# BOG‘LAR QIYG‘OS GULDA

*She'rning o'zida muallifiga yozgan narsalarni ko'rsatib beradi. Muallif "tun" degan mavzuda va tun kabi xavotirlar, mafkuralar yaratib turib, o'ziga oid bo'lgan fikrlarini ifodalaydi. She'rda ko'rsatilgan tun, ochiq xavotirli, ko'ngli tinch, hushni xavfli, o'zgalar bilan izlanayotgan va o'zining xavfsiz yolg'izligini his qilgan sifatida tasvirlangan. Bularning o'rtasida muallifning ichki ko'ngli va jazbasi ifodalangan. She'rda ayniqsa ozodlik, erk va g'ayratning qadr-qimmati, dunyoning achinuvchiliklari va yorqinliklari ham tasvirlangan.*

Bog‘lar qiyg‘os gulda — yaxlit bir chaman,&#x20;

Har daraxt anvoi bir tarovatda.&#x20;

Bir kaft bog‘ mehnatu hosilga vatan,&#x20;

O‘zga ko‘rk, o‘zga rang har bir daraxtda.&#x20;

Har navda bir gulda, har gulda bir ro‘y,&#x20;

Har daraxt bargi bir dunyo hikoya,&#x20;

Har birin hosili o‘zgasiga ko‘rk,&#x20;

Biri-biri uchun qudrat, himoya.&#x20;

Vatanim ko‘zimda: qay burchi aziz,&#x20;

Bilmam, qayda tole serzavq, serjilo?&#x20;

Yalpi to‘lishadi bedaxl yurtimiz,&#x20;

Naq har qarichi dil, jon tomir go‘yo,&#x20;

Bir qardosh tinchisiz — o‘zga beorom&#x20;

Birining nonisiz — o‘zga emas to‘q...&#x20;

Bu – qadim dunyoda yangi bir olam,&#x20;

Bunda orqa tog‘siz bir tirik jon yo‘q.&#x20;

Tayanch bo‘lmasaydi odamzod albat,&#x20;

O‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.


---

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

```
GET https://adiblar.gitbook.io/adiblar/zulfiya-isroilova/boglar-qiygos-gulda.md?ask=<question>
```

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.
