Adiblar Uz
Search…
⌃K

Oʻxshamas

Alisher Navoiy g'azali

O'xshamas

Charx avzoi bu dam, avvalgilarga o‘xshamas,
Ko‘nglim ichra dardu g‘am, avvalgilarga o‘xshamas.
Kotibi rahmu raqam, avvalgilarga o‘xshamas,
Endi inson qadri ham, avvalgilarga o‘xshamas,
Kim ul oyning hajri ham, avvalgilarga o‘xshamas.
Har kishi kim bir ulug‘ ishga yetibdur jon misor,
Shiddati pastu baland kelganda ham qilmaydi or,
Ey falak, hech kimni qilma besamar yo‘llarda xor,
Jabridin erdi alamlar endi tutmish o‘zga yor,
Ne sitam endi kimdir alam, avvalgilarga o‘xshamas.
Ona Sharq tojin kiyib zulmatda ushlatmang meni,
Bodai haq mastiman yolg‘onga uyg‘otmang meni,
O‘z xayolimga qo‘ying, o‘zgaga ishlatmang meni,
Ishq aro Farhod ila Majnunga o‘xshatmang meni,
Kim bu rasvoi ajam, avvalgilarga o‘xshamas.
Kotibi rahmu raqam, avvalgilarga o‘xshamas,
Endi inson qadri ham, avvalgilarga o‘xshamas.

Boshqa g'azallar innovatsion jadval shaklida

Telba koʼnglum yorasi
Xilʼatin aylabmudur ul shoʼxi siyminbar qaro
ilur ishq yuz ming balo oshkoro,
Sorigʼ ogʼriq boʼldum,
Vahki, rasvomen
Telba koʼnglum yorasi hadsiz tani uryon aro,
Oʼyladurkim yer tutar devonae vayron aro.
Buki laʼling nuktasi har dam oʼlukni tirguzur,
Kirdi Ruhulloh, magar, ul chashmai hayvon aro.
Laʼl yozilgʼon kibidur laʼl aro qilsang nazar,
Koʼzki hayratdin tikibmen ul labi xandon aro.
Qatra suv ichra, degaykim, bargi gulning aksidur,
Qatra qonim rangini kim koʼrsa ul paykon aro.
Qomating yodida koʼnglum ichra har keskon alif,
Rost boʼlmish ul alifdekki, yozilgʼay jon aro.
Jon fidong oʼlsun habibimkim, hamono bor edi
Qasdi maxluqot aro insonu sen inson aro.
Ey Navoiy, istasangkim oʼlmagay el darddin,
Dardi holingni dema nazm aylabon afgʼon aro.
Xilʼatin aylabmudur ul shoʼxi siyminbar qaro
Tun savodi birla kiygandek mahn anvar qaro.
Ul pari hindusi men, med telbakim, uryon tanim,
Tifllar toshidin, iynak, boʼldi sartosar qaro.
Аshkdek oqti qaro suv koʼzdarimdin hajrida,
Tong yoʼq idborim chu boʼlmishdur manga axtar qaro.
Qosh oʼyub yoqsang qaro boʼlgʼon koʼzumning mardumin
Xoli maygunungni qilgʼuncha qoʼyub anbar qaro.
Ishq rafʼ oʼlgʼoch koʼngulga yoʼqturur juz tiyralik,
Ul sifatkim shuʼlasi oʼchkach boʼlur axgar qaro.
Gʼayrdin qilgʼil zamiring safhasin pok, ey faqih,
Tobakay qilmoq firibu makr ila daftar qaro.
Dudi ohidin qaro ermas Navoiy kulbasi,
Kim qilibtur xonumoim bir pari paykar qaro.
Qilur ishq yuz ming balo oshkoro,
Vale borin aylar sango oshkoro»
Balo, koʼrki, agʼyorga koʼrguzur yor
Nihon mehru, bizga jafo oshkoro.
Dedim ishqni oshkor etmay, ammo
Yoshurdum men, etti qazo oshkoro.
Netib men nihon asrayin, ayting oxir,
Tilar boʼlsa dardim xudo oshkoro.
Jununum bu boʼlsa, gʼamim boʼlgʼusidur
Nechakim yoshursam, yono oshkoro.
Qilur yuz jafo oshkorou bir ham
Vafo qilmas ul bevafo oshkoro.
Yedim tiyrboroni hajringda ming zaxm
Ki, boʼldi ne oʼqu ne yo oshkoro.
Necha boda maxfiy, chu fosh oʼldi ishqim,
Tut emdi qadah, soqiyo, oshkoro.
Ki to mast oʼlub ishq ramzida, tortay,
Navoiy kibi bir navo oshkoro.
Sorigʼ ogʼriq boʼldum, ey soqiy, xazoni hajr aro,
Qoni asfar mayki, bor har qatrasi bir kahrabo.
Yuzu jismimdur sorigʼ barge qurugʼon shox uza,
Shoxu bargkim qurub sargʼarsa, kim koʼrmish davo?
Ne marazdur buki, bir gulrux sharori ishqidin
Boʼldi sorigʼ lola koʼzum oqiyu dogʼi qaro.
Sud emish koʼz tushsa asfar jinsi sori, vah, qani
Sarvinozimkim, sorigʼ gulbargidin kiymish qabo.
Sorgʼorib qoldim havodis kojigʼa hijron kuni,
Bir sorigʼ qushdekki, kunduz qolgʼay ol qushlar aro.
Shom ila subh ar sorigʼ ogʼrigʼ emaslar, bas nedur,
Tun sochin yoyib, quyosh yirtib yuzin, tutmoq azo?
Dard tufroqqa nihon qildi Navoiy jismini,
Tolibon bir shusha oltun, dafn qilgʼondek gado.
Vahki, rasvomen yana dovonavu oqil aro,
Bulajab holim erur afsona har mahfil aro.
Muztar erdim hajridin, yor etgay ermish tarki mehr
Mushkuledur ishqdin har dam manga mushkil aro.
Аqlu sabru hush itib, koʼnglumda qoldi dogʼlar,
Korvon koʼchsa qolur oʼtlar yeri maizil aro.
Oʼqlaring mujgon kibi giryon koʼzum atrofida,
Rost bordur ul qamishliqkim boʼlur sohil aro.
Kirpiging tushkap koʼngul ichra xayoling, ey pari,
Goʼiyo Yusuf nuzul etmish chahi Bobil aro.
Kullugʼung dogidin oʼlsam, istamon ozodlik,
Kim bu tamgʼodur nishone mudbiru muqbil aro.
Koʼyung-oʼq istar Navoiy, nasya jannat — ahli zuhd,
Muncha-oʼq boʼlgʼay tafovut olimu johil aro.
Bas ajabdur gar manga ul dilrabo qilgʼoy vafo,
Ne xush boʼlgʼay
Gul kerakmastur menga, majlisda sahbo boʼlmasa,
Kosidekim yordin bir soʼz rivoyat aylasa,
Bas ajabdur gar manga ul dilrabo qilgʼoy vafo,
Kimga umr etti vafokim, ul manga qilgʼoy vafo.
Chun vafosizdur qaro koʼzlar sanga ham, ey koʼngul,
Mumkin ermasturki ul koʼzi qaro qilgʼoy vafo.
Men jafo tortargʼa xoʼy ettimki, yoʼq imkonikim,
Ul jafojoʼ to qila olgʼay jafo, qilgʼoy vafo.
Chun mening dardim parivashlar jafosidin durur,
Ushbu dardimgʼa magarkim ham davo qilgʼoy vafo.
Qil vafo ushshoqingga, ey shoʼxkim, nogoh agar
Bir pari ishqigʼa zor oʼlsang, sango qilgʼoy vafo.
Davrning iflosidin may ichki, joh ahliga ham
Аylamon bovarki, bu dayri davo qilgʼoy vafo.
Аytsa boʼlgʼay zamon nodoni, jono, onikim,
Jon berib ahli zamondin muddao qilgʼoy vafo.
Oʼzga oylardin vafo naql etsalar manʼ aylamon,
Lek inonmoq onikim, ul bevafo qilgʼoy vafo.
Ey Navoiy, koʼp vafodin dema soʼzkim, aybi bor,
Faxr ishq ichra agar bir benavo qilgʼoy vafo.
Ne xush boʼlgʼay ikovlon mast boʼlsoq vasl bogʼinda,
Qoʼlum boʼlsa aning boʼynidau ogʼzim qulogʼinda.
Dami vasl ichra volihligʼ bila ruxsorim egnida,
Yana bir dam niyozu ajz ila boshim ayogʼinda.
Tutub gohi zanaxdonin mukarrar aylasam bot-bot,
Koʼrub gullar ochilgʼon bodadin ruxsori bogʼinda.
Shimib yutsam gahi hayvon suyidek zavqdin koʼrgach,
Tarashshux bodadin gul yafrogʼi yangligʼ dudogʼinda.
Gahi koʼz surtarimda, yoʼqsa haryon shodligʼ ashkim,
Gul uzra qatra shabnamlar kibi siymin saqogʼinda.
Gʼahi bexudlugʼumdin seskanib tutsam adab rasmi,
Belida chirmashurda shavqning ifroti chogʼinda.
Ne kelsa tongla kelsun, bir tun usruk yotsa ham xushtur,
Kishi gul chogʼi bir gul xirmanin tortib quchogʼinda.
Qachon davron manga bir boʼyla ishratni ravo koʼrgay,
Ki oʼrganmish meni oʼrtarga hijron dardu dogʼinda.
Navoiy, sen kimu, ishrat mayi, bilmasmusen kim, it
Аgar qon ichsa ham boshi keraktur oʼz yalogʼinda.
Gul kerakmastur menga, majlisda sahbo boʼlmasa,
Naylayin sahboni bir gul majlisoro boʼlmasa.
Bazm aro xushtur qadah kavkab, vale ermas tamom,
Mutribi xush lahjai xurshid siymo boʼlmasa.
Mehru, mohu, Mushtariyu, Zuhra chun qildi tuluʼ,
Hech nahs axtar tuluʼi anda qatʼo boʼlmasa.
Muncha boʼlsa ham muyassar jamʼ emas xotir hanuz,
Toki mugʼ koʼyida bir mahfuz maʼvo boʼlmasa.
Chun bu yerda ichkaridin rust bogʼlandi eshik,
Odam ermas ul kishikim, bodapaymo boʼlmasa.
Xushturur bu navʼ amniyat, vale aqshomgʼacha
Gar falakdin bir xiyonat oshkoro boʼlmasa.
Har kishiga umrida bu navʼ bir kun bersa dast,
To abad gʼam yoʼq agar boʼlsa yana yo boʼlmasa.
Umr bazmida nishot asbobi dilkashdur base,
Gar havodis shahnasidin anda yagʼmo boʼlmasa.
Ey Navoiy, gar nasibingdur abad umri, kerak
Xotiringda yordin oʼzga tamanno boʼlmasa.
Kosidekim yordin bir soʼz rivoyat aylasa,
Istaram soʼrgon soyi boshtin hikoyat aylasa.
Telbalar yangligʼ gah oʼz holimdadurmen, goh yoʼq,
Ul naridin har kishi bir soʼz rivoyat aylasa.
Ey koʼngul, ohingni dersenkim suv aylar toishi»
Chin erur, gar koʼngliga oning siroyat aylasa.
Jongʼa basdur har nafas bir dogʼ, nevchun boʼlmasun,
Qoniʼ ulkim, bir diram har dam kifoyat aylasa.
Topti Majnun shuhratu qoldi mening qissam nihon,
Kim oʼlar har kim, fasonamni bidoyat aylasa.
Gʼam sipah qasdimgʼa tortibtur, ne boʼldi piri dayr,
Bir qadah birla bu mahzunni himoyat aylasa.
Ey Navoiy, faqrdin bebahradur, yuz gʼam yetib,
Solikekim shukr borinda shikoyat aylasa.
Koʼnglum oʼrtansun agar gʼayringgʼa parvo aylasa...
Munisi jon deganim ofati jon boʼldilo...
Koʼnglum oʼrtansun agar gʼayringgʼa parvo aylasa,
Har koʼngul hamkim, sening shavqungni paydo aylasa.
Har kishi vaslin tamanno aylasam navmid oʼlay,
Har kishi hamkim, seiing vasling tamanno aylasa.
Oʼzgalar husnin tamosho aylasam chiqsun koʼzum,
Oʼzga bir koʼz hamki, husnungni tamosho aylasa.
Gʼayr zikrin oshkoro qilsa, lol oʼlsun tilim,
Qaysi bir til hamki, zikring oshkoro aylasa.
Rashkdin jonimgʼa har nargis koʼzi bir shuʼladur,
Bogʼ aro nogah xirom ul sarvi raʼno aylasa.
Yoʼq, ogʼizdin nukta aytur mahzashimdek boʼlmagʼay,
Gar Quyosh har zarrasidin bir Masiho aylasa.
Ofiyat joningʼa yetti, ey xusho, mugʼkim msni
Gar qadah birla xarobot ichra rasvo aylasa.
Kelturung dafʼi jununumga parixon, yoʼq tabib,
Kim ul ansabdur pari har kimni shaydo aylasa.
Subhdek bir damda gardui qoʼymagʼay osorini,
Nogah ahli sidq koʼngli mehrin ifsho aylasa.
Dahr shoʼxpgʼa, Navoiy, sayd boʼlma, nechakim
Kun uzori uzra tun zulfin mutarro aylasa.
Munisi jon deganim ofati jon boʼldilo,
Jonima bedodidin sheva figʼon boʼldilo.
Dedi koʼzung qoniii vaslim ila turguzay,
Voyki, bagʼrim dogʼi hajrida qon boʼldilo.
Gar yuzi may tobidin gul-gul erur qon yoshim,
Yuz uza tim-tim tomib, lolasiton boʼldilo.
Koʼzu koʼngul qonini yoshuray eldin dedim,
Har biridin yuz sari yuzda nishon boʼldilo.
Zuhd aro har mushkilimkim bor edi, ey faqih,
Jomgʼa may quygʼoch-oʼq, barcha ayon boʼldilo.
Kimki zamon ahlidin aylamadi ijtinob,
Bir kun ani ham degung ahli zamon boʼldilo.
Yaxshilar ichra vatan tutsa Navoiy, ne tong,
Kimki yomonlar bila boʼldi, yomon boʼldilo.
Yor dardim soʼrmayip koʼnglumni mahzun qildilo...
Oʼrtasa ishq meni, soʼrma sabab:
Yor dardim soʼrmayip koʼnglumni mahzun qildilo,
Jonim oshubini kam qilmoqdin afzun qildilo.
Bermayin zaxmin jigar qoniga taskin gunae,
Laʼli kulmak birla ashkimni jigargun qildilo.
Dafʼi savdo istadim laʼli mayidin, bir yoʼli
Ul pari savdozada koʼnglumni majnun qildilo.
Ey koʼngulkim, sabr togʼin maskan etting oqibat,
Tund sayli ishq ul togʼingni homun qildilo.
Besutungʼakim sutun Farhod boʼldi, qofi ishq
Ul sutunni Besutun ostidagʼi «nun» qildilo.
Nedur uchmoq joh ila, oxir falak
Namrudning Osmoni taxtu johin ganji Qorun qildilo.
Qatra xayliq orazing vasfin Navoiy qilgali,
Lutfi tabʼ abyoti nazmin durri maknun qildilo.
Oʼrtasa ishq meni, soʼrma sabab:
Kuysa xoshok yolindin, ne ajab.
Choklik jon qolur oʼtu suv aro,
Chun mayoluda boʼlur ul iki lab.
Аyogʼing tufrogʼin oʼnsam basdur,
Bor ayogʼingni desam — tarki adab.
Uyla, dardu gʼaminga oʼrgandim,
Kim unut boʼldi manga ayshu tarab.
Zulfida zor koʼngul ranji ne tong,
Xastaga koʼproq oʼlur necha taab.
Biz kimu vasl murodi, hayhot!
Dardi noyoft erur bizga talab.
Jon topib zor Navoiy qoʼpqay.
Tufrogʼi ustiga sursang markab.
Bobur ul mast yana noz aylab...
Bogʼingga yetmasun oshub xazondin, yo rab...
Borur ul mast yana noz aylab,
Xalq ila arbada ogʼoz aylab.
Qatl uchun gʼamzani jallod qilib,
Zulm uchun koʼzni fusunsoz aylab.
Har qachonkim turubon boda ichib,
Shurʼasin xonabarandoz aylab.
Javr uchun ahli vafokim ayirib,
Barchasidin meni mumtoz aylab.
Turfaroq bukim, aning keynicha-oʼq,
Jonu koʼnglum qushi parvoz aylab.
Ne gunah koʼpga nazardinki, qazo
To ochib oni nazarboz aylab.
Garchi holimni Navoiy yoshurub,
Ishq anga ashkni gʼammoz aylab,
Bogʼingga yetmasun oshub xazondin, yo rab,
Gul bila sarvunga oseb zamondin, yo rab.
Oldi jon laʼlingu elga labi jon berguchilar
Barcha kul boʼlsun oning ollida jondin, yo rab.
Dardini baski nihon tuttum — oʼlarmen pinhon,
Voqif etgil oni bu dardi nihondin, yo rab.
Yomon ahvolima koʼz solmadi ul oy yaxshi,
Yaxshi ogoh qil oni bu yamondin, yo rab.
Yuz jahon zulm jahon ahli manga qildi, meni
Forigʼ et ahdi jahon birla jahondin, yo rab.
Beribon koʼngluma jamʼiyati xotir qutqar,
Har nekim andin erur tafriqa, ondin, yo rab.
Koʼyida hajr figʼoninki Navoiy tortar, Ham meni, ham oni qutqar bu figʼondin, yo rab.
Jamolin ayla ulus koʼzidin nihon, yo rab,
Kezarmen koʼyida yillar nazar holimga solgʼay deb...
Jamolin ayla ulus koʼzidin nihon, yo rab,
Nihon oʼtumni aning koʼngligʼa ayon, yo rab.
Аyogʼi chunki yetar ostoni tufrogʼigʼa,
Boshimni aylagil ul xoki oston, yo rab.
Аgarchi emin emon bir zamon jafosidin,
Chekardin oni manga bermagil amon, yo rab.
Demonki lutfini, javrini dogʼi mendin oʼgun
Birov xayoligʼa oʼtkarma nogahon yo rab.
Zamon-zamon chekibon ishq oʼti shuʼlasini,
Yorugʼ koʼngulni ul oʼt birla har zamon, yo rab.
Аgarchi aylamasang yaxshi, yaxshi koʼrguzgil
Meni anga nechakim bor esam yomon, yo rab.
Navoiy ohini yetkur anga, vale qoʼyma
Аning jamolida bu duddin nishon, yo rab.
Kezarmen koʼyida yillar nazar holimga solgʼay deb,
Аgar oʼltursa qonim rangi tufrogʼida qolgʼay deb,
Koʼngulga yuz tuman nesh ursa hijron aylamon nola,
Visoling poʼshidin ul zaxmlar bir kun oʼngolgʼay deb.
Koʼngulga novaking to kirdi behad hifzin aylarmen,
Ki bu shisha ichinda ul dagʼi nogah usholgʼay deb.
Koʼngulni koʼyida yuz ranj ila mehnatqa topshurdum,
Ki gar koʼrsa bu surat birla shoyad koʼnglum olgʼay deb.
Sirishkim qoni qildi koʼyining tufrogʼin ogʼushta,
Itiga shoyad ul balchigʼ bila bir uy yasolgʼay deb.
Haram vaslin tilarsen poʼya ur mardona, ey solik,
Qadam ohista chekma bagʼring ul yelmakda tolgʼay deb.
Navoiy benavoligʼ birla doim may ichar, bir kun
Navo naqshini davron mutribi bazmida cholgʼay deb.
Sen labing soʼrgʼon soyi men qon yutarmen, ey habib,
Dam-badam jomi tarab gʼayr ila ul moh chekib...
Sen labing soʼrgʼon soyi men qon yutarmen, ey habib,
Sen may ichgilkim, manga xuni jigar boʼlmish nasib.
Dedilar, ahbob, dardigʼa habib aylar davo,
Vahki, men kuydum, muhabbatdin emas vokif habib.
Koʼyungga kirgach koʼngul qoshinggʼa mayl aylar, bale,
Goʼshai mehrob etar payvasta manzilgah gʼarib.
Chehra sorgʼorgʼon soyi otar koʼngulning nolasi,
Bor ajab voqiʼ xazon faslida nolon andalib.
Hoshalillah sharbatimni zahri qotil birla ez,
Chun ish ondin oʼttikim, kelgay Masihim, ey tabib.
Necha ul oy mehridin shaydo koʼngulni ovutay,
Telbaga yolgʼon hikoyat birla bergandek firib.
Mayga rahn oʼlmay fano dayrida tasbihu rido,
Niri dayr etmas havola elga zunnoru salib.
Nafsing etsa shoʼxlugʼ charx emgagidin qil adab,
Tiflni andoqki zajr aylar falaq birla adib.
Ey Navoiy, zulmidin dermanki, ishqin tark etay,
To nazardin gʼoyib oʼldi, yoʼq yana sabru shikib.
Dam-badam jomi tarab gʼayr ila ul moh chekib,
Men yiroqtin boqibon, qon yutubu oh chekib.
Ne gʼamim it kibi oʼlmakdin agar eltur esa,
Boʼynuma in solibon koʼyiga ul moh chekib.
Gʼarazim buki unutturmogʼamen oʼzni anga,
Koʼyiga kirmagim afgʼon gahu begoh chekib.
Koʼngluma hajr agar dard oʼqi yogʼdursa ne tong,
Gar chiqorur esa paykonini dilxoh chekib.
Men adam yoʼliga bormon, meni lekin elitur,
Ogʼzi shavqida koʼngul oʼziga hamroh chekib.
Mapi asfarki toʼkulmish quyubon yuz ichsam,
Kahraboni koʼrunguz jilva qilur koh chekib.
Jurʼasin bersa Navoiyga erur oʼlgucha bas,
Bazmi aysh ichra tarab sogʼarni ul shoh chekib.
Buzdi koʼnglum kishvarin hijron gʼami tugʼyon qilib...
Chobukum raxsh uza hijron yoʼlida poʼya qilib...
Buzdi koʼnglum kishvarin hijron gʼami tugʼyon qilib,
Ohu ashkimdin birin sarsar, birin toʼfon qilib.
Dard uyin qildi bino ishqing buzub koʼnglum uyin,
Kimsa yangligʼkim, bir uy tuzgay, birin vayron qilib.
Tanda ohing shuʼlasin, derlar, nihon tut, ohkim,
Bir ovuch xoshok aro boʼlmas chaqin pinhon qilib...
Hajr koʼyida yalang jismimni koʼrgan sogʼinur,
Kim meni oʼlturgali eltur junun, uryon qilib.
Xorlar koʼnglumdadur sendinki, gardun tuzmagay,
Har birin otsam, bir ohim oʼqigʼa paykon qilib.
Soʼrma nevchun bedil oʼldung deb, oʼzung chun hajr aro
Koʼzdin oqizding koʼngulni, qatra-qatra qon qilnb.
Shukrini ne deb ado aylayki, aylar jilva yor,
Elni holimgʼa, meni oʼz husnigʼa hayron qilib.
Dahr elidin juz jafo mumkin emas topmoq kishi,
Lek har birga vafolar onchakim imkon qilib.
Yor koʼp qilsa jafo, kam qil, Navoiy, nolakim,
Gulga bulbul oʼrgata olmas vafo, afgʼon qilib.
Chobukum raxsh uza hijron yoʼlida poʼya qilib,
Men aning keynicha gohi yugurub, gah yiqilib.
Yiqilib yona qoʼpub, chunki urub yoʼlgʼa qadam.
Vahki, yuz nishtari hijron ayogʼimgʼa tikilib.
Tobonim dardu balo xoralaridin oʼyulub,
Yuragim ranju ano xorlaridin teshilib.
Turfa koʼrgilki, inon tortmay ul shoʼx dame
Soʼngicha boʼyla qotiqliq bila holimni bilib.
Ishq dardigʼa juz oʼlmak yoʼq emish hech iloj,
Bosh qoʼyub olligʼa oningki bu maʼniyni bilib.
Istaram oʼzni xarobot ichida loyaʼqil,
Hush chun boisi ranj oʼldi netarmen osilib.
Gar Navoiygʼa yogʼin ashk ediyu raʼd — figʼon.
Hajr chun koj urubon koʼzlariga oʼt choqilib.
Yuz toʼshoʼkluk koʼnglum oʼrtarsen jafodin qon qilib...
Vah, ne qotildur kelur oyini zulmu kin solib...
Yuz toʼshoʼkluk koʼnglum oʼrtarsen jafodin qon qilib
Xalq kuydurgan kibi zanbur evin vayron qilib.
Javhari ishqing yoshurgʼach oʼrtadim koʼnglumgʼa dogʼ,
Oʼylakim qoʼygʼay nishon el naqdini pinhon qilib.
Koʼhi ohandek gʼaming koʼnglumdin olgʼon ne osigʼ,
Kim yana jonimgʼa otding barchasin paykon qilib.
Yuz oʼluk tirguzdi laʼlingga yetishkan jomi may,
Goʼiyo berding oiing har qatrasin bir jon qilib.
Аqlu din naqdin oʼgʼurlar goʼyi ul ayyorvash,
Buki behuga aylar elpi husnigʼa hayron qilib.
Boʼlubon har shamʼga parvona kuyma, ey koʼngul,
Ishq oʼtlugʼ zulmatida oʼzni sargardon qilib.
Ey Navoiy, dema laʼlin tishlar el qatligʼa yor,
Balki elga jon bagʼishlar, bizga qasdi jon qilib.
Vah, ne qotildur kelur oyini zulmu kin solib,
Oshiq oʼlturmak uchun har qoshigʼa yuz chin solib.
Chun oʼtub ishq ahlidin oshubu sabru fahm oʼlub,
Chun yetib zuhd ahligʼa toroji aqlu din solib.
Har tarafkim, gom urub — yuz porso yoʼlin urub,
Har qayonkim, koʼz solib — yagʼmovu qatl oyin solib.
El sorikim yuzlanib — qindin chiqarib tiygʼi kin,
Chun manga markab surub — boshimgʼa tiygʼi kin solib,
Bu sorigʼ ruxeora birla qon yoshimdin yod qil,
Ichsang oltun jom ichinda bodayi rangin solib.
Sensizin, ey umr, chun mumkin emas oromu sabr,
Borma har dam bizni mundoq bedilu gʼamgin solib.
Bogʼi husnungkim gul ochti rang-rang, ey mugʼbacha,
Goʼyo ichting maygʼa bargi lolavu nasrin solib.
Sharʼsiz xoshok aro xashxoshdekdur, ey hakim,
Koʼkka chiqsang jaybing ichra subhayi Parvin solib.
Dardu gʼam qolib, Navoiy joni chiqti oqibat,
Hajr elindin xonumonin bordi ul miskin solib.