradi tuproq.

Tundan yulgan tongim:

Goh bir she’r,

Goh o‘qilgan bir kitob bo‘lur,

Goh umrning o‘tgan behosil

Sahfasiga bo‘m-bo‘sh bob bo‘lur...

ILTIJO

Dard sahrosin o‘ngu so‘liga

Imdod kutib sarbondir nigoh.

Bugun bunda parvona bo‘lgan

Emish mumtoz hazrati jarroh.

Tangri bergan chipqonni yormoq

Bandasiga emasdir ravo.

Ko‘rasida burch ekan pishmoq,

Ho‘p qovrilib bo‘lganman ado.

Ne-ne nashtarlarga chidam berganman,

Goho zako tig‘i ham larza.

Bo‘ronida xo‘b sovrilganman,

O‘zim o‘lib, o‘zim tutganman aza.

Hajr chipqonining ko‘zin ochmoqqa

Vojib olmoq tangridan rizo,

O‘zi yarlaqasa tongla uyokda

Nur bo‘lib yog‘armish har nohaq jazo.

Begunoh gunohga botganlar ozmi,

Taqdiri jafoga solgan qiynoqlar.

Safosi, jafosi, vafosi bilan

Zindonga tashlangan qalbi qaynoqlar.

Og‘riq ko‘kraklarda quriganda sut

Tirik bevalarning yetim farzandi

Emdilar sut emas, zaharni qult-qult,

Qatag‘on yillarning dardiyu-zardin.

Tarixdan qadrli, boqiy tuyg‘ular,

Mahbuslar tanida qolib ketgan kuch,

Hali hamon kezar, bilmay uyqular

Qurbonlar ruhida uyg‘oq qolgag‘ o‘ch.

Men haq mehrobining poyiga cho‘kib,

To‘kib soldim tavallolarim.

Bir kun yig‘lab qolar hammadan ham ko‘p

Yetimlikka uvol sho‘rlik she’rlarim...

Izlariga qilaman ta’zim,

Qaytaringlar kelgan yo‘liga...

... Bu yog‘iga toparman to‘zim,

Bermang meni jarroh qo‘liga.

Yaxshiki yigitda er yuragi bor,

U sevsa hech qachon yonmas yashirin.

Sevging to‘g‘risida o‘zing ochding so‘z,

Ey ko‘zi qop-qora, so‘zlari shirin!

Mening sevganimni hali bilmasding,

Tanho o‘rtanishdan men oldim lazzat.

Dilimni kemirgan muhabbat sirin,

O‘zim ardoqladim, ham qildim izzat.

Qalbimga yozilgan muhabbat so‘zi,

O‘yimni chulg‘adi mening har minut,

Lekin ishondimki, sen so‘z ochmasang,

Shu dardda o‘lsam ham etaman sukut.

Hatto bilmas edim sevarmiding sen,

Balki sevganingdir bir baxtiyor qiz.

Balki xayolingdan men behad yiroq,

Ammo sen dilimda kecha-yu kunduz.

Faqat o‘yladimki, uyatdir qizga

Yigitga sevgisin aylasa izhor.

Bu — dog‘ solar dedim qizning husniga,

Endi ilojim yo‘q bo‘lmayin iqror.

Uzoq men axtardim, ammo o‘zimda

Bir kuch topolmadim sevgidan ustun!

Men seni sevaman, sehrgar yigit,

Butun borlig‘im-la men senga maftun.

MEN CHIZOLMAGAN SURAT

Men yo‘ldaman, tinmagur yurak,

Yangi shodlik, qo‘shiqqa chanqoq.

Hamma yerni ko‘rmog‘im kerak,

Go‘yo menga hamma yer mushtoq.

Qishloqlarni kezdim borlig‘im

Jarangli dam sehriga maftun,

Vatandosh, sen baxtiyorligim,

Sensiz na kuy, na hayot butun.

Qahramonni chaqirdim, yondan

Tovush berdi kolxozchi ayol.

Yellar yuvgan yuzida ilhom —

Men yozajak kuydan barkamol.

Oftob olgan durra, chang etik,

Dala, quyosh saxovati bu!

Ko‘zi o‘ta boqqan qalb yetuk

Zamon o‘zi! Tashvish ham suluv!

Nurlanadi dag‘al barmoqlar,

Ko‘zlaridan jon olar qo‘shiq.

Qonidagi yangi irmoqlar

Zamzamasin chizishga rang yo‘q!

Jasoratning bayoni qay rang,

Donolikning belgisi qay so‘z,

Suhbatida she’r o‘qiganday

Yuksalaman men ham izma-iz.

O‘z baxtiday vazmin bu zotda

Parpirovchi qanot ko‘raman.

Hayot o‘zi, o‘zi hayotda,

Men hayotni chizmak bo‘laman.

Men chizaman... non, sevgi, mehnat,

Do‘stday aziz ayol suratin.

Shu kamtarin, shu ulug‘ san’at

Mening yurtim, mening shuhratim.

Muxabbat tongi kulganda!

Oqshom edi, oydin ko‘prikda

Barno qiz-u yigit turardi,

Oyni kutgan oqshomgi ko‘kda

Beshik-beshik bulut yurardi.

Bulutlarning yorib quchog‘in,

Oy ko‘rsatdi olmos yuzini.

Mag‘rur tashlab yerga nigohin,

Tinglab qoldi yigit so‘zini.

«Xohi inon, xohi inonma,

Sening sevging qilmoqda shaydo.

Bunday yonish begona jonda

Bir o‘chmas o‘t bo‘libdi paydo!»

Oy suzadi, yel sari mayin,

Ikki qalbni yoqar bir otash.

Yoniq dilning baxtiyor nayin,

Yutmoq bo‘lur sukut jafokash.

Yigit sevgi tongini kutar,

Qiz ko‘ziday quyuladi tun.

Lekin uzun kipriklar o‘ta —

Yarqiraydi baxtga to‘la kun.

«U bir o‘tki, seni ko‘rmasam

Iztirobga solar jismimni,

Lol qolaman — axtarib topsam,

Unutaman hatto ismimni.

Xoh inongin, inonma xohi,

Xayolimda kezasan yolg‘iz.

Meni sevgin!»

Yigit nigohi

Sevgi tilar — sukut qilar qiz.

Oppoq pag‘a bulut ustida

Hayron suzar keksa oysuluv.

Yulduzlarni quchib ko‘ksida,

Anhor to‘lib jo‘shib oqar suv.

Shu choqqacha ishqin qiz faqat,

Dildan so‘rab aytgandi dilga.

Ilk, musaffo, katta muhabbat

Qiz dilidan kelmasdi tilga.

Hozir yurak bir nigoh bo‘lib,

Boqqan edi yigit ko‘ziga.

Oqshom og‘ushiga nur to‘lib,

Tong kulganday bo‘ldi yuziga.

Yelda qo‘shiq, ko‘prikda shu’la,

Baxt-la tepdi ikki yosh yurak...

Oy so‘zladi yulduzni to‘plab,

Sevgi tongi haqida ertak.

Naqadar yer jamoli ajib,

Har soniya suvrati o‘zga.

Kezmoq mumkin ovozda oqib,

Tutmoq mumkin havoni ko‘zga.

So‘zsiz, kuysiz mahliyolikni

Atash mumkin jarangli doston.

Hayot nomli ro‘shnolikni

Mo‘yqalam-la chizmoqdir oson.

Lekin meni otar bir o‘yga,

Har bir rangi oladi ko‘zim.

Giyohlari mast etib bo‘yga

Qayta maftun sezaman o‘zim.

Va mingbora aytgan qo‘shiqni,

Takrorlashdan hech qilmayman or.

Takror izhor etib qulluqni

O‘lgunimcha kuylayman takror..

BU OQSHOM

Bu oqshom porillar dil nuringizda,

Diydor baxti nasib yana Siz bilan.

Turibman, azizlar, huzuringizda

Hamon o‘tlig‘ ko‘ngil, yorug‘ yuz bilan.

Hamon mulkimdagi siymu zarim – she’r.

Sochimda, chehramda yillardan nishon,

Sajdagohim tanho Vatan, Ona Yer,

Orzularim karvon, sarbonim – ishonch.

Hamon ota-onam, ikki jahonim

Aziz yodi aro shikasta, butman

Ishqim – alangadir, qordir hijronim

Sakson yil lovullab so‘nmagan o‘tman.

Ikkita ko‘zimga ikki qorag‘ich –

Munisim Hulkarim, alpim omonim

Shirin nabiralar hayotdan tortig‘

Har biri joniga payvanddir jonim.

Nomlari , yodlari payg‘ambar monand

Hazrat ustozlarim – teran ildizlar,

Men undan jon olib ko‘kargan daraxt,

Mevasi – qalbimdan otilgan so‘zlar.

Hikmatlar bag‘rida dur, marvaridim

Ajdodlarim menga iftixor, g‘urur

Shu mavjlardan tomgan nuqra umidim

Shoira qizlarim baxsh etgan surur.

Bu nazm bog‘iga kirolmas xazon,

Bizni mahf etolmas zavol lashkari,

Men ketsam mung‘aymas umrim hech qachon,

Bu bog‘lar – bir bog‘lar bo‘ladi hali…

Hamon e’tiqodim – haqiqat, haqdir,

So‘zlayman, yuzimni tutib Ka’baga,

Emira olmaydi o‘tkinchi taqdir,

Osuda o‘tadi ruhim abadga.

E’zozlar, ardog‘lar uchun tashakkur

Asli Siz oftobim, men ziyosiman.

Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,

Baxtim shul – o‘zbekning Zulfiyasiman.

NEVARA

Nevaram quyunday otilib kirib,

Qalamim tagidan qog‘ozni yular .

Damda varrak yasab ko‘kka uchirib,

Izidan qop-qora ko‘zlari yurar,

Varrak tortar shekil, murg‘akni kuch-la

Oyoq tirab siltar dakani kibor

Ayrilib qog‘ozdan, she’rdan va hushdan

Boqaman varrakboz jonga baxtiyor,

Naq bobosi siyoq zehnday tiyrak,

Ko‘kish alangada yonar sochu qosh.

Borlig‘i ezgu bir o‘t bo‘lsa kerak,

Tomirlarda qonmas, kezadi quyosh.

Daka varrak tiniq zangori fazo

Tubiga intilar, sho‘ng‘ir naq xayol.

Talpingan ko‘ksingda, bolakay ne bor,

Sen iqbolga, senga ne tutar iqbol?

Nevara bo‘lmasa, odamzod albat,

O‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.

SOG’INIB

Shu kunlarda bahorga zorman,

Navjuvonlik o‘ti tanda yo‘q.

Kuz singari za’far ruxsorman,

Mevalar ham shoxlardan uzuq.

Shu kunlarda bahorga zorman,

Tanxastalik ezadi ruhim.

Tanho emas, qatorda borman,

Yana neni izlaydi suqim?

Shu kunlarda bahorga zorman,

Shaffof, yorqin kuy tilar ko‘ngul.

Yaxshiyamki, qalamga yorman,

So‘zlab turar bor dilimni ul.

Shu kunlarda bahorga zorman,

O’z bahorim kabi bemisol.

Bahor qaytmas, yonuvchi qorman,

Yo no‘noq qo‘l butagan nihol.

Shu kunlarda bahorga zorman...

Last updated