> For the complete documentation index, see [llms.txt](https://adiblar.gitbook.io/adiblar/llms.txt). Markdown versions of documentation pages are available by appending `.md` to page URLs; this page is available as [Markdown](https://adiblar.gitbook.io/adiblar/alisher-navoiy-hayoti-va-ijodi/xamsa.md).

# Xamsa

Bugun oʻzbek interneti yana bir katta manba bilan boyidi. Alisher Navoiyning “Xamsa” asari ilk bor online olamga toʻliq joylandi. Marhamat azizlar, buyuk shoirimizning maʻnaviyat gulshanidan bahramand boʻling:

Jami 54 ming misradan iborat Navoiyning “Xamsa”si 1483-1485-yillarda yozilgan boʻlib, besh dostondan iborat. Ular quyidagilar:

1. “Hayrat ul – abror” (“Yaxshi kishilarniig hayratlanishi”). Asar 7976 misra (3988 bayt) boʻlib, 64 bob, 20 maqolatdan iborat. Bulardan 21 bobi muqaddima, 40 bobi — 20 maqolat va 20 hikoya hamda masal, soʻnggi uch bobi esa asar xotimasidir. “Hayrat ul – abror” 1483-yilda aruzning sariʼ bahrida yozilgan boʻlib, anʼanaviy muqaddima – “hamd va naʼt” bilan boshlanadi.
