Ey yuzung gulbargiga oshuftau hayron sabo, Telbalardek gulshani koʼyungda sargardon sabo. Qoʼpmogʼi mumkin emastur, balki tebranmakligi, Topmasa jonbaxsh laʼling nuktasidan jon sabo. Sunbuli zulfin agar oshufta qilmaydur, nedur, Kim, shabistongʼa esar har dam abirafshon sabo. Pora-pora jism aro ohim netib qolgʼay nihon. Boʼlmoq imkon yoʼq xasu xoshok aro pinhon sabo. Yordin keldi sabo kech kelmakin aylarga fosh, Koʼnglum ichra tez qildi shuʼlai hijron sabo. Notavonlar ohi ul gul koʼyida har subhidam, Oʼyladurkim, gulsiton ichra esar har yon sabo. Subh chun esti sabo, ichkil qadahkim, boʼlmogʼung Senu koʼp esturgusi bu bogʼ aro davron sabo. Lolaruxlar ahdining mahkamligi mumkin emas, Sobit oʼlmoq lahzai bir yerda ne imkon sabo. Tong emas, solsa Navoiy ohi koʼyungda girev, Chun guliston sayrida zohir qilur afgʼon sabo