# Zulfiyaxonim she'rlari

{% embed url="<https://youtu.be/WcXVMbEo17c>" %}

**Men o‘tgan umrga**

<figure><img src="https://1848067749-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2F-MR_Uamc9z-jfuODiWwB%2Fuploads%2Ft4GKzWZrtVQbbzynRFm3%2FZulfiya%20Isroilova%20(1).png?alt=media&#x26;token=4b917af4-85de-4e7f-8e6c-1810a990889e" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Hayot kitobimni bexos varaqlab,\
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.\
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab.\
Suyish kerak bo‘lsa — telbacha suydim.\
Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,\
Yurak boyligidan qilmabman parvo.\
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,\
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.\
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim,\
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:\
Suydim,\
Erkalandim,\
Ayrildim,\
Kuydim,\
Izzat nima — bildim.\
Shu-da bir yashash!..

#### Bahor keldi seni so‘roqlab <a href="#bahor-keldi-seni-so-roqlab" id="bahor-keldi-seni-so-roqlab"></a>

Salqin saharlarda, bodom gulida\
Binafsha labida, yerlarda bahor,\
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,\
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…\
Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,\
O‘rik gullarining eding maftuni.\
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi\
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.\
Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,\
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.\
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,\
U ham yosh to‘qdiyu, chekildi nari.\
Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,\
Sen yurgan bog‘larni qidirib chikdi.\
Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,\
Yashil qirg‘oqlarni qidirib chiqdi.\
Topmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldiyu,\
Jarliklarga olib ketdi boshini.\
Farhod tog‘laridan daraging izlab,\
Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.\
Qirlarga ilk chiqqan qo‘ychivonlardan\
Qayda shoir, deya ayladi so‘roq.\
Barida sukunat, ma’yuslik ko‘rib,\
Horib-charchab keldi, toqatlari toq…\
So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,\
Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan,\
Singib yosh kuydirgan za’far yonog‘imga\
Sekin xabar berdi menga o‘zidan.\
Lekin yotog‘imda seni topolmay,\
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.\
Yana yel bo‘ldiyu, kezib sarsari,\
Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:\
«Qani men kelganda kulib qarshilab,\
Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan\
«Baxtim bormi deya, yakkash so‘roqlab».\
Meni she’rga o‘rab suqlanib boqqan?\
O‘rik gullariga to‘nmaydi nega,\
Elda hilpiratib jingala sochin?\
Nega men keltirgan sho‘x nashidaga\
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?\
Qanday ishkqa to‘lib boqardi tongta,\
Kamol toptirardi keng xayolimni.\
Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida\
Mudom ko‘rar edim o‘z jamolimni.\
Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?\
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol?\
Nechun qora libos, sochlaringda oq,\
Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?»\
Qanday javob aytay loldir tillarim,\
Baridan tutdimu, keldim qoshingta.\
U ham g‘aming bilan kezdi aftoda,\
Boqib turolmayin qabring toshiga.\
Alamdan tutoqib daraxtga ko‘chdi,\
Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.\
Sening yoding bilan yelib beqaror,\
Gullar g‘unchasini etdilar chok-chok.\
Gulu rayhonlarning taraldi atri\
Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq\
Bu qo‘shiq naqadar oshino, yaqin,\
Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.\
Bahorga burkangan, sen sevgan elda\
Ovozing yangradi jo‘shqin, zabardast.\
O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,\
Men ham hali sensiz olmadim nafas.\
Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,\
Hayotni kuylayman, chekinar alam.\
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,\
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!

#### &#x20;<a href="#men-o-tgan-umrga" id="men-o-tgan-umrga"></a>


---

# Agent Instructions: Querying This Documentation

If you need additional information that is not directly available in this page, you can query the documentation dynamically by asking a question.

Perform an HTTP GET request on the current page URL with the `ask` query parameter:

```
GET https://adiblar.gitbook.io/adiblar/zulfiya-isroilova/zulfiyaxonim-sherlari.md?ask=<question>
```

The question should be specific, self-contained, and written in natural language.
The response will contain a direct answer to the question and relevant excerpts and sources from the documentation.

Use this mechanism when the answer is not explicitly present in the current page, you need clarification or additional context, or you want to retrieve related documentation sections.
