She'rlar

Lolaqizg`aldoq

Shavkat Rahmon xotirasiga

Mendan nima qolar:

Ikki misra she’r,

Ikki sandiq kitob,

Bir uyum tuproq.

Odamlar ortimdan

Nima desa der,

Men seni o`ylayman

O`zimdan ko`proq –

Lola, lolajonim,

Lolaqizg`aldoq!

Men ketsam, yomondan

Yiroq bo`l, ohu,

Chunki sen chiroyli,

Ko`rkli bir juvon.

Yomon kunlar bir kun

Yaxshi bo`lar-u,

Yomon odam yaxshi

Bo`lmas hech qachon…

Yasha chegarada

Turgandek ogoh,

Lola, lolajonim,

Lolaqizg`aldoq!

Uyda yotibman-u,

Sezib turipman,

Ko`kda kelayotir

Qushlar qaytishib.

Xayrlar yog`dirib

Qanotlaridan,

Xasta shoiriga

Vido aytishib.

Bor, mening uchun ham

Ularga qo`l qoq –

Lola, lolajonim,

Lolaqizg`aldoq!

Ularni men yana

Ko`rarmanmi-a,

Ayvondan odamdek

Kuzatolmadim.

Kuz. To`ylar boshlandi.

Yuragim pora –

Bitta qizimni ham

Uzatolmadim…

Demak, taqdir ekan

To`y ko`rmay o`lmoq,

Lola, lolajonim,

Lolaqizg`aldoq!

Biroq, ko`nglim sezar,

Mendan keyin ham,

Bir kun bu hovliga

Odam to`ladi.

Hali to`ylar qilib

Charchaysan, erkam,

Mening qizlarim eng

Baxtli bo`ladi!

Kelinlar ko`ylagi

Ruhimday oppoq –

Lola, lolajonim,

Lolaqizg`aldoq!

Gulim, yaqinroq kel,

Qara, ne savdo,

Bu ajib ishlarni

Dil lavhiga yoz:

Kimga qasr yetmas,

Kimga mol-dunyo,

Menga esa havo

Yetmaydi, xolos.

Tiriklar mudroqda,

O`liklar uyg`oq –

Lola, lolajonim,

Lolaqizg`aldoq!

Ko`ksim kuyib borar,

Ko`krak yonmoqda,

Ayting do`xtirlarga,

Yorishsa yorsin!

Jism o`z ulfati –

Jondan tonmoqda.

Bechora jon endi

Qayerga borsin.

Endi osmon yiroq,

Endi yer yumshoq –

Lola, lolajonim,

Lolaqizg`aldoq!

Bunu xayot derlar,

Unutma aslo,

Bir kun ochilasan,

Bir kun so`lasan.

Qalbimda-ku, faqat

Sen eding tanho,

Qabrim ustida ham

O`zing bo`lasan.

Sen bizning sevgidan

Xotira – bayroq,

Lola, lolajonim,

Lolaqizg`aldoq!

Ayol qalbing bilan

Suv kech, olov kech,

G`am kelsa boshingdan

Xushing uchmasin.

Xudodan so`radim:

Mendan keyin hech,

Nomard kimsalarga

Ishing tushmasin.

Ularning qo`lida

Hamisha tuzoq,

Lola, lolajonim,

Lolaqizg`aldoq!

Ishing tushsa, inim

Muhammadga bor,

Shoirlar ichida

Ishonganim shu.

Biroz ichishini

Aytmasa agar,

Ko`ksi tiniq bola,

Halol bola u.

Faqat sal soddaroq,

Faqat sal yoshroq,

Lola, lolajonim,

Lolaqizg`aldoq!

Jon so`ngi boshpana

Toparkan ongda,

U yurak ostida

Derdim men bo`lsam.

Ajablanma agar

Ertaga tongda

Seni o`pib, O`shni

Quchoqlab o`lsam!..

O`tinchim – tepamda

Yig`lama uzoq,

Lola, lolajonim,

Lolaqizg`aldoq!

Bu she'r ozodlik va sevgi mavzularini aks ettiradi. "Lolaqizg'al" nomi bilan chaqirilgan inson, she'rdagi qahramon bo'lib, o'z o'limi haqida o'ylashni boshlaydi. U ko'nglida "Lola" nomli qizning surati va unga birga bo'lgan xatoliklari xotiraga keladi. She'rdagi qahramon o'z o'zidan foydalanib, hayotda o'z ehtiyojlariga erishishga harakat qilish kerakligini anglab turadi. She'rning oxirida, qahramon Lola nomli qizni yodda saqlab, uning sevgisi va xotirasi bilan yashashga harakat qiladi. She'r ozodlikka yondashadi, chunki qahramon o'z o'zini o'zgartirishga va o'zga yo'lga yo'naltirishga harakat qiladi.

Ushbu she'r ijodiya stili bilan yozilgan, ya'ni shoirning xayoliy va badiiy tasavvurlarini namoyish etish uchun ijodiy qo'llanilgan. She'rda odatda qoidalarga, matnning ta'siri va sazning oziga xosliklari yoziladi. Shoir matnida Lola nomli qizga yo'l yordam berganini aytadi va uning hayotida muhim o'rin tutganini tasvirlaydi.

Biz baxtli bo`lamiz Muhammad Yusuf

Mayli-da, kimgadir

Yoqsa,

Yoqmasa,

Ularga qo`shilib

Yig`lasharmidik.

Biz baxtli bo`lamiz

Xudo xohlasa,

Xudo xohlamasa

Uchrasharmidik…

Rayhon hidlaringni

Yo`llarimga sep,

Kut meni,

Har oqshom,

Ko`kka oy chiqqan.

Faqat,

Yig`lamagin,

Gunohim ne deb,

Aybing –

Onang seni

Chiroyli tuqqan!..

Menga

Bir tabassum

Hadya et, ey yor,

Nur tomsin

Lablaring

Sohillaridan.

O`zing ayt,

Senday qiz

Yana qayda bor,

Kipriklari uzun –

Kokillaridan?..

Iymanib yashama

Xayol pinjida,

Yoyil,

Yayra jonim,

O`rtanma g`amda.

G`iybatlarga chida,

Tuhmatga chida,

Sen bittasan, axir,

Yorug` olamda.

Men esa

Oshig`ing sening –

Eng g`arib.

Tundan so`z

Qarz olib,

Tongga tutguvchi.

Sening yonimda ham

Seni axtarib,

Sening yoningda ham

Seni kutguvchi.

Ista,

Tiz cho`kaman

Hozir oldingda.

Sevdim,

Sevganimdan

Uyalmoq nechun.

Barcha farishtalar

Sening qalbingda

Ijarada turgan

Qizlar men uchun!..

Biz baxtli bo`lamiz

Xudo xohlasa,

Xudo xohlamasa,

Uchrasharmidik?!

Vatanim

Men dunyoni nima qildim,

O`zing yorug` jahonim,

O`zim xoqon,

O`zim sulton,

Sen taxti Sulaymonim,

Yolg`izim,

Yagonam deymi,

Topingan koshonam deymi,

O`zing mening ulug`lardan

Ulug`imsan, Vatanim…

Shodon kunim gul otgan sen,

Chechak otgan izimga,

Nolon kunim yupatgan sen,

Yuzing bosib yuzimga.

Singlim deymi,

Onam deymi,

Hamdardu hamxonam deymi,

Oftobdan ham o`zing mehri –

Ilig`imsan, Vatanim.

Sen Mashrabsan,

Xalqda tumor,

Balxda dorga osilgan,

Navoiysan, shoh yonida

Faqirini duo qilgan.

Yassaviysan, meniki deb,

Ko`ringan da’vo qilgan,

Ming bir yog`i ochilmagan

Qo`rig`imsan, Vatanim.

Sen Ho`jandsan,

Chingizlarga

Darvozasin ochmagan,

Temur Malik orqasidan

Sirdaryoga sakragan,

Muqannasan qorachig`i

Olovlarga sachragan,

Shiroqlarni ko`rgan cho`pon

Cho`lig`imsan, Vatanim.

Kim Qashqarni qildi makon,

Kim Enasoy tomonda,

Jaloliddin – Qurdistonda,

Boburing – Hindistonda,

Bu qanday yuz qarolig` deb

Yotarlar zimistonda,

Tarqab ketgan to`qson olti

Urug`imsan, Vatanim…

O`g`lim desang osmonlarga

G`irot bo`lib uchgayman,

Chambil yurtda Alpomishga

Navkar bo`lib tushgayman,

Padarkushdan pana qilib

Ulug`beging quchgayman,

G`ichir-g`ichir tishimdagi

So`lig`imsan, Vatanim…

O`tgan kuning – o`tgan kundir,

O`z boshingga yetgan kun,

Qodiriyni bergan zamin,

Qodiriyni sotgan kun.

Qo`lin bog`lab,

Dilin dog`lab,

Yetaklashib ketgan kun,

Voh bolam! deb aytolmagan

Dudug`imsan, Vatanim.

Yoningda qon yig`lagan bir

Shoiringga qarab qo`y,

Gar Qo`qonga yo`ling tushsa,

Detdomlarni so`rab qo`y.

Hech bo`lmasa Usmon hokin

Keltirmoqqa yarab qo`y,

Olislarda qurib qolgan

Qudug`imsan, Vatanim…

Sen – shoxlari osmonlarga

Tegib turgan chinorim,

Ota desam,

O`glim deb,

Bosh egib turgan chinorim,

Qo`ynimdagi iftixorim,

Bo`ynimdagi tumorim,

O`zing mening ulug`lardan

Ulug`imsan, VATANIM !

Onaizor

Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,

Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham…

Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham –

Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…

Sig`may qolsam shunday keng bu jahona,

Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona,

Jonsiz tanim ustida ham parvona –

Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…

Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo,

Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo.

Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo –

Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…

Gulday kulib yurmasmidi, o`g`lim deb,

Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi, o`g`lim deb,

Onang o`lsa bo`lmasmidi, o`glim deb

Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…

Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,

Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham…

Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham –

Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…

Muhabbat

Muhabbat, ey go`zal iztirob,

Ey ko`hna dard, ey ko`hna tuyg`u.

Ko`kragimga qo`lingni tirab,

Yuragimni to`kib qo`yding-ku.

Qancha ko`zlar menga zor edi,

Na g`am, na anduhim bor edi.

Qushday yengil ruhim bor edi,

Chok-chokidan so`kib qo`yding-ku.

Ne qilarding menga tegib sen,

Yengilmagan edim — yengib sen,

Boshlarimni yerga egib sen.

Qomatimni bukib qo`yding-ku.

Sen men uchun bir xayol eding,

Yaxshi bor yo yaxshi qol eding,

Jon kerakmi — mana ol endi,

Qiynar bo`lsang qiynab to`yding-ku.

Bilmam, nima edi maqsading:

Menga bir juft guling asrading,

Birin otin Kumush atading,

Birin ismin Zaynab qo`yding-ku!

Muhabbat, ey go`zal iztirob,

Ko`chang kezdim sarson, dovdirab,

Yuzlarimga yuzlaring tirab,

Ko`zlarimni boylab qo`yding-ku!..

Suvpari

Seni hech kim sevolmaydi meningdek:

Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol,

Poyingga tiz cho`kib yig`lar, ehtimol,

Lekin sodiq bo`lolmaydi meningdek!..

Aldanma yor, aldamchilar makriga,

Malak bo`lma bevafo ishq shahriga,

Ular seni bir bossa bas bag`riga,

Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Yo`ling kesib o`tsam — o`zim hijolat,

Uzoqdan bir seni ko`rsam kifoyat,

Bir nigohing o`zi menga inoyat,

Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Joningga jon bo`lmayman-u, sevaman,

Yoningga bir kelmayman-u, sevaman,

Ismingni ham bilmayman-u, sevaman,

Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Sen ko`kdagi harir ko`ylak, hur-pari,

Ko`k ko`ldagi tinib qolgan suvpari.

Muhammadning ko`nglidagi dilbari,

Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Sevgi sadosi

Gulim, mehr ko`zda degani yolg`on,

Mening dilimda hech o`chmas yolqinsiz,

Qancha ko`rishmasak shuncha qadrdon,

Qancha olis bo`lsak, shuncha yaqinsiz.

Devona oshiqman, men bir devona,

Ayting sizdan bo`lak kimim bor yana?..

Siz yo`q chog`imdagi dunyom begona,

Siz yo`q bog`imdagi gullar yoqimsiz.

Siz achchiq qismatim, siz iztirobim,

Siz shirin dardimsiz, shurin azobim,

Siz mening ko`klardan topgan oftobim,

Yerlarda yo`qotgan ko`zmunchog`imsiz.

Yodimda kechagi sho`xliklaringiz,

Ko`ksimni kuydirgan kipriklaringiz,

Siz o`sha — Orzusi oydan oydin qiz,

Siz o`sha — kulgusi qo`ng`irog`imsiz.

Siz o`sha ko`zimning kiftida turgan,

Siz o`sha ko`nglimga ko`ngli in qurgan.

To`kilay deb tilim uchida turgan

She’rimsiz, bir umr bitmas ohimsiz…

Muhabbat sen chiroyli

Muhabbat, sen chiroyli,

Muhabbat, sen go`zalsan.

Tag`in bir zum turaylik,

Gapirmayman, uyalsang…

So`ng ketarmiz. Sezdimki

Men orzuga yetmadim.

Seni shunday sevdimki

Qo`lingdan ham tutmadim.

Qo`ling… sening qo`llaring,

Muloyimdir ehtimol.

Ayri tushdi yo`llarim,

Sevar yorim, yaxshi qol.

Muhabbat, unut meni,

Va men ham… unutmayman.

Tushlaringda kut meni,

Tushlaringga kirgayman…

Muhabbat, sen chiroyli,

Muhabbat, sen go`zalsan.

Kel, ko`rishib turaylik,

Salomlashmay, uyalsang.

O`lsamu unutsang…

O`lsamu unutsang menday yigitni,

Yog`ar yo`llaringga afsus-anduxim.

Oq tulporday minib oppoq bulutni,

Uyingning ustidan o`tadi Ruhim…

Unga nima deysan, bevafo yorim?

O`lsamu unutsang menday yigitni,

Qaro tuproq silab yotsa kuragim,

Sen o`choq oldida chaqqan gugurtni

Uchida lovillab tursa yuragim…

Shunga nima deysan, bevafo yorim?

Sen Xudo emassan axir, o`ylanma,

Jonimning rishtasi qo`lida uning,

Ammo Muhammadsiz o`tmaydi kuning,

Kel, mayli men o`lmay, sen ham qiynalma —

Shunga nima deysan, bevafo yorim?..

Onamga

Oh, mening ortimdan ovvora onam,

Bir parcha yuragi ming pora onam.

Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda,

Toshkanni ko`rmagan bechora onam,

Bolang bo`lib bir bor boshlab keldimmi,

Endi men ham senga o`g`il bo`ldimmi!..

Garchi bisotingda «bayram» so`zi yo`q,

Bilaman, kutasan sandal to`la cho`g`,

Menda yurak deganlarin o`zi yo`q:

Men sovg`a bermagan qiz yo`q bu oqshom,

Senga na gul berdim, na shirin kalom,

Endi men ham senga o`g`ilmi, onam?..

Deysan: olislarda omon yursang bas,

Yodingga tushsam goh yo`qlab tursang bas,

Bolam, senga hamma qiladi xavas…

Axir, mening dardim She’r emas faqat,

Men mashhur shoirmas — mashhur beshafqat,

Endi men ham senga o`g`ilmanmi, ayt?…

Sha`ningga she’r bitdim. U seni topsin,

Poyingga tiz cho`kib, qo`lingni o`psin.

Undan ham ulug`im borligin ko`rsin,

Men uchun ham aziz holingni so`rsin,

Sensiz g`arib ko`nglim ko`ngilmi, onam,

Endi men ham senga o`g`ilmi, onam!..

Ko`klamoyim

Ozod Sharafuddinovga

Sochimda oq, men bahordan o`tindim:

Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Qor qo`ynida seni qo`msab o`kindim,

Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Ko`nglimga ko`k binafshalar sochilsin,

Kokiliga tolpopukdan soch ilsi,

Boychechakka borar yo`llar ochilsin

Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Fasl boshi, ham oxiri o`zingsan,

Majnunlarning yo`ldoshi ham o`zingsan.

Laylilarning sirdoshi ham o`zingsan,

Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Kel-da, endi sog`intirmay odamni,

Sen yo`g`ingda bir g`am bosdi yelkamni,

Qorlar kurab ko`mib keldim otamni…

Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Ko`king bilan kiyintiray dalamni,

Oyoqyalang suyuntiray bolamni,

O`zing olgin ko`ksimdagi alamni,

Ko`klamoyim ko`kingdan ber bir chimdim.

Ginam yo`qdir kuzda ketgan oqqushdan,

Iymanmasin qayta eshik qoqishdan.

Qumri bilan birga chiqdik bu qishdan,

Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Jon ustiga asrab yuray ko`kni men,

To`yib-to`yib ko`zga suray ko`kni men.

Yana senga yetamanmi-yo`qmi men,

Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Dil yayrasin dala dashting yasanib,

Yalpizlaring suv bo`yiga yastanib,

Ikki misra bayt bitay bir maqtanib,

Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim!..

Shukr deysan sen qachon?

Ta’magirni tortqilab,

Nafsi qo`ymas deydilar.

Nokas o`zi to`ysa ham,

Ko`zi to`ymas deydilar.

Boq bir yorug` olamga —

Kimlar zo`rg`a kun ko`rar.

Odamlar bor, bog`dagi

Bulbuldan ham pul so`rar.

Yolg`on dunyo — bu dunyo,

Arzon dunyo — bu dunyo.

Ne-ne hokim, beklardan

Qolgan dunyo — bu dunyo.

Kiprikdan ham qisqadir

Molu dunyo yo`llari.

Ibrat bo`lsin Iskandar

Ochiq ketgan qo`llari!..

Uzat deysan, ber deysan,

Hech qo`ymading odamzod.

Tuya to`ydi, fil to`ydi,

Sen to`ymading, odamzod.

Shukr qilar hattoki

Qumursqa-parrandalar.

Shukr deysan sen qachon,

Xom sut emgan bandalar?..

Bu uch kunlik dunyoda

Savlatigga kerilma.

Qasr qurma, bog` qoldir,

Davlatingga kerilma.

O`z elingni qaqshatsang,

Xor bo`lasan o`zing ham.

Bir kun shu el mehriga

Zor bo`lasan o`zing ham!..

Tavallo

Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni,

Ham oq yuvib-taragansan o`zing bizni.

Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,

Kunimizga yaragansan o`zing bizni.

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,

Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga,

Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga.

Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib,

Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga.

Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,

Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.

Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi,

Ko`zlariga ikki dunyo tor bo`ladi.

Shodon daming ko`rolmagan yurtfurushlar

Bir kun bir kaft qumlog`ingga zor bo`ladi.

Yoningda turgaymiz seni, O`zbekiston,

Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Gul ko`ringan dashtingdagi giyoh-xasdir,

Soddadilu ulug`vorlik senga xosdir.

Sevamizki, cho`llaring ham bizga jannat,

Tuprog`ing ham Makka misol muqaddasdir.

Onadek ko`rgaymiz seni, O`zbekiston,

Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!

Tilak

Har kimning ham sochlariga oq tushsin,

Ajin tushsin yuzlariga, dog` tushsin.

Har kimning ham quvvat ketib belidan,

Qo`llariga aso — bir tayoq tushsin.

Imoni sof, yuzga kirib yorug` yuz,

To`ylar ko`rib yelkasidan tog` tushsin.

Jismiga so`nggi safar oldidan

O`z bolasin qo`lidan tuproq tushsin…

Mening ertagimsan

Mening shodligimsan, bolaligimsan,

Mening g`ussam o`zing, mening armonim.

Seni osmonimga olib ketaman,

Yerda bizga kun yo`q, kun yo`qdir, jonim!..

Xato qildimmikan men erta kelib,

Yo sen adashdingmi kelib keyinmi?

Goho kimliging ham bo`lmaydi bilib,

Inim deymi seni, sevgilim deymi?

Ket, deb haydolmasam netaman,

Kel, deb aytolmasam netaman.

Seni osmonimga olib ketaman,

Seni osmonimga olib ketaman…

O`ylamay deymanu o`ylamay bo`lmas,

O`tsang sen tomon bir bo`ylamay bo`lmas.

Sen mening hammadan yashirgan sirim,

Mening ertagimsan, so`ylamay bo`lmas.

Ket, deb haydolmasam netaman,

Kel, deb aytolmasam netaman.

Seni osmonimga olib ketaman,

Seni osmonimga olib ketaman!..

O`lan

To`ylarni hammadan ham,

Oy qizlar xush ko`rarmish.

Bitta qiz erga tegsa,

Qirqta qiz tush ko`rarmish.

To`yhovlida kuy tinib,

So`nganida olovlar.

Qirq suluvni yig`latib,

Ketar ekan kuyovlar.

Singillarim yig`lamang,

Yig`lasangiz xafaman.

Sharqni kezib sizlarga,

O`zim kuyov topaman.

Oq tilaklar bor bo`lsa,

Omon bo`lsa umidlar,

Izingizga zor bo`lar,

Muhammaddek yigitlar.

Erka kiyik

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,

Majnun bo`lib sahrolarga yetalasam,

Bu dunyoda birday g`arib men ham, sen ham,

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Sening ko`zing qora, mening ko`zim qora,

Sening bag`ring yara, mening bag`rim yara,

Bu dunyoda sen bechora, men bechora!..

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Shamol emas, izing quvib yurdi kamon,

Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron.

Sening joning , mening jonim — omonat jon,

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Kel, yig`laymiz birgalashib yantoqlarga,

Sahrolarda qurimagan buloqlarga,

Ikkalamiz yaralganmiz qiynoqlarga,

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Umrimizning barcha yo`li, so`qmog`i cho`g`,

Cho`g`dan qo`rqma, beyuz qo’ygan qopqondan qo`rq.

Bu dunyoda senga do`st yo`q, menga do`st yo`q,

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Soch oqardi, dildosh kutib ko`zim toldi,

Yuragimdan to`kilmay ne so`z qoldi,

Yo`l so`ngida, hech bo`lmasa o`lim oldi,

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Kumush

Marg`ilonda Kumushni ko`rdim,

Ko`ziga yosh olib turibdi.

Sochlarini maydalab o`rib,

Otabekni kutib yuribdi.

Tongda turib qalam qoshiga

O`sma qo`ygan ekan quribdi,

Ko`zdan oqqan achchiq yoshlari

O`smasini yuvib turibdi…

Meni bir o`y qiynaydi yomon,

Yana yurak o`ynaydi yomon.

Qo`yvor zamin, qo`yvor osmon,

Men uyimga yetaman qachon?

Meni bir o`y qiynaydi yomon,

Yurak yana o`ynadi yomon.

Toshkentga qiz berma Marg`ilon —

Qodiriy yo`q, Zaynablar omon!

Armonlaring bor

Yurtim, ado bo’lmas armonlaring bor,

Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor,

O’tmishingni o’ylab og’riydi jonim,

Ko’ksing to’la shahid o’g’lonlaring bor.

Bag’rim o’rtar bir o’y bahor ayyomlar,

Oy borgan yoqlarga termulib shomlar.

Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,

Fayzullodek mardi-maydonlaring bor…

Yurtim, ko’nglingdek keng osmonlaring bor,

Yulduzni yig’latgan dostonlaring bor.

Osmonlaringdan ham diydoringga zor,

Jayrondek termulgan Cho’lponlaring bor.

Qo’ling qadog’iga bosay yuzimni,

Onamsan-ku, og’ir olma so’zimni,

Qayinbarglar yopib qaro ko’zini

Olislarda qolgan Usmonlaring bor.

Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,

Ana, yurishibdi kiyganlari zar,

Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar —

Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor…

Qurboning bo’layin, ey onajonim,

Sening faryodlaring, mening fig’onim,

O’tmishingni o’ylab o’rtanar jonim,

Aytsam ado bo’lmas dostonlaring bor.

Men bittadurman

Sanam, sochingdan ham shaydolaring ko’p,

Husning oshiqlari — adolaring ko’p.

Nimang ko’p, ko’yingda gadolaring ko’p,

Ammo men bittaman, men bittadurman.

Bek yigit bir sening poyingda xorman,

Garchi diydoringga mushtoqu zorman,

Men beun sevarman, men jim sevarman,

Qiyomatgacha shul sukutdadurman.

Deydilar: muhabbat bilmas masofa,

Ayriliqni pisand qilmas masofa.

Kelursan o’zing deb bir kun insofa —

Gohi Toshkent, gohi Urgutdadurman.

Tiling bilmasam ham tushungandayman,

Sen bilan gohi do’st tutingandayman.

Gohi bu do’stlikdan o’kingandayman,

Ming bir xayol ichra ming bittadurman.

Suymoq — bu gulxanda kuymoq azali,

Men shahar erkasi, sen tog’ go’zali.

Eslab yur yodingga tushgan mahali —

Shaydolaring ko’p-u, men bittadurman!..

Bir qiz yig’lar

Bir qiz yig’lar buloq boshida,

Ma’yus majnuntollar qoshida,

Ko’ngi ohi ko’zin yoshida:

Bevafo ko’p ekan dunyoda…

Nigohida oftoblari bor,

Nolishlarin javoblari bor,

So’ngan sevgi azoblari bor,

Bevafo ko’p ekan dunyoda…

Tovoniga tushgan kokillar,

Qizginaga qo’shilib yig’lar,

Bir so’z dilga sanchadi tig’lar —

Bevafo ko’p ekan dunyoda…

Dildan ko’chib ketsa xayollar,

Yomonga yo’q ekan jazolar,

Yolg’on dunyo ekan dunyolar,

Bevafo ko’p ekan dunyoda.

Ermak ekan endi Laylolar,

Majnun g’arib kezgan sahrolar,

Ertak ekan Tohir-Zuhrolar,

Bevafo ko’p ekan dunyoda…

Bir qiz yig’lar buloq boshida,

Ma’yus majnuntollar qoshida.

Ko’ngil zori ko’zin yoshida:

Bevafo ko’p ekan dunyoda.

Qo’y yig’lama mening jon singlim,

Men ham sendek bag’ri qon singlim.

Menga ham yo’q mehribon singlim,

Bevafo ko’p ekan dunyoda,

Muhabbat yo’q ekan dunyoda!

Turkman qiz

Aylanaman, Sharqni kezib aylanaman,

Iboli bir yor topolmay o’ylanaman.

O’z yurtimning suluvlari til uqmasa,

Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman…

Ko’zim tushsa yuzlarin lov-lov yonadi,

Yelkasida qirqta chaman tovlanadi,

Kesilmagan kokillari to’lg’onadi,

Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman…

U elining urflarini qilmaydi xor,

Beshigi hech allasiga bo’lmaydi zor,

Qoshida momosi qo’ygan o’smasi bor,

Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman…

U ajralib turar turfa gul ichida,

Oftob chiqib, oftob botar kulgichida,

O’z tilida gapirmaydi til uchida,

Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman…

Bir xil libos kiymish ko’rdim nechalari

Oybaldog’i yonib turar kechalari.

Yashnab ketar yursa Toshkent ko’chalar

Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman.

Go’shangaga kirganimda yorga yetib,

Menga o’lan so’ylab berar yodlar etib

Bobolarim ruhlarini shodlar etib,

Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman.

O’zbek haqida ballada

Qiyosi yo’q uning mehri bir daryo,

O’xshasa o’ziga o’xshaydi O’zbek.

Boshqa millatlarni bilmadim, ammo,

Dunyoda bolam deb yashaydi O’zbek!

O’nta bo’lsa o’rni boshqa uningchun,

O’g’lim otashimdan yaralgan uchqun.

Qizim parilardan chehrasi gulgun,

Qoshlari qalam deb yashaydi O’zbek!

Bir qo’lda belanchak, bir qo’lda Qur’on,

Bir elkada ketmon, birida iymon.

Barchaga barobar oftobsimon,

Yashnasin olam deb yashaydi O’zbek!

Bobolari qaysi yigitlardan kam,

Momolari hushro’y yuzdan oshsa ham.

Zurryodlari bo’lsa bitta uyga jam,

To’shak yetmay to’nin to’shaydi O’zbek!

Ehtirom etganga ehromlari bor,

Kekkayganga bo’yin egmaydi zinhor.

Beshik to’la jajji islomlari bor,

Tosh o’tmas qo’rg’onga o’xshaydi O’zbek!

Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad?

O’xshasa o’ziga o’xshaydi O’zbek.

Yomon sher yozsang ham betingdan o’pib,

Kam bo’lma bolam deb yashaydi O’zbek!

Bu she'r O'zbekiston xalqining mukaddas ehtiromiga bag'ishlangan ballada. Sherda O'zbekiston xalqining o'ziga xos sifatlariga, qadriyatiga, turmush tarziga, ma'noli yigitliklariga hamd va qadr ifodalangan.

Birinchi qatorda, "Qiyosi yo’q uning mehri bir daryo" iborasidan O'zbekiston xalqining fazilatlari nazariga aminlik ifodalangan. "Boshqa millatlarni bilmadim, ammo, Dunyoda bolam deb yashaydi O’zbek!" iborasidan esa O'zbekiston xalqi ko'pincha yovuz, yovuzsizlikdan bihavo va barqaror yashayotganligi ifodalangan.

Ikkinchi qatorda "Bir qo’lda belanchak, bir qo’lda Qur’on" ifodasi orqali O'zbekiston xalqining islom diniga hurmatini va uning ma'naviyatiga bag'ishlangan e'tibor aks ettirilgan. "Yashnasin olam deb yashaydi O’zbek!" iborasidan esa O'zbekiston xalqining jamiyatida odamlarining hurmat va ehtiromiga qarshi muhabbat ifodalangan.

Uchinchi qatorda O'zbekiston xalqining yigitligi, yovuzligi va hushyorligi haqida ko'rsatmalar qilingan. "Momolari hushro’y yuzdan oshsa ham" ifodasi orqali O'zbekiston xalqining qadriyatli, yigitlikka yo'nalgan turmush tarziga aks ettirilgan.

Tortinchi qatorda O'zbekiston xalqining qadriyatli va dindorligiga qarshi hurmat ifodalangan. "Beshik to’la jajji islomlari bor, Tosh o’tmas qo’rg’onga o’xshaydi O’zbek!" iborasidan esa O'zbekiston xalqining islom diniga hurmat va uning ahamiyati ko'rsatilgan.

Oxirgi qatorda, "Yomon sher yozsang ham betingdan o’pib, Kam bo’lma bolam deb yashaydi O’zbek!" iborasidan esa O'zbekiston xalqining xalqimizni hurmat va ehtirom bilan qabul qiluvchi xalqi manosi, ularning azizligi aks ettirilgan.

Iqror

O, ota makonim.

Onajon o‘lkam,

O’zbekiston, jonim to‘shay soyangga.

Senday mehribon yo‘q,

Seningdek ko‘rkam.

Rimni alishmasman bedapoyangga.

Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar,

Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar.

Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,

Tog‘laring ortimdan ergashib yurar.

Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin.

Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men –

Parijning eng go‘zal restoranlarin, B

itta tandiringga alishmasman men.

Na gapga ko‘nayin,

Na til bilayin,

Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat —

Uch kunda sog‘insam nima qilayin,

Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat.

Bildimki, baridan ulug‘im o‘zing,

Bildimki, yaqini shu tuproq menga.

Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing,

Arab ohusidan azizroq menga.

Sen bilan o‘tgan har kun bayram — bazm,

Sensiz bir on qolsam vahmim keladi.

Seni bilganlarga qilaman ta’zim,

Seni bilmaslarga rahmim keladi.

Bu she'r O'zbekiston davlatining hayotiy-ijtimoiy taraqqiyotini ko'rsatish maqsadida yozilgan. Muallif davlatning mehribon va xursand bo'lganidan, uning taraqqiyoti uchun qo'llab-quvvatlaydi. She'rning birinchi qatari o'z vatanimiz O'zbekiston haqida va uning mehribonligi yoki qudrati haqida. Ikkinchi qatari esa, muallif yurtni o'zining har tomonini ko'rib chiqish va taqdirlashini bildiradi. Uchunchi qatarda muallif yurtni ko'rib, uning hujjatlarini qo'llab-quvvatlay oladigan eng sodda kasmani bo'lishiga ishonadi. So'nggi qatarda muallif o'z yurtdoshlariga taqdir va omad tilaydi.

#QORA_QUYOSHdan

O'y yomon.

O'y yomon qiynar odamni.

Ilondek yurakni kemirar mal'un.

Urushdan chalajon qaytgan otamning

Qirq yilki, tilidan tushmas STALIN...

OTA, qo'ying, deyman.

Otajon, qo'ying.

Umringiz o'tmoqda kimga ishonib?

Temir kosov bilan ko'zimni o'ying,

Faqat bir iltimos,

Gapirmang o'shani!..

Yer esa aylansin,

Yumushi mo'l Yer.

Oqar yuzlaridan,

Marjon-marjon ter...

O'ylayman zaminda

Eng baxtiyor zot –

Yoki akademik,

Yoki besavod.

Biri o'qiganin tahlilin so'rmas,

Biri o'qishga ham urinib ko'rmas...

O'y yomon, o'y bu – jar,

Bu jar qorong'u.

"Qayt bolam!.."

Otamning so'zlarimikin?

Bu zulmat qa'rida yongan ne yog'du,

Fayzullo bobomning ko'zlarimikin?

"Sen nima bilasan,

Farzandi nodon,

Urushda yurtingni asrab qoldi kim?.."

Ishonch qanday unvon,

Ishonch qanday shon,

Ul buzrukvorimga nima ham derdim.

O'lgan o'ldi-ketdi.

Endi qaytmaydi.

Nega?

Nima uchun?

Bu ham bir jumboq.

Ota xatosini o'g'il aytmaydi,

Aytolmas,

Unutib ham bo'lmas biroq...

✍️Muhammad Yusuf

"Qora Quyoshdan" Muhammad Yusuf Navoiyning she'ri. Bu she'r urush va sevgidagi yo'qotgan yomonlik haqida gaplashadi. Sarlavha "Qora Quyoshdan" deb tarjima qora tun yorug'ligi manfiyligi, xalqaro xatti-xizmatka tortilgan ozodliklarning qanchalik og'ir xarajatlarga olib kelishi haqida bir metaforadir.

She'r o'zbek tilida yozilgan va uning aniq ritmi va uslubi bor. Uning 24 qatorda to'liq 10 yoki 11 xonaliqdan iborat. She'r A-B-A-B-C-D-C-D-E-F-E-F-G-G tartibida yozilgan va rim shakli AA, BB, CC, DD, EE va GG bo'lib keladi.

Navoiy sifatli tasvir va metaforlardan foydalanishga qaratilgan gapirish usuli bilan so'zlashadi. "Ilondek yurakni kemirar mal'un" qatorida aytilgan "yurakning tog'ini tushirib qoldirgan taqdir" aks ettiradi. "Yer esa aylansin, Yumushi mo'l Yer" qatorida urinishdagi harakatli tasvirlar urushning kelajakdagi kaos va halokatini tasvirlaydi.

Umumiy ravishda, bu she'r urushning va qilichlarning yomonligi haqida kuchli izohdir. Navoiy urushning faqat ziyon va zerar tug'ridan boshqa hech qanday narsa keltirmaydi, va bu jaholatga tortishni ehtiyot qilish uchun yuqori darajada zarurdir. She'r xalqaro tomonidan yaxshi bilinadi va muhim xatrida saqlanadi.

Last updated