> For the complete documentation index, see [llms.txt](https://adiblar.gitbook.io/adiblar/llms.txt). Markdown versions of documentation pages are available by appending `.md` to page URLs; this page is available as [Markdown](https://adiblar.gitbook.io/adiblar/gazallar/alisher-navoiy-gazallari/bovujudikim-adam-bo-ldum-g-amidin-qayg-urub.md).

# Bovujudikim adam boʻldum gʻamidin qaygʻurub

Bovujudikim adam boʻldum gʻamidin qaygʻurub,&#x20;

Hech ogʻzining soʻrogʻin laʼlidin topmon soʻrub.&#x20;

Joiki, qat-qat qon boʻlubtur dogʻi ishqing ketmagay,&#x20;

Lola bargidek ani bir-bir sovursang kuydurub. <br>

Novaking koʻnglumda qilmish xona, bovar qilmasang,&#x20;

Koʻksuma ilgingni kelturkim, turubtur bilgurub.&#x20;

Ishqidur jon pardasida ravshan ettim, doʻstlar,&#x20;

Necha kuygaymen harir ichinda oʻtni yoshurub.&#x20;

Barqdek poʻyamni ayb etmang, salomat ahlikim,&#x20;

Mundoq oʻtekim tutoshibdur manga, boʻlmas turub. <br>

Istama tahsinki, shokirmen ne kelsa ollima,&#x20;

Shukr qilmay naylay olursen qazoni yozgʻurub?&#x20;

Chun Navoiy jonigʻa marham erur paykonlaring,&#x20;

Kosh, yoqsa marhami oʻqung yonimga oʻlturub.

<br>
