Adiblar Uz
  • Adiblar Uz
  • Asosiy Menu
  • Adiblar Xiyoboni 360 AR
  • Abdulla Qodiriy uy-muzeyi 360 AR
  • Adiblar English
  • Adiblar на Русском
  • Adiblar français
  • Adiblar in Spanish
  • Adiblar in German
  • Muallifning hayoti va ijodi
  • 🇺🇿Alisher Navoiy hayoti va ijodi
    • Xamsa
  • 🇺🇿Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi
  • 🇺🇿G'afur G'ulom
    • Vaqt she'ri
    • SOG‘INISH she'ri
  • 🇺🇿Zulfiya Isroilova
    • Zulfiyaxonim she'rlari
    • Zulfiyaxonim she'rlari
    • Oydinda
    • SEN QAYDASAN, YURAGIM
    • Bugun tunda kelarmish, Bahor...
    • BOG‘LAR QIYG‘OS GULDA
    • Shu kunlarda bahorga zorman
    • Nevara (Zulfiya)
    • Zavqqa solib o‘tar notinch fikridan
  • 🇺🇿Abdulla Qodiriy
    • Abdulla Qodiriy hayoti va Ijodi
    • Abdulla Qodiriy she'rlari
  • 🇺🇿Muhammad Yusuf
    • She'rlar
    • Muhabbat, sen chiroyli
    • Men o’z bilganimdan qolmadim.
  • 🇺🇿Hamid Olimjon
    • Hamid Olimjon she'rlari
    • O’RIK GULLAGANDA
    • Holbuki, tun…
    • Bo'lsam
    • Eng gullagan yoshlik chogʼimda...
    • Sharqning ham buzilmas odatlari bor
  • 🇺🇿Lutfiy
  • 🇺🇿Sharof Rashidov
  • Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 1-qism
  • Ahmad Yassaviy
    • Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi
  • G'azallar
    • 📗Alisher Navoiy G’azallari
      • Mubtalo bo'ldum sanga
      • Qaro ko'zum, kelu mardumlug' emdi fan qilg'il...
      • Oʻxshamas
      • Meni men istagan oʻz suhbatigʻa arjumand etmas
      • Junun vodisigʻa moyil koʻrarman joni zorimni
      • Un sakkiz yosh hayratlari
      • Orazin yopqach kuzimiddin…
      • Bovujudikim adam boʻldum gʻamidin qaygʻurub
  • 📚Zahiriddin Muhammad Bobur G'azallari
  • Ruboiylar
    • Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylari
    • 📓Alisher Navoiy ruboiylari
      • Yo‘q dahrda bir besar-u sorson mendek...
      • G'urbatda g'arib shodmon bo‘lmas emish...
  • She'riy To'plamlar
    • Alisher Navoiy sh'erlari
    • Navoiy hikmatlari
  • Platforma Yangiliklari
  • Hikoyalar
    • Abdulla Qahhor hikoyalari
    • Abdulla Qahhor. Xotinlar
    • Abdulla Qahhor. San’atkor (hikoya)
  • Kinofilm
    • Zahiriddin Muhammad Bobur haqida videorolik
  • Ilmiy maqolalar
    • Abdulla Qahhor hikoyalarida tasviriy ifodalar
  • Tadbirlar
    • 21 - Oktabr
Powered by GitBook
On this page

Was this helpful?

  1. Hamid Olimjon

O’RIK GULLAGANDA

PreviousHamid Olimjon she'rlariNextHolbuki, tun…

Last updated 2 years ago

Was this helpful?

O’RIK GULLAGANDA

Derazamning oldida bir tup O’rik oppoq bo’lib gulladi…

Novdalarni bezab g’unchalar, Tongda aytdi hayot otini Va shabboda qurg’ur ilk sahar Olib ketdi gulning totini.

Har bahorda shu bo’lar takror, Har bahor ham shunday o’tadi, Qancha tirishsam ham u beor Yellar meni aldab ketadi.

Mayli, deyman va qilmayman g’ash, Xayolimni gulga o’rayman; Har bahorga chiqqanda yakkash, Baxtim bormi, deya so’rayman.

Yuzlarimni silab, siypalab, Baxting bor, deb esadi yellar. Etgan kabi go’yo bir talab, Baxting bor, deb qushlar chiyillar…

Hamma narsa meni qarshilar, Har bir kurtak menga so’ylar roz, Men yurganda bog’larga to’lar Faqat baxtni maqtagan ovoz:

«Mana senga olam-olam gul, Etagingga siqqanicha ol, Bunda tole har narsadan mo’l, To o’lguncha shu o’lkada qol.

Umrida hech gul ko’rmay, yig’lab O’tganlarning haqqi ham senda, Har bahorni yig’lab qarshilab Ketganlarning haqqi ham senda…»

Derazamning oldida bir tup O’rik oppoq bo’lib gulladi…

XAYOLIMDA BO’LDING UZUN KUN…

Xayolimda bo’lding uzun kun, Seni izlab qirg’oqqa bordim. Och to’lqinlar pishqirgan tunda, Topib ber, deb oyga yolvordim.

Ishon, bunda seni doimo Esga solar chiroyli tunlar, Sho’x yulduzlar, salqin saharlar, Esga solar baxtiyor kunlar.

Toleimning oshinosi sen, Sen sevgimning ko’kargan bog’i. Sening bilan birga iqbolim, Ishonchimning sen vafo tog’i.

Meni qurshar salqin bir havo, Suv ustidan tun quyuladi. Shunda qancha-qancha gaplarni Esga solib oy ham to’ladi.

Kecha jim-jit, yolg’iz to’lqinlar Pishqiradi bilmay tinimni. Hiylagar oy, sehrgar dilbar, Solib qo’yding yodimga kimni?..

* * *

Sevgi desam, faqat sen desam, Sening bilan yashasa qalbim; Sen desam-u, butun dunyoning Sho’rishiga quloq solsam jim…

Quyun kabi aylanar boshim, Qarayman-u, ko’zim tinadi Va jilvangdan ko’ngil ko’zgusi Parcha-parcha bo’lib sinadi.

Shu qarashga bormi nihoya, Bo’larmanmi maqsadga vosil? Toparmanmi bir yangi g’oya, Bo’larmikan bir murod hosil?

Topilarmi unda bir chora, Agar meni qurshasa junun: Bo’lib qolsa sirim oshkora, Atasalar nomimni Majnun?

🇺🇿
Ashampoo_Snap_2016.11.23_01h27m54s_018_.png