Adiblar Uz
Search
K

Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylari

(1483-1530)
Abdurahmonova Mavluda ovozi * * *
Ishk’ elining ohidin ul sarv k’ad xam bo’lmasun,
G’am elidin ul muanbar zulf darham bo’lmasun.
Ko’p jafoyu javr ko’rduk, ey k’uyosh, hajring kuni,
Boshimizdin soyai sarvi k’ading kam bo’lmasun!
Dahri dundin tegmasun ozor nozik jismingga,
Dahr ahlidin muborak ko’nglungga g’am bo’lmasun.
Olam ahli birla olamdin manga sensen g’araz,
Zoti poking bo’lmasa, olamda odam bo’lmasun!
Gar havodorim erursan, ey sabo, arz aylakim,
Ul yuzi gul sarv har xas birla hamdam bo’lmasun.
Garchi oshik’ lozimi olamda rasvolik’turur,
Ishk’ aro Bobur kibi rasvoi olam bo’lmasun!
* * *
Adiblar elektron dasturi Termiz shahar muxbiri - Mavluda Abdurahmonova Termiz davlat Universiteti akademik litseyida Boburnoma va Adiblar ilovasi haqida o'quvchi-talabalarga ma'lumot berdi va platforma materiallari bilan dars o'tdilar. Mavluda Abduraxmonova platformada ko'plab shoirlarni she'r va g'azallarini audio va video multimedia sifatida tayyorlaganlar.
Tushumda chun k’uyoshdek orazingni ko’rdum o’trudin,
Tilarmen to k’iyomat ochmag’aymen ko’zni uyk’udin.
Sening vaslingdin ayru tushgali borg’on sori ortar
Tahassur — ork’adin, mehnat — yonimdin, hajr — o’trudin.
Ko’nguldin k’ati ummid ayladim ul vak’tkim, bildim,
Kesildi rishtai jondin, osildi tori gisudin.
Tiya olmon yig’ini ko’rgach ul yoshni, vale, ul ham
Ko’zum yoshini ko’rgach, asray olmas o’zni kulgudin.
Ko’zum yoshiki, emruldi shikebu sabr uyi ondin,
Ziyonlar sanga, ey Bobur, bu yanglig’ bilmadim sudin.
* * *
K’uyoshim har sorig’a azm kilsa, zarrae k’olmon,
Ne uchunkim, agar ayrilsam ondin, kun ko’ra olmon.
Oningdek bo’lmisham hayron k’uyosh yanglig’ yuzungakim,
K’uyoshdek nayzalar tegsa ko’zumga, ko’z ola olmon.
Agarchi yor ishki notavon ko’nglumga o’t soldi,
Vale, men notavon ul yor ishk’ida ko’ngul solmon.
Ibodat vak’ti bo’lsa, har necha mehrob o’trumda,
K’oshin nak’shin tasavvur k’ilmag’uncha erga bosh cholmon.
Irok’u Fors gar etsa, sening bu she’ring, ey Bobur,
Ani hifz etgusi Hofiz, musallam tutk’usi Salmon.
* * *
Mening k’o’nglumni har dam og’ritib, parvoe k’ilmaysen,
Sen, ey bedard, naylaykim, ko’ngul dardini bilmaysen.
Ne bilgaysen mening dardu g’amim har soatu har dam
—Ki, husn usruklugidin oyu yil, ey oy, oyilmaysen.
Vafo maktubi birla g’amza o’k’in hech yozmaysen,
Jafo rasmiyu javr oyinini hargiz yongilmaysen.
K’otilma, ishk’ eli holin chu bilmassen, manga, ey shayx,
Ne bilgaysenki, hargiz bu jamoatk’a k’otilmaysen.
Bo’lubtur ishk’ing ichra garchi xasdek jismi Boburning,
Vale, ne foydakim, xascha chog’lik’ ko’zga ilmaysen.
* * *
Jamoling vasfini, ey oy, necha eldin eshitgaymen,
Ne kun bo’lg’ay, visolingg’a meni dilxasta etgaymen!
Tarahhum yuzidin yuzungni ko’rmakka buyurg’aysen,
Xush ulkim, orazingni ko’rgamen, so’zung eshitgaymen!
Itingdurmen, soching zanjirini bo’ynumg’a mahkam k’il
—Ki, vodiyi firok’ing ichra k’o’rk’armenki, yitgaymen.
Tarahhum k’ilmasang yo bok’may,
istig’no bila o’tsang,
Tazarru’ k’ilg’amen yo yig’lag’aymen — o’zga netgaymen?!
Muyassar bo’lmasa boshimni k’o’ymog’lig’ ayog’ig’a,
Boshimni olib, ey Bobur, ayok’ etgancha ketgaymen!
* * *
Bu kecha kulbamg’a keldi ul k’uyoshim yoshurun,
K’arnlarda kelmadi hargiz muningdek kechk’urun.
Og’zidek tor fursati vasli, vale, hajri tuni
Ul muanbar sochi yanglig’ ham k’orong’u, ham uzun.
To xayoli orazing tushti ko’ngulga, ey k’uyosh,
Bo’ldi ko’nglum bir yonar o’tu so’ngaklarim — o’tun.
Bo’ldi ko’nglumda girih hasrat o’ti tor og’zidin,
Bor magar jismim mening toru ko’ngul anda tugun.
Olg’ali jonimni hijrong’a havola k’ildi yor,
K’o’yma hijrong’a, ajal, jonimni ol, Tengri uchun!
Sarvdek k’addi firok’ida fig’onimdur baland,
Gul kibi ruhsori hajrida yoshimdur lolagun.
Ishk’ ila devonalig’da bo’lmisham sohibkamol,
Ishk’ ahli, emdi Boburni degaysiz zufunun.
* * *
Shoxi gulu nastaran yod berur bo’yidin,
Atrni mushki Xo’tan kasb k’ilur mo’yidin.
Gul — yuzidin munfail, sarv — k’addidin xijil,
Rang olur muttasil lolayu gul ro’yidin.
Jong’a k’ilur yuz sitam, ko’ngluma yuz oncha ham,
Ko’z ok’izur jo’yi g’am sho’xi balojo’yidin.
Ravzag’a gar etgamen, onsiz ani netgamen?
Mumkin emas ketgamen ul k’aro ko’z ko’yidin.
Garchi k’ilur yuz karam, vasli etar muhtaram,
Lek, base, k’o’rk’aram, Bobur, oning xo’yidin.
* * *
K’ayong’a borsang, itingmen, o’zumni etkuroyin,
Etishmasam sanga, bok’ib duo k’ilib huroyin.
Yuzum bo’sag’ashta sursam — ne yaxshi ayshdurur,
Inoyat et, eshigingda bu ayshni suroyin.
Firok’ing ichra yig’idin nechuk yig’ay o’zni,
YOshim bosh urdi jahong’a, ne nav’ yoshuroyin.
Necha tag’oful etib, menga bok’may yurar ul,
Necha tazarru’ etib, men anga bok’ib turoyin.
K’uyoshg’a zarra nazar solmag’ay sevunmakdin,
K’utulsa g’am tunidin, ko’rsa yona Bobur oyin.
* * *
Necha husn ahlidin, mahzun ko’ngul, ozor topk’aysen?
Necha gulchehralardin bag’ring ichra xor topk’aysen?
Necha ishk’u firok’u rahmsiz ag’yor ilgidin
O’zungni xoru jonni zoru ko’z xunbor topk’aysen?
Necha mak’dur borincha aning royicha borg’aysen?
Necha borg’on soyi o’zungni bemik’dor topk’aysen?
Tanimg’a nechakim nazzora k’ilsang, dog’ ko’rgaysen,
Ko’ngulda har nechakim istasang, ozor topk’aysen.
Bu mahvashlarg’a ko’nglung bermag’ilkim, asray olmaslar,
Ko’ngulni asrag’il, bo’lg’ayki, bir dildor topk’aysen.
* * *
Xating bila yuzungu kokulung sening, ey jon,
Biri — binafsha, biri — yosuman, biri — rayhon.
Takallum aylarida tiliyu tishiyu labi,
Biri — ak’ik’u biri — injuyu biri — marjon.
Ko’ngulni zoru meni xoru tanni tor etgan
Biri — jafoyu biri — g’urbatu biri — hijron.
Tanu ko’ngul bila ko’z vaslu nozu husni uchun
Biri — harobu biri — volayu biri — hayron.
Tamomi umrida Boburg’a uch so’z aytibtur:
Biri — so’kunchu biri — k’attik’u biri — yolg’on.
* * *
Necha la’lingdin mening bag’rim to’la k’on k’ilg’asen?Xotirimni necha zulfungdek parishon k’ilg’asen?Necha etkurgaysen el boshini ko’kka mehr ila,Necha meni javrdin er birla yakson k’ilg’asen?Ko’ngluma dashnomu ta’ning ulcha mak’dur etgasen,Jonima bedodu zulmung ulcha imkon k’ilg’asen.Manga bormok’ mushkilu kelmak sanga osondurur,Ushbu mushkilni manga, yo Rab, sen oson k’ilg’asen.Demagay axsant lafzin, Bobur, ul yoring sening,Nechakim Hasson kibi o’zni suxandon k’ilg’asen.
* * *Keldi ul vak’tki, boshimni olib ketgaymen,Olam ichra ayog’im etganicha etgaymen.Istaram o’zni aziz elga ko’runmasliktin,Necha o’zumni ulus ko’zida xor etgaymen?Xalk’ yuz javr ila ishlar buyurur, kosh elningNe yuzin ko’rgamenu ne so’zin eshitgaymen!Har sori borsa bu devona ko’ngul, ayb etma,O’yla devona emaskim, ani berkitgaymen.Dema Boburga netarsen, bosh olib ketmak ne?Tengrining xosti mundok’ esa, men netgaymen?
* * *
Bu g’amdamenki, ishim fikrini ne nav’ etayin?
Ne erda sokin o’lay, ne k’ilay, k’ayon ketayin?
Ne dayrdin eshigim ochilur, ne masjidtin,
Necha eshikdin eshikka gado kibi etayin?
Jahon eli bila guftu shunud k’ilmasmen,
Necha so’zumni deyin, necha k’attik’ eshitayin?
Dema ne bo’ldi ishing, fikr k’ilg’il, ey Bobur,
Ne bo’lsa, ul bo’lur erkin ishim, ne fikr etayin?
* * *
G’ayrg’a necha vafo k’ilg’aysen?
Jonima necha jafo k’ilg’aysen?
Bexato elga otib g’amza o’k’in,
Bizga etganda xato k’ilg’aysen.
Ko’rmagaysen alamu dard yuzin,
Dardima, eyki, davo k’ilg’aysen!
Tilaram sarvi ravoning ravishin,
Tilagim, kosh, ravo k’ilg’aysen.
Bobur, ul umr seni so’kkan uchun,
Umr borincha duo k’ilg’aysen.
* * *
Sendin nafase murod topmon,
Ishk’ingda ko’ngulni shod topmon.
Ishk’ ahlig’a iltifot ko’rmon,
Husn ahlida e’tik’od topmon.
K’ilsam sanga har necha tazallum,
Faryodu fig’onki, dod topmon!
Faryodki, derga ishk’ rozin,
Bir kishini e’timod topmon.
K’oshing g’ami sharhini yozarg’a
Ko’z k’orasidek midod topmon.
Men banda juz ink’iyod bilmon,
Sen shohda juz inod topmon.
* * *
Xush ulki, yona muborak yuzungni ko’rgaymen,
Yuzum bila k’adaming gardini supurgaymen.
Demaki, javr kelur sanga yor ko’rmaktin,
Meni ne k’o’rk’utasen, har ne kelsa ko’rgaymen.
Gahi jafoyu gahi javr etib yuz evrulasen,
Men ul emonki, bular birla yuz evurgaymen.
Necha firok’ xumori aro azob chekay,
K’achon visol mayidin dame usurgaymen?
Firok’ o’tida ovunsam chog’ir bila, ne ajab,
Magar bu suv bila ul shulani o’churgaymen.
Demish meniki itim, Xayrkulpanda ko’rgumdur,
Necha bu va’da bila,
Boburo, yugurgaymen.
* * *
Kelki, sensiz tobakay mak’tuli hijron bo’lg’amen?
Chorae k’ilkim, sening ollingda k’urbon bo’lg’amen!
Ey xush ulkim, turg’asen kelib ko’zum o’trusida,
Men tikib ikki ko’zum yuzungga, hayron bo’lg’amen.
Necha sensiz dardu g’am bo’lg’ay mening ko’nglumda jam’,
Necha zulfung ishtiyok’idin parishon bo’lg’amen?
Ko’yung ichra gar sak’ar bo’lsa, mak’ar jannatcha bor,
Jannat o’lsa gar makon, sensiz ne imkon bo’lg’amen?!
* * *
Bayaknogax. ko’zumga uchrab o’tru,
Meni devona k’ilding, ey pariro’.
Jahonda har kishiga bor murode,
Mening yo’k’tur murodim sendin ayru.
Magar uyk’uda yuzush ko’rgay erdim,
Vale, xajringda ko’zdin uchti uyk’u.
Iki soching bila yuzung k’uyoshin
Kechalar yod etarmen tongga tegru.
Tarahhum aylakim, bechora Bobur
Sening ishk’ingda bo’ldi zor asru.
* * *
Charxning men ko’rmagan javru jafosi k’oldimu?!
Xasta ko’nglum chekmagan dardu balosi k’oldimu?!
Meni xor ettiyu k’ildi muddaiyni parvarish,
Daxri dunparvarning o’zga muddaosi k’oldimu?
Meni o’lturdi jafoyu javr birla ul k’uyosh,
Emdi tirguzmak uchun mehru vafosi k’oldimu?
Oshik’ o’lg’ach, ko’rdum o’lumni o’zumg’a, ey rafik’,
O’zga ko’nglumning bu olamda harosi k’oldimu?!
Ey ko’ngul, gar Bobur ul olamni istar, k’ilma ayb,
Tengri uchun de, bu olamshshg safosi k’oldimu?
* * *
To olg’ali ko’shlumni ul yuz bila ul gisu,
Kunduz manga ne orom, kecha menga ne uyk’u!
Har yong’aki azm etsam, yonimda borur mehnat,
Har soriki yuzlansam, o’trumg’a kelur k’ayg’u.
Yuz javru sitam ko’rgan, ming mehnatu g’am ko’rgan,
Osoyishi kam ko’rgan mendek yana bir bormu?!
Ul yuzi k’uyosh k’ajri, bu sa’b balo dardi,
Ko’nglumga urubdur o’t, holimni k’ilibdur su(v).
Har nechaki muhlikdur, dardingni dema elga —Kim, yig’lamog’ing,
Bobur, bu elgadurur kulgu.
* * *
Sochining savdosi tushti boshima boshtin yana,
Tiyra bo’ldi ro’zgorim ul k’aro k’oshtin yana.
Men xud ul tifli parivashg’a ko’ngul berdim vale,
Xonumonim nogahon buzulmag’ay boshtin yana.
Yuz yamonlig’ ko’rub ondin, telba bo’ldung, ey ko’ngul,
Yaxshilig’ni ko’z tutareen ul parivashtin yana.
Tosh urar atfol meni, uyida forig’ ul pari,
Telbalardek k’ichk’irurmen har zamon toshtin yana.
Oyog’im etgancha Boburdek ketar erdim, netay,
Sochining savdosi tushti boshima boshtin yana.
* * *
Ko’zumda muttasil ul egma k’osh kerak bo’lsa,
K’oshimda ko’z yorug’i ul k’uyosh kerak bo’lsa.
Sujud vak’tida mehrob bo’lmasun hargiz
—Ki, bosh k’o’yarda o’shal egma k’osh kerak bo’lsa.
Habib ishk’ida boshdin kech, ey ko’ngul, yo’k’ esa
Bu yo’lg’a k’o’yma oyok’ sanga bosh kerak bo’lsa.
K’o’yub oyog’iga bosh, so’rsa la’lidin har kim,
Boshig’a tufrok’u og’zig’a tosh, kerak bo’lsa!
Sening bila bori el noxush o’lsa, ey Bobur,
Ne bo’lg’usi sanga ul yori xush kerak bo’lsa?
* * *
Kim ko’rar xurshidni ul mohsiymo bo’lmasa?!
Kim so’rar shakkarni ul la’li shakarxo bo’lmasa?!
Gul tikandur ko’zlarimga ul yuzi guldin yirok’,
Sarv o’k’tur bag’rima ul sarvi bolo bo’lmasa.
Jannat ul-ma’voni, ey zohid, netay men zorkim,
Istaram ko’yidin o’zga manga ma’vo bo’lmasa.
Tiymag’il devona ko’nglumniki, rasvo bo’lma deb,
Oshik’ o’lg’aymu edi ul telba, rasvo bo’lmasa?!
Gar boshingni kessalar ishk’ida, ey Bobur, sening,
YOrdin ko’nglung, kerakkim, o’zga kato bo’lmasa.
* * *
Jonima o’t soldi ul ruhsorai zebo yana,
Ko’ngluma ul zulf bo’ldi moyai savdo yana.
Ko’rsatib ruhsoru zulfin ul paripaykar manga,
Jonu ko’nglumni k’ilibtur volayu shaydo yana.
YOr ko’yindagi tom sensen menga pushtu panoh,
Soyai lutfungni sol, chun sanga keldim to yana.
Shodlig’niyu farog’atni k’o’yub, oshik’ bo’lub,
Mehnatu g’amni k’ilib men o’zuma paydo yana.
YOrg’a k’ulmen degach,
Boburni rasvo ayladi,
Tengri mendek bandasini k’ilmasun rasvo yana.
* * *O’lum uyk’usig’a borib, jahondin bo’ldum osuda,
Meni istasangiz, ey do’stlar, ko’rgaysiz uyk’uda.
Nekim tak’dir bo’lsa, ul bo’lur tahk’ik’, bilgaysiz,
Erur jangu jadal, ranju riyozat barcha behuda.
O’zungni shod tutk’il, g’am ema dunyo uchun zinhor
—Ki, bir dam g’am emakka arzimas dunyoi farsuda.
Zamona ahli ichra, ey ko’ngul, oyo tonilg’aymu
Seningdek dardpaymoyu meningdek dardpaymuda?
Ulusdin tinmadim umrumda hargiz lahzae, Bobur,
Magar o’lsam bu olam ahlidin bo’lg’aymen osuda.
* * *
Xating aro uzoring sabza ichinda lola,
Ul chashmi purxumoring loladag’i g’azola.
Barcha parilar, ey jon, girdingda zoru hayron,
Go’yo erur namoyon oy tegrasida hola.
Mehru vafoni, ey yor, ko’p ko’rdi sendin ag’yor,
Javru jafoni bisyor k’ilding manga havola.
Hajringda, ey pariro’, ko’zumdin uchti uyk’u,
Har kecha tongg’a tegru ishimdur ohu nola.
Yuz safhasinda xatlar yoshdinki, har taraf borIshk’ingda
Bobur aylar bu nav’ yuz risola.
* * *
Hajr o’lturdi meni, anglasam erdi muncha,
Do’stlar, yordin ayrilmas edim o’lguncha.
Zohido, do’zax o’tidin meni ne k’o’rk’utasen,
Hajr o’ti k’oshida ko’rmasmen ani uchk’uncha.
Ul k’uyosh mehrini bir zarra manga ko’rguzmas,
Kavkabi ashk to’kub, bo’lsam agar garduncha.
Husnda ortuk’ agar bo’lsa yuzi Laylidin,
Men tak’i bormen aning ishk’ida yuz Majnuncha!
Rindlar ollida hayvon suyini ko’p o’kasen,
Ey Xizr, bormu ekin ul suv mayi gulguncha?
Boburo, she’ringga gar solsa k’ulok’ ul shohing,
Bo’lg’usidur so’zunga k’adr duri maknuncha.
* * *
K’oshiyu k’addiyu og’zin ul moh
Ko’rsatmasa manga, naylayin, oh!
Tutgum sochini yuzun ko’ray deb,
Tun uzunu men g’arib gumroh.
K’addi bila ikki zulfu og’zi
Jonimg’a balo bo’lubtur,
Olloh!Xoh ista ko’ngulni, xoh k’ovla,
Chun sensen bu ko’ngulga dilxoh.
El bilmasa holatim, bilur yor,
Holimdin erur Xudoy ogoh.
Kobul sori gar azimat etsang,
K’urbon k’ilay o’zni sanga, ey shoh!
Bobur, yana o’tluk’ oh chekting,
Kuydurmasun elni oh nogoh!
* * *
Xating parvona kelturgach, tirildi ushbu devona,
Ani tirguzmak uchun go’iyo kelturdi parvona.
K’uyoshtek yuzungu durdek tishingning hajrida, ey jon,
Ko’zumning yoshidur yuz k’atrayu har k’atra — durdona.
K’ading ko’rsatmading, bir tori sochingdin yubor pinhon,
Inoyat to’g’ri gar yo’k’tur, ne bo’ldi bo’lsa to’lg’ona?
Aning usruk ko’zidin bordi chun dinim uyi barbod,
Menu, ey do’stlar, mundin nari may birla mayxona.
Jamoling sham’i hijronida
Bobur o’rtanib bordi,K
’achon boshingdin evrulgay kelib parvonadek yona?
* * *
Bo’lmadim umrumda bir dam xotiri xurram bila,
Gar iliktin kelsa, bir damni kechurmang g’am bila.
Necha bo’lg’ay yor hijroniyu davron mehnati,
Nak’di umrum, ohkim, o’tti g’amu motam bila.
Zohir o’lg’ay har nafas bir tun sochingning hajrida
O’tluk’ ohim dud yanglig’ chik’sa pechu xam bila.
Ey ko’ngul, tokim ko’rubmen ul paridin iltifot,
Ixtilot etmak manga yok’mas bani odam bila.
K’at’ etib Bobur boridin chun sanga kelturdi yuz,
Bok emas yakro’y bo’lsa jumlai olam bila.
* * *
Necha rasvo bo’lg’amen ishk’ ichra shaydolig’ bila?
Hech kishi ko’rmaydurur oshik’ bu rasvolig’ bila.
Har nechakim tuttum o’zni porsolig’ tavrida,
Bo’ldum oxir shuhrai ofok’ shaydolig’ bila.
Menki hijroningda k’on yutmok’ bila mu’todmen,
Manga yo’k’tur hech nisbat ayshu sahbolig’ bila.
Shayx she’rim man’ etar etmay balog’at lutfig’a,
Naylagay, yo Rab, kishi bu piri nobolig’ bila?!
Boburi bedilni ishk’i telbaratsa, ne ajab,
Chunki hargiz rost kelmas ishk’ donolig’ bila.
* * *
K’achon bo’lg’ay musharraf bo’lg’amen, jono, jamolingg’a?
K’utulg’aymen firok’ingdin, etishgaymen visolingg’a!
Ko’z ochk’il bok’k’alikim, bo’lmisham bemor ul ko’zdin,
Lab ochk’il so’rg’alikim, tashna bo’lmishmen zulolingg’a.
Ul oyning yuzi birla to’sh bo’lub, da’voyi husn etting,
YAk’in bo’ldi bu kunkim, ey k’uyosh, etting zavolingg’a.
Kabutar, eltasen xatgam, ne bo’lg’ay gar k’abul etsang,
Ko’ngulni bog’lasam ul noma yanglig’ parru bolingg’a.
Belingdinkim, xayoledur, yirok’durmen, meni yod et,
Umidim borki Boburdin etishgaymen xayolingg’a.
* * *
Sok’iy, erur ishrat chog’i, afsurda bo’lma day bila,
Uttek chog’ir keltur, dag’i suhbat tutoshur may bila.
Keltur sharobi nobni, omoda k’il asbobni,
Xush tut shabi mahtobni, chun bordur ul oy bila.
Davron g’amin barbod k’il, ishrat uyin obod k’il,
Jonu ko’ngulni shod k’il ovozi changu nay bila.
Majlisda bordur sarbasar may nash’asidin sho’ru shar,
Borini mastu bexabar k’il jomi paydarpay bila.
Hamdard yore k’onikim, bir g’amgusore k’onikim,
Abri bak’ori k’onikim, Bobur kibi yig’lay bila.
* * *
Ulki yillar-oylar o’tkargay g’amu motam bila,
Shodu xurram bo’lmag’ay Navro’z tega, bayram bila.
Ulki davronning ayog’idin damodam k’on yutar,
Nash’a topmas, gar ichar har davr jomi Jam bila.
Dema, ey hamdam, diyoru yor so’zinkim, mening
Ulfatim yo’k’ olam ahli birla, bal olam bila.
Sendin ayru naylagaymen iyd ila Navro’zni,
Oyu yil xushtur sening birla agar bo’lsam bila.
Tortib afg’on, oh urub hijronda, Bobur, yig’lasang,
Navha tuzgay bazmi g’am ahli bu zeru bam bila.
* * *
G’urbatk’a soldi charx meni yuz jafo bila,
YOd ayla men g’aribni gohi duo bila.
Behad vafoyu mehr sanga ko’rsatib edim,
Sen ham sog’ing’asen meni mehru vafo bila.
\Chun k’ildi meni ul buti
Chin zoru mubtalo,Inshm mening k’olibturur emdi
Xudo bila.Ko’rmon faraxni bir dam agar andin ayrumen,
Bilmon alamni, bormen aning birla to bila.
Ul sarvg’a karam k’ilibon etkur, ey sabo,
Bobur niyozini er o’pub xo’b ado bila.
* * *
Xush ulkim, yordin k’at’ aylabon tarki diyor etsa,
Jahon kezmak ila bek’aydlig’ni ixtiyor etsa.
Aningdek bo’lsakim, aslo tafovut bo’lmasa paydo:
Agar bu dahri dun xor aylasa, gar e’tibor etsa!
Jafodur jong’a bo’lmog’lig’ muk’ayyad olam ahlig’a,
Xush ul ozodakim, elning arosidin kanor etsa!
Kishining jonig’a dushman, balodur boshig’a bu el,
Agar boshin tufayl aylab va gar jonin nisor etsa!
Diyoru yordin Bobur jafoyu javr ko’p ko’rdi,
Xush ulkim, yordin k’at’ aylabon tarki diyor etsa.
* * *
Ulki, manga yori dilnavoz ko’rundi,
Javrni ko’rsatti ko’pu oz ko’rundi.
Bo’ldi boshim past poybo’sida oxir,
Garchi burun asru sarafroz ko’rundi.
Sening uchun ulki, bosh o’ynamadi xech,
Sanga ajoyibki, ishk’boz ko’rundi.Ishk’ borida salohu tavbayu tak’vo
—Borchasi, tahk’ik’ bil, majoz ko’rundi.
Dushmani jon o’ldi, ne k’ilay, sanga, Bobur,
Ulki, manga yori dilnavoz ko’rundi.
* * *
Ne chamanda sarv bor ul k’omati ra’no kibi,
Ne guliston ichra gul bor ul ruhi zebo kibi.
Ne jafo tavrida bor dunyoda ul bemehrdek,
Ne vafo bobida bor olamda men shaydo kibi.
Donai xoli Masihoso labining ustida,
Notavon jonimg’a bo’ldi moyai savdo kibi.
Aylasam ko’yida ma’vo, naylayin jannatnikim,
Bor manga ul xur ko’yi jannat ul-ma’vo kibi.
Bazm aro, ey do’stlar, ne mayki, k’on ichmakdurur,
Sok’ie gar bo’lmasa ul sho’xi bazmoro kibi.
Minsa abrash ul k’uyosh kuymay netaykim, Boburo,
Meni kuydurmakka eldur markab, o’tdur rokibi.
* * *
K’adi shoxi guldek nigorim k’ani?
Labi g’unchadek gul’uzorim k’ani?
Ne tong, yuz nigor o’lsa k’on yosh bila —
Ki, ul yuzi gul yosh nigorim k’ani?
K’aro kechalarda ko’zum yorutur,
Ushal sham’i shabhoi torim k’ani?
YArim kechalar kelur erdi burun,
Bu tun kelmadi, oh, yorim k’ani?
Demang, tarki ishk’ini k’il ixtiyor,
Bu ishda mening ixtiyorim k’ani?
Firok’ingda ko’nglumni k’on aylasang,
Sanga bo’lg’ay ul bek’arorim k’ani?
* * *
Shomi hijronin manga ul bevafo ko’rsatmagay,Hajr shomi asru muhliktur, Xudo ko’rsatmagay!Va’da aylab vasl, ko’rsatgay necha jonimg’a hajr,Necha ko’nglumg’a jafo k’ilg’ay, vafo ko’rsatmagay.Ul k’aro ko’z hajrida tundek k’arordi kunduzum,YO Rab, andok’ kunni ul ko’zi k’aro ko’rsatmagay!Ochmag’ay ko’zini to so’kmakka og’zin ochmag’ay,Yuzini ko’rsatmagay to yuz jafo ko’rsatmagay.Ishk’ istar bo’lsa, Majnun aylagay payravlig’im,Yo’lni ne bilgay kishi to rahnamo ko’rsatmagay.Uchk’udekdur jon k’ushi hijronda Bobur ohidin,Kel pari ta’jil ila jonim havo ko’rsatmagay.* * *Yuz k’o’rsatib, o’lturursen, ey oy,Yo’k’ sen kibi xudnamoyu xudroy.K’adding «alif»u k’oshing erur yo»,Desam ne ajab agar seni oy?Ham lola yuzung k’oshida berang,Ham sarv k’ading borida bepoy.O’k’ung yuragimda jo k’ilibtur,Tortib yana, o’k’ni k’ilma bejoy.Sendin manga yuz xazor xasrat,Sendin manga bormu hech parvoy?Ul yor agar yoshursa yuz, ox,,Ag’yorg’a gar ko’runsa — yuz voy!Kulmas manga subhi vasl, Bobur,Har nechaki shomi hajr yig’loy.* * *G’unchadek ko’nglum mening gulzor mayli k’ilmag’ay,G’am bila butgan ko’ngul gulgasht ila ochilmag’ay.Ranga-ranga gullaringni, bog’bon, arz etmakim,Tah-batak’ k’onlig’ ko’ngul gul orzusin k’ilmag’ay.Yo’k’tur ulkim, gul yuzungdin ayru bok’sam gul sari,G’uncha yanglig’ ko’ngluma yuz xori g’am sanchilmag’ay.Orazu k’addingni ta’rif etsalar yuz yil, hanuz,Ey yuzi gul, sarvk’ad, yuzdin biri aytilmag’ay.Sendin ayrildim esa bo’ldi nasibim xori g’am,Sendin, ey gul, emdi Bobur bir zamon ayrilmag’ay.
* * *
Gahi sog’in, ne bo’ldi, zorlarni,
Unugmag’il burung’i yorlarni.
Seni ko’rmay, yirokdin zor bo’ldim,
Biror yod et yirok’din zorlarni.
Yuzungdin ayru men xor, ey azizim,
Kishi guldin ayirmas xorlarni.
Ko’zung bemorimen, mendin yumub ko’z,
YAna og’ritmag’il bemorlarni.
Sanga bir yo’l etar fikridadurmen,
Unutma bir yo’li afgorlarni.
Sanga ko’nglumni oldurdum, jahonda
Ko’rubmen garchi ko’p dildorlarni.
Sihi k’adlarg’a, Bobur, oshik’ o’lsang,
Burunrok’ ko’zlagaysen dorlarni.
* * *
YO k’oshing yanglig’ egilgan jismi zorimnimu dey?
YO sochingdek tiyra bo’lgon ro’zgorimnimu dey?
Kunduz o’lsa, tungacha aytaymu bepoyon g’amim,
Kecha bo’lsa, tongg’a tegru holi zorimnimu dey?
Hajri k’otil birla ko’nglum holatinmu sharh etay,
Dardi muhlik ichra joni bek’arorimnimu dey?
Telbayu madhushu bexud dema kim k’ildi seni,
La’li maygun, so’zi mulk, o’zi xumorimnimu dey?
Bobur, ul oyning k’uyoshdek orazi hijronida
Tongg’a tegru har kecha yulduz sanorimnimu dey?
* * *Ul ahd ila paymon k’ani, ey yor, ne bo’ldi?Ul lutf ila ehson k’ani, ey yor, ne bo’ldi?Kettim meni hayron eshigingdin, demading hech:Ul telbai hayron k’ani, ey yor, ne bo’ldi?Yuz ko’rsatibon el ichida lutf etar erding,Ul lutfi namoyon k’ani, ey yor, ne bo’ldi?Sening sari bordi ko’ngul istab topa olmon,Sening sari borgon k’ani, ey yor, ne bo’ldi?Jonimg’a davo so’zung edi, so’zlamading, oh,Jon dardig’a darmon k’ani, ey yor, ne bo’ldi?Mundok’mu edi ahdki, Boburni unuttung,Ul ahd ila paymon k’ani, ey yor, ne bo’ldi?
* * *Zuhd ketti esa, karam k’ildi,Ishk’ keldi-yu, muhtaram k’ildi.Ul alif bo’yluk’ oyning ishk’iMeni olam aro alam k’ildi.Ko’ziyu zulfu og’zi furk’atidaFalak oxir meni adam k’ildi.Ko’nglum o’rtandi har dam ohimdin,Magar ul el bu o’tni dam k’ildi?K’oshi yolar jafosidin bu charxMening otimg’a-o’k’ rak’am k’ildi.Changi g’amdin k’utulmadi Bobur,Nechakim, nola zeru bam k’ildi.
* * *Ko’rmagay erdim jamoli olamoro koshki,Bo’lmag’ay erdim bori olamg’a rasvo koshki.Ishk’ bog’ining niholi — g’am, bari — hirmon emish,K’ilmag’ay erdim bu gulshanni tamosho koshki.K’ilmag’ay erdi ko’ngul ishk’in havas, bal, tilga hamKechmagay erdi aningdek lafz aslo koshki.K’oshi yolar ko’yida umri sharif etguncha sarf,K’ilg’ay erdim masjidu mehrob aro jo koshki.Ixtiyor et o’zga ish, Boburki, hosil bo’lmag’ayIshk’u vaslu aysh ila ishratgin illo koshki.
* * *YOz bo’ldi-yu, bo’ldi yana jannat kibi yozi,Xush ul kishikim, aysh ila o’gtay k’ishu yozi.Dutora uni ayshu farog’atni berur yod,Mutribk’a k’ulok’ tutki, ne der nag’mada sozi.Chun k’iblam erur yor — k’ilay k’oshida sajda,Nosih so’zini naylay, emas so’zi namozi.Bu telbayu madhush dilu jong’a ne xushtur,Gah k’ahru itobi bila, gah ishvayu nozi.Tut mug’tanam ul yorni, Boburki, jahondaMahmud kim erdi, ne kishi erdi Ayozi?* * *Demang o’k’ini tanimg’a baloi jon keldi,Hayotsiz badanimg’a o’k’i ravon keldi.Hayot suyini k’o’ykim, labidin oldim kom,Bor, ey Xizrki, manga umri jovidon keldi.Sipexri ko’yini ko’k evrulur kelib har kun,Ne erdurur buki, rafattin osmon keldi.Xush ulki, bir kishi ko’zum yo’lida erkanda,«Sevinchi!» — deb yugurub etsakim: «Falon keldi!»Firok’ aro o’larimda etishti ul jonon,Xudog’a shukr k’ilaykim, o’lar zamon keldi.Adam yo’lig’a ko’ngul kirdi ishk’ dog’i bila,Bu yo’ldin o’tmadi har kimki, benishon keldi.Farog’at istar esang, bo’l jarida, ey Bobur —Ki, jonu tang’a g’amu g’ussa xonumon keldi.* * *Boshda gar yo’k’tur jalolat gavharidin afsare,YOnima basdur mazallat tufrog’idin bistare.Kirgali ko’ksum aro ko’nglum ishi kuymakdurur,Men nechuk kuymayki, ko’ksum ichra bordur axgare.Sabru x,ushu aklu dinimni olibtur, naylayin,Sarvk’adde, gulruhe, rayhonxate, nasrinbare.Kirpidek xanjarin el ko’ksiga ko’rgan zamon,Ko’zuma har kiprikin, yo Rabki, k’ilg’il xanjare!Abrashini eldurub etgach yik’ildim, do’stlar,Oxkim, umrum daraxtini yik’itti sarsare.Ganji husnida ko’rung zulfi bila gulgunasin,Go’iyo o’t soldi har yon ganj uzra ajdare.Hajr shomidin mening k’on yutmog’imni yod eting,Cheksangiz ul nozanin birla sabuxiy sog’are.Har nechuktur umrni, Bobur, xush o’tkarmak kerak —Kim, bu besh kun umr g’amgin bo’lg’ali k’ilmas gari.
* * *Bihamdullahki, ul gulda vafodin bor emish bo’e,Jafo tarkin k’ilur ermish yana turki jafojo’e.K’adam ranja k’ilib, boshimg’a kelgaymu debon ul oy,Tutubmen poyi devori, k’ilib maskan sari ko’yi.Soching belingcha-yu, beling dog’i soching kibi borik,Latofat ichra yo’k’ fark’i bu ikkining sari mo’yi.Muyassar bo’lsa, bilgilkim, bori olamdin ortuk’durKabobiyu mayi nobiyu mahtobiyu mahro’yi.Eshittim, iltifot aylab demishsen: «Kimdurur Bobur?»Fak’ire, nomurode, besarupoe, duogo’e.
* * *Tuno kun birla bu tun majlisi asru xush edi,Majlis ahli bori dilxohu bori dilkash edi.Borining so’zi edi xo’bu latifu rangin,Ne parishonu ne bema’niyu ne chirmash edi.YAxshi may yo’k’ edi-yu, nash’ai may yaxshi edi,Noxush el yo’k’ edi-yu, asru xavoi xush edi.Bori ahbob edi xozir, bori asbob edi jam’,Sozu xonanda bila nuk’lu mayi beg’ash edi.Gok’ purxanda edi el, base, sarxushluk’tin,Mastlig’din yana gox, el ko’zi to’la yosh edi.Barcha ta’zim k’ilib bir-birini mastona,Goh boshta oyok’ erdi, gox. oyok’ta bosh edi.Tun yarimig’acha bu nav’ edi-yu, ondin so’ngMajlis ahlining ishi har sorig’a tark’ash edi.Men ilikdin borib erdim, tutub ilgimni birov —Meni uyg’otdi, ko’z ochtim esa, ul maxvash edi.Tortib ilgini, k’uchub bo’ynini, og’zini o’pub,Tongg’acha o’ynamok’ ish erdi, ne xush o’ynash edi.Bobur ar harza dedi, majlis eli, ayb etmang,Karam aylang, ani ma’zur tutung, sarxush edi.
* * *YOz fasli, yor vasli, do’stlarning suxbati,She’r baxsi, ishk’ dardi, bodaning kayfiyati.YOz faslida chog’ir ichmakning o’zga holi bor,Kimga bu nash’a muyassar bo’lsa, bordur davlati.Ishk’ dardini chekib, har kimki topsa vasli yor,Ul zamon bo’lg’ay unut yuz yilg’i hijron shiddati.Do’stlarning suxbatida ne xush o’lg’ay baxsi she’r,To bilingay har kishining tab’i birla holati.Gar bu uch ishni muvofik’ topsang ul uch vak’t ila,Mundin ortuk’ bo’lmag’ay, Bobur, jahonning ishrati.
* * *Shukrilillah, aysh yuzlandi-yu, mehnat k’olmadi,Etti ayyomi visolu shomi furk’at k’olmadi.Yuzlanib amnu farog’at, g’ussayu g’am bo’ldi daf’,Ayshu ishrat keldi-yu, ranju mashak’k’at k’olmadi.Mehnati hijronki, ondin chok-chok erdi ko’ngul,Bo’ldi rohatk’a mubaddal, ul jarohat k’olmadi.Murtafe’ bo’lgonda hijron, kel, tavak’k’uf k’ilmakim,Intizoringni chekarga o’zga tok’at k’olmadi.Vaslinga etkurdi davron ok’ibat Boburni, shukr,Emdi davrondin manga aslo shikoyat k’olmadi.
* * *YAna bir ko’z g’amidin xaeta ko’rarmen o’zni,YAna bir zulfg’a vobasta ko’rarmen o’zni.Labining xasratida zor toparmen jonni,Ko’zining furk’atida xasta ko’rarmen o’zni.Ko’zidin ul krshi yo garchi meni soldi yirok’,Lek, ul oy k’oshida payvasta ko’rarmen o’zni.Zulfi zanjirig’a to bo’ldi ko’ngul vobasta,Shukr, Bobur kibi vorasta ko’rarmen o’zni.
* * *
Chamanda sarvni o’lturg’uzubturur yurushi,
K’iyomate k’o’poribtur ot uzra o’lturushi.
Meni shikastani k’istab, k’o’ngulni g’uncha k’ilur,
K’oshini chetmog’i birla tor og’zini burushi.
So’rub g’amimni, taajjub k’ilib, labin tishlar,
Ne xushturur menga irnini tishlabon so’rushi.
Turar rak’ib chiroyin tursh k’ilib doim,
Tili chuchuk sanamim, yaxshidurmu bu turushi?
Ko’rar rak’ibni doim, xayol etar meni g’ayr,
Ne aylagay anga Boburki, g’ayrdur ko’rushi.
* * *
Habib bo’lsa edi, yo rak’ib o’lsa edi,
Rak’ib o’lsa edi, yo habib bo’lsa edi.
Ko’ngulga mehnatu g’am har ne bo’lsa, bo’lsa edi
Ki, yorga k’otilib, g’ayrdin k’utulsa edi.
Firok’ shaxrida bo’lg’uncha, kosh ko’yingda
Tanim so’ngak bo’lubon, so’ngakim o’kulsa edi.
* * *
Ulki, yuz Laylivash oning ishk’idin Majnundurur,
Xo’blar sultoni Mirzo K’osimi Arg’undurur.
Tiyrboronidin ul chobukning, ey ko’ngul, ne bok?
Garchi behad tezdur, yuz shukrkim, o’tkundurur.
Zuhd sahrosig’a tushtum ishk’ yo’lidin ozib,
Boburi gumraxni emdi kim bu yo’lg’a ko’ndurur?

Ruboiylar

Jono, bitigingki, bo’ldi mark’um manga,
Mehnat bila g’amni k’ildi ma’dum manga.
Ko’rgach ani garchi shod behad bo’ldum,
Mazmuni, vale, bo’lmadi ma’lum manga.
* * *
Ne ishratu aysh uchun mayi nob manga,
Ne toat uchun go’shai mehrob manga,
Ne fisk’ k’ilurg’a bordur asbob manga,
Ne zohid o’lurg’a tok’atu tob manga.
* * *
To bo’lg’ali dildor o’shal oy manga,
Holimni bilib, k’ilmadi parvoy manga.
Men asru harobu yor ko’p mustag’niy,
Ey voy manga, voy manga, voy manga!
* * *
Xush ulki, ko’zum tushti sening ko’zushta,
Bevosita holimni desam o’zungga,
Bermay so’zuma javob achig’lanasen,
K’ilding meni muhtoj chuchuk so’zungga.
* * *
Asru ko’p emish jur’atu ximmat sizga,
Ro’ziy k’ilg’ay Xudoy nusrat sizga.
Mardonalig’ingizni bori el bildi,
Rahmat sizga, hazor rahmat sizga!
* * *
To k’ildi meni firok’ aro yod habib,
Mahjur ko’ngulni ayladi shod habib.
Gar vasl muyassar o’lmasa, netay, ey Bobur,
Faryod habibu ohu faryod habib!
* * *
Ey k’omati sarvu lablari obi hayot,
Budur tilagimki, — etkamen vaslingga bot!
Hajringda manga ne sabr k’oldi, ne sabot,
YO kel bu sorig’a yo meni o’zungga k’ot!
* * *
Bu k’oziyi fosik’ki, yibordim sanga bot,
Sen dog’i uzatk’il botu ham badrak’a k’ot!
Gar xotiring istasa yiborgil savg’ot:
Ma’junu sharobu obi noranju nabot.
* * *
Keldi ramazonu men tak’i bodaparast,
Iyd o’ldi-yu, zikri, may k’ilurmen payvast.
Ne ro’zayu ne namoz yillar, oylar;
Tun-kun mayu ma’jun bila devonayu mast.
* * *
Bo’ldum meni oshuftai hayron mardud,
K’ilg’il madadeki, bo’ldi imkon nobud.
Dunyo bila uk’boda ruju’um sangadur,
Ey ikki jahonni shahi Sulton Mahmud!
* * *
Mutribki, unini har kishi go’sh k’ilur,
Jon birla ko’ngulni zoru madhush k’ilur.
Mak’sud nedurki, elni yod etganda,
Ul doirada bizni faromush k’ilur?
* * *
Dushmanniki, bu dahr zabardast k’ilur,
Naxvat mayidin bir necha kun mast k’ilur.
G’am emaki, etkursa boshini ko’kka,
Oxir yana er kibi oni past k’ilur.
* * *
Ko’zung bori sog’larni mast etgusidur,
G’amzang bori mastlarni past etgusidur.
Ko’p zohidu porsoni Bobur yanglig’
La’ling xavasi bodaparast etgusidur.
* * *
Ishlar bori ko’nguldagidek bo’lg’usidur!
In’omu vazifa — bori buyrulg’usidur!
Ul g’allayu muxmalki, deb erding, berdim,
Muhmalg’a bo’yu g’alladin uy to’lg’usidur!
* * *
Har kimki vafo k’ilsa, vafo topk’usidur!
Har kimki jafo k’ilsa, jafo topk’usidur!
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik’ hargiz,
Har kimki yomon bo’lsa, jazo topk’usidur!
* * *
Bu telba ko’ngulki, ishk’ aning sudidur,
Ahbobning ixtiloti mak’sudidur.
Hijron chekib, ahbobni har kimki ko’rar,
Xush davlatiyu tolei mas’udidur.
* * *
Hijron k’afasida jon k’ushi ram k’iladur,
G’urbat bu aziz umrni kam k’iladur.
Ne nav’ bitay firok’u g’urbat sharhin
—Kim, ko’z yoshi nomaning yuzin nam k’iladur.
* * *
Jismimda isitma kunda mak’kam bo’ladur,
Ko’zdin uchadur uyk’u chu axsham bo’ladur.
Har ikkalasi g’amim bila sabrimdek,
Borgon sori bu ortadur, ul kam bo’ladur.
* * *
YO Rab, menda ne yaxshi tole’ bordur
—Kim, baxti muti’yu yori tobe’ bordur.
Ma’zur tut ar vaslingga kechrok’ etsam,
Ne chora k’ilay, ozg’ina mone’ bordur.
* * *
Xotirni bahor faslida gasht oladur,
Ko’z nurini rangi lolayu dasht oladur.
Xush ulki, tolalarda yurub sayr etsa,
Bu fasldakim, latifu dilkash toladur!
* * *
Eykim, k’uyosh ul yuzung, hilol ul k’oshtur!
Po’loddurur ko’nglushtu bag’ring toshtur!
Nomamg’a agar yaxshi javobing yo’k’tur,
So’kmak bila yod aylasang xam xushtur!
* * *
Hajri aro oromu k’arorim yo’k’tur,
Vaslig’a etarga ixtiyorim yo’k’tur.
Kimga ochayin rozki, yo’k’ maxrami roz,
G’am kimga deyinki, g’amgusorim yo’k’tur.
* * *
Ulkim, anga ilm ichra g’olib yo’k’tur,
Derlarki, beri kelurg’a rog’ib yo’k’tur.
Dedimki, bu so’z rost emastur, negakim,
Tolibni tilar andaki, tolib yo’k’tur.
* * *
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!
Sarrishtai ayshdin ko’ngulni zinhor
Uz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!
* * *
K’ayg’ungni cheka-cheka k’oribtur Bobur,
Rahm aylaki, o’zidin boribtur Bobur.
Noranj yibordi eengaki, bilgaysen,
YA’niki, bu nav’ sargoribtur Bobur.
* * *
Bobur, necha bu dahr meni zor aylar,
Sabrimni kamu g’amimni bisyor aylar.
To dahrdurur, budur aning rasmikim,
Oyrib kishini azizidin xor aylar.
* * *
K’ish bo’ldi-yu, bo’ldi borcha tomu tosh k’or,
Jam’iyati bor kishiga bordur xush k’or.
Bu k’ishda yomon yo’lu parishon holim,
YO Rab, meni yaxshilig’ sori boshk’or!
* * *
Arbobi hasad so’ziga buttung o’xshar,
Begonalig’ atvorini tuttung o’xshar.
Bir dog’i sog’inmading bu fursatta meni,
Men xastani, ey yor, unuttung o’xshar.
* * *
Vaslingga ko’ngul k’iyossiz tolibtur,
Hajring aro ixtiyorsiz k’olibtur.
Mushtok’lig’im sharhini dey olmasmen,
Diydoringa ishtiyok’ ko’p golibtur.
* * *
Ey bodi sabo, ayla Xurosong’a guzar,
Mendin degil ul yori parishong’a xabar.
Necha safar o’z ko’nglung uchun k’ilg’aysen,
Emdi bizing uchun ayla bu yong’a safar.
* * *Ko’pdin berikim, yoru diyorim yo’k’tur,Bir lahzayu bir nafas k’arorim yo’k’tur.Keldim bu sori o’z ixtiyorim birla,Lekin borurimda ixtiyorim yo’k’tur.
* * *K’ish garchi zamoni mank’alu otashtur,Lekin bu shito Hindta ko’p dilkashtur.Hangomi nishotu bodai beg’ashtur,May bo’lmasa, ma’jun dog’i bo’lsa xushtur.
* * *
Ahbobki, bazmida guliston xastur,
Yo’k’ lek alar bazmida bizga dastur.
Gar sizda hzur birla jam’iyat bor,
Yuz shukr, bu jam’ behuzur ermastur.
* * *
Yuz shukr de, Boburki, karimi
G’affor,Berdi sanga Sindu Hindu mulki bisyor.
Issiklig’ig’a gar senga yo’k’tur tok’at,
Sovuk’ yuzini ko’ray desang, G’azni bor.
* * *
Ko’nglumda o’tu ikki ko’zumda sudur,
Men xastag’a rahm k’ilki, holim budur.
G’am kunduziyu firok’ shomi yanglig’,
Tun-kun menga ne k’aroru ne uyk’udur.
* * *
Bu yog’lig’kim, «Bog’i jahon» chog’lik’dur,
Jon rishtasi har rishtasig’a bog’lik’dur.
Tan tori yuzum oltunidektur sensiz,
Ko’r ul ikkidin namuna bu yog’lik’dur.
* * *
Jismimda isitma tobidin otashdur,
Jonimg’a baloyu g’ussa bebarkashdur.
Ko’p dard ila g’amdin manga noxushluk’ edi,
Sen so’rg’ali, ey habib, ko’nglum xushdur.
* * *
Devonima ne rabtu ne tartibdurur,
Ne jadvalu ne lavhu ne tazhibdurur.
Gar sanga yibordim ani, ayb aylamakim,
Devoningni tilarga tak’ribdurur.
* * *
Ey k’o’rg’on eli, k’oldimu darmonlaringiz?
Chik’may, nedurur bu jaxl k’ilgonlaringiz?
Jondek kishilar ochlig’idin chun chik’adur,
Siz chik’masangiz — chik’sa kerak jonlaringiz!
* * *
Ahbob, yig’ilmok’ni farog’at tutungiz!
Jam’iyatingiz borini davlat tutungiz!
Chun gardishi charx budurur, Tengri uchun,
Bir-birni necha kuni g’animat tutungiz!
* * *
Hajring g’amidin ok’ibat o’lgum, k’aro ko’z,
Yuz g’ussayu andux. ila borgum, k’aro ko’z.
Vasling bila k’ilmading ilojin, Bobur,
Mushkilki, firok’ingda tirilgum, k’aro ko’z.
* * *
Ozor ila necha guftugo’ k’ilg’aysiz?
Ozurda bo’lurni justujo’ k’ilg’aysiz.
Munchaki, ko’ngullarga etishti ozor,
May birla magarki shustusho’ k’ilg’aysiz?
* * *
Hammomki, to maskani jonona emish,
Anda parilar husnig’a devona emish.
Ul xud paridur, borcha mulozimlari ham,
Alk’issaki, hammom parixona emish!
* * *
Husn axlig’a zoru mubtalo ko’z ermish,
Jonim bila ko’nglumga balo ko’z ermish.
Faxm ayladim emdi, Boburo, ishk’ ichra
Ko’zumni k’orortk’on k’aro ko’z ermish.
* * *
K’ar hazki, xaloyik’ andin ayrilmas emish,
Ul haz mazasiyu k’adrini bilmas emish.
Ma’junu basitu bo’zayu luteki,
Bir jur’a chogar durdi ishin k’ilmas emish.
* * *
Bu xasta ko’ngul erdi visoling bila xush,
Jonim ham erur sening jamoling bila xush.
Hijron g’ami garchi asru noxushtur, lek,
Fikring bila shodmen, xayoling bila — xush.
* * *
Chun bordi Xudoy rahmatig’a ul yosh,
Ne foyda to’kmak g’ami hijronida yosh.
Ul yosh g’ami hijronida ko’p yosh to’ktung,
Bir yoshing uchun Xudoy bersun yuz yosh!
* * *
Gar vodiyi xajring aro bo’ldum nok’is,
Ayb aylamakim, xrdisaedur xodis.
K’avmi ajabe chog’irg’a k’ildi targ’ib,
Amri ajabe xajrg’a bo’ldi bois.
* * *
Eykim, bori she’r ahlig’a sen xon yanglig’!
She’ring bori she’rlarga sulton yanglig’!
Mazmuni aning xatti savodiy ichra,
Zulmat arosida obi k’ayvon yanglig’!
* * *
Ne yor vafo k’ilg’usi oxir, ne harif,
Ne sayfu shito k’olg’usi bok’iy, ne harif,
Yuz xayfki, zoe’ o’tadur umri aziz,
Afsuski, botil boradur umri sharif.
* * *
Andin berikim, k’asdim uchun turdi firok’,
Yuz dardu alamni manga etkurdi firok’,
Meni eshikingdin, netayin, surdi firok’,
K’il chora, yo’k’ ersa meni o’lturdi firok’.
* * *
May tarkini k’ilg’ali erurmen g’amlik’,
Bor tiyra ko’ngulga har zamon darhamlik’.
G’am birla fasurdalik’ xalok etti meni,
May birla emish shodlig’u xurramlik’.
* * *
Oludai yuz tuman maosiy bo’lmok’,
Yuz ranju tuman azob xosi bo’lmok’.
Ko’p yaxshi ekin ax,li xiradning k’oshida —
Kim, og’ritibon atoni osiy bo’lmok’.