# Navoiy hikmatlari

## Ota-onaga hurmat haqida hikmatlar

&#x20;Boshni fido qilg‘il ato boshig‘a,&#x20;

Jismni qil sadqa ano qoshig‘a.&#x20;

![](https://ziyokor.files.wordpress.com/2017/05/0_15463f_3bfe19c7_orig.jpg?w=640)

Tun-kuningg‘a aylagali nur fosh,&#x20;

Birisin oy angla, birisin quyosh.&#x20;

## Ustozga hurmat haqida hikmatlar

Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,&#x20;

Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.&#x20;

## So‘z qudrati To‘g‘riso‘zlik haqida hikmatlar

Ko‘p demak so‘zga mag‘rurlik&#x20;

Va ko‘p yemak nafsg‘a ma’murlik.&#x20;

<figure><img src="https://1848067749-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2F-MR_Uamc9z-jfuODiWwB%2Fuploads%2FWfYxNXwyVNVEtFAVXcxY%2Fimage_2023-05-27_14-33-09.png?alt=media&#x26;token=c974819c-0a38-4cad-bd88-52cf324caa5f" alt=""><figcaption></figcaption></figure>

Ham so‘z ila elga o‘limdin najot,&#x20;

Ham so‘z ila topib o‘lik tan hayot.&#x20;

<img src="https://1848067749-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2F-MR_Uamc9z-jfuODiWwB%2Fuploads%2FCBuw38RVTYkpBjsDc6CK%2Fimage_2023-05-27_14-33-09.png?alt=media&#x26;token=3f0ac508-e253-44f7-af5e-3cb2174e7bb0" alt="" data-size="line">

Har neki yetar sanga lison og‘rig‘idin,&#x20;

Bilgilki, qatiq durur sinon og‘rig‘idin.&#x20;

<img src="https://1848067749-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2F-MR_Uamc9z-jfuODiWwB%2Fuploads%2F3Bbxbzx1QkKcbnyIVx2T%2Fimage_2023-05-27_14-33-09.png?alt=media&#x26;token=13a7f480-b80a-4d4b-aeb8-ba39e1d22f58" alt="" data-size="line">

Aytur so‘zni ayt, aytmas so‘zdin qayt.&#x20;

Chin so‘z mo‘tabar, yaxshi so‘z muxtasar.&#x20;

Senga bor esa so‘z bilurdin mazoq,&#x20;

Uzum sari boqma, so‘zum sari boq.&#x20;

<img src="https://1848067749-files.gitbook.io/~/files/v0/b/gitbook-x-prod.appspot.com/o/spaces%2F-MR_Uamc9z-jfuODiWwB%2Fuploads%2FYWsmGsM6jtjRye4TxxnG%2Fimage_2023-05-27_14-33-09.png?alt=media&#x26;token=7eaa5c37-5b43-482e-a52a-c5941a50a49c" alt="" data-size="line">

So‘zni ko‘ngilda pishqarmaguncha tilga kelturma,&#x20;

Va har nekim, ko‘ngilda bor – tilga surma.&#x20;

Har kishining kim so‘zi yolg‘on esa,&#x20;

Aylama bovar necha kim chin desa.&#x20;

Befoyda so‘zni ko‘p aytma,&#x20;

Foydali so‘zni ko‘p eshuturdin qaytma.&#x20;

Chin so‘zni yolg‘ong‘a chulg‘ama,&#x20;

Chin ayta olur tilni yolg‘ong‘a bulg‘ama.&#x20;

Ma’dani inson gavhari so‘z durur,&#x20;

Gulshani odam samari so‘z durur.&#x20;

Til ildamidin bo‘lur g‘aromat hosil,&#x20;

Yuz nav’ malomat-u nadomat hosil.&#x20;

Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz.

Er kishiga seb-u ziynat hikmat va donishdur.&#x20;

Xiradmand chin so‘zdin o‘zga demas,&#x20;

Vale borcha chin ham degulik emas.&#x20;

Chun sinsa ko‘ngil zaxm zabon og‘rig‘idin,&#x20;

Kim ermas aning og‘rig‘i jon og‘rig‘idin.&#x20;

Gavhar-u durni quloq ozori bil,

&#x20;So‘zni quloqning duri shahvori bil.

Izzat tilasang, kam de,&#x20;

Sihhat tilasang, kam ye.&#x20;

Kimki o‘zi ayladi yolg‘on so‘zin,&#x20;

Qizb der el chin desa, qolg‘on so‘zin.&#x20;

Necha zarurat aro qolgan chog‘i,&#x20;

Chin demas ersang, dema yolg‘on dog‘i.&#x20;

## Bilim olishga intilish haqida hikmatlar

Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim,&#x20;

Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim.&#x20;

Ilm Navoiy, senga maqsud bil,&#x20;

Emdikim ilm o‘ldi, amal aylagil.&#x20;

Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,&#x20;

Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.&#x20;

Ki har ishniki qildi odamizod,&#x20;

Tafakkur birla bildi odamizod.&#x20;

Yigitlikda yig‘ ilmning maxzani,&#x20;

Qarilik chog‘i xarj qilg‘il ani.&#x20;

Qaysi johilga nadomat bo‘lg‘ay, ul olimcha kim,&#x20;

Harne qildi bilmadi, harneki bildi – qilmadi.&#x20;

Aylama o‘z ra’inga ko‘p e’tiqod,&#x20;

Mu’tamad el ra’yidin ista kushod.&#x20;

## Hunar egallash haqida hikmatlar

Kamol et kasbkim, olam uyidin,&#x20;

Senga farz o‘lmagay g‘amnok chiqmoq.&#x20;

## Odamiylik haqida hikmatlar

{% embed url="<https://www.youtube.com/watch?v=QkzgGUUCUtY>" %}

Yaxshilik qilish haqida&#x20;

Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q.&#x20;

Himmatsiz kishi er sonida emas,&#x20;

Va ruhsiz badanni kishi tirik demas.&#x20;

Ki har kim ayon etsa yaxshi qiliq,&#x20;

Yetar yaxshiliqdin anga yaxshiliq.&#x20;

Kishi xanzal eksa, achig‘ bar topar,&#x20;

Va gar nayshakar eksa, shakkar topar.&#x20;

Kishi muhraro harna qilsa nigor,&#x20;

Varaqda hamul naqsh o‘lur oshkor.&#x20;

Odami ersang, demagil odami,&#x20;

Oniki, yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.&#x20;

Menga ne yor-u ne oshiq havasdur,&#x20;

Agar men odam ersam, ushbu basdur.&#x20;

Yo‘q hunari yolg‘uz esa o‘z kishi,&#x20;

Qayda kishi sonida yolg‘uz kishi.&#x20;

Fard kishi davrda topmas navo,

&#x20;Yolg‘uz ovuchdin kim eshitmish sado!&#x20;

Har kishi kim birovga qozg‘ay choh,&#x20;

Tushkay ul choh uza o‘zi nogoh.&#x20;

Har kishi kim tuzlik erur peshasi,&#x20;

Kajrav esa charx, ne andeshasi?&#x20;

Qardoshing emas, ulki qo‘yib bosh senga,&#x20;

Davlat chog‘i qilg‘ay o‘zin qo‘ldosh senga.&#x20;

Shohki ish adl ila bunyod etar,&#x20;

Adli buzuq mulkni obod etar.&#x20;

Elga sharaf bo‘lmadi joh-u nasab,&#x20;

Lek sharaf keldi hayo-u adab.&#x20;

Qachon sochsa tuproqqa bug‘doy birov,&#x20;

Yo‘q imkonki ul arpa qilg‘oy g‘arov.&#x20;

Agar kimsadin zohir o‘lsa yomon,&#x20;

Ko‘rar harnekim, zohir etdi hamon.&#x20;

Agar naf’din bo‘lsa mahzan yiroq,&#x20;

Aning la’lidin xora ko‘p yaxshiroq.&#x20;

Ushoq qand, oq tuzga monand erur,&#x20;

Va lekin biri tuz, biri qand erur.&#x20;

Xaloyiqqa ko‘rma qilib benavo,&#x20;

O‘zingga ravo ko‘rmaganni ravo.&#x20;

Agar qilmadi el himoyat sanga,&#x20;

O‘zingdin kerakdir shikoyat sanga.&#x20;

Aylar ishingga chu bo‘lur dastras,&#x20;

Vaqtidin o‘tkarma ani bir nafas.&#x20;

Barcha lazzatni totdim,&#x20;

Ofiyatdin chuchukroq sharbat topmadim.&#x20;

Biyiklik keldi himmatdin nishona,&#x20;

Ki himmatsizni past etdi zamona.&#x20;

Birovgakim birovdin yetdi ofot,&#x20;

Hamonokim qotig‘roqdur mukofot.&#x20;

Birovki tama’ rishtaye qilg‘usi,&#x20;

Uning birla bo‘g‘zidin osilg‘usi.&#x20;

Birovkim anga himmat o‘ldi baland,&#x20;

Erur odam ahli aro arjumand.&#x20;

Birovkim bo‘lur bir oyoq osh uchun qul,&#x20;

Yuziga kerakdur qozonning qarosi.&#x20;

Bir diram olmoq chekibon dast ranj,&#x20;

Yaxshiroq andinki, birov bersa ganj.&#x20;

Bu gulshan ichra yo‘qdir baqo guliga sabot,&#x20;

Ajab saodat erur qolsa yaxshilik bila ot.&#x20;

Yomon bila yaxshi orasida farqdir,&#x20;

Ikki kemaning uchin tutgan g‘arqdir.&#x20;

Yoreki tegar birovga ozori aning,&#x20;

Aql olida tengdur-u yo‘q-u bori aning.&#x20;

Izzat bermas naql-u diram borlig‘i,&#x20;

Kim bo‘ldi tama’din kishining xorlig‘i.&#x20;

Izzati haddin kam esa xo‘b emas,&#x20;

Haddidin ortuq dag‘i marg‘ub emas.&#x20;

Tinch ko‘ngil birla qatiqsiz umoch,&#x20;

Behki birov minnati bilan quloch.&#x20;

Topsang necha shohlar uzra shahlik,&#x20;

Faqr ahliga ayla xokrahlik.&#x20;

Tabiatga har neki odat bo‘lur,&#x20;

Chu eskirdi odat tabiat bo‘lur.&#x20;

Tahayyul aro borcha bir nav’ emas,&#x20;

Hadisin iki kimsa bir nav’ demas.&#x20;

Desangki, taomim zoyi’ bo‘lmag‘ay, yedur,&#x20;

Va tilasangki, libosim eskirmagay, kiydir.&#x20;

Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,&#x20;

Yor o‘ling bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish.&#x20;

## Kamtarlik haqida hikmatlar

Karam va muruvvat ato va anodurlar,&#x20;

Vafo-yu hayo ikki hamzod farzand.&#x20;

Qil yaxshilig-u demakni doxil qilma,&#x20;

Minnat bila yaxshilikni botil qilma.&#x20;

Agar tuzlik o‘lsa kishining ishi,&#x20;

Ne vasf aylay olgay ishini kishi.&#x20;

Kimgaki erlik asari yordur,&#x20;

Bir demas ar qilgani ming bordur.&#x20;

Odam o‘lg‘on zebi-zohirdin demas,&#x20;

Kimki andin faxr etar, odam emas.&#x20;

## Donishmandlik haqida hikmatlar

Har kimsaki aylamas oshuqmoqni xayol,&#x20;

Yofroqni ifak qilur, chechak bargini bol.&#x20;

G‘ofil o‘lma nazardin itsa aduv,&#x20;

Sham’ o‘chirganda yel ko‘runurmu?&#x20;

Kim kinavar o‘lsa, ista andin qochmoq,&#x20;

Nechunki zarur durur yomondin qochmoq.&#x20;

Kimniki aylay der esang mahraming,&#x20;

Ko‘p sinamay aylamagil hamdaming.&#x20;

Kimniki inson desang, inson emas,&#x20;

Shaklda ham fe’lda yakson emas.&#x20;

Mevaga mag‘z o‘lsa, bo‘lur po‘st ham,&#x20;

Kimsaga ham dushman erur do‘st ham.&#x20;

Mehrki ravshanlik etar fosh ani,&#x20;

Kimga gunah ko‘rmasa xuffosh ani.&#x20;

Muvofiq sheva zolim do‘stlardin&#x20;

Muxolif tab’ dushmanlar ko‘i ortuq.&#x20;

Necha marazgaki, erur sud qand,&#x20;

Nechaga ham zahr erur sudmand.&#x20;

Nekim qildi johilki, erdi yomon,&#x20;

Tutib aksini topdim andin amon.&#x20;

Jahon ilmiki bukun menga yod erur,

&#x20;Anga borcha jahl ahli ustod erur.&#x20;

Omi tabibkim, erur shogirdi jallod,&#x20;

Ul tig‘ bila va bu zahr bila halok qilg‘uchi bedod.&#x20;

Oz ish uchun tund-u itob aylama,&#x20;

Qatl-u siyosatda shitob aylama.&#x20;

Parvonani ishq etmasa mast,&#x20;

Urg‘aymu o‘zini o‘tqa payvast?&#x20;

Sabr bila ko‘p bog‘liq ish ochilur,&#x20;

Ishda oshiqqan ko‘p toyilur.&#x20;

Necha samar sochmoq esa shox ishi,&#x20;

Ko‘proq otar tosh anga tergan kishi.&#x20;

Ne qushki, bo‘lsa himmatdin qanoti,&#x20;

Emas past oshyonga iltifoti.&#x20;

Tuzlik ermas shifosi-yu voyasi ham,&#x20;

Kim egri kishining egridur soyasi ham.&#x20;

Ulki zarar shevasini tavr etar,&#x20;

Elga demakim, o‘ziga javr etar.&#x20;

Bir xati gar egri tushar bir nuqat,&#x20;

Nusxada har safhadadur egri xat.&#x20;

Bo‘lmas adabsiz kishilar arjumand,&#x20;

Past etar ul xaylni charxi baland.&#x20;

Bu damni orif esang yaxshi tutki, johil ishi&#x20;

Yetishmaganga-yu o‘tganga qiylu qol o‘lg‘ay.&#x20;

Davron elining jismida ham jon bo‘lg‘il,&#x20;

Ham jonlarig‘a moyayi darmon bo‘lg‘il.&#x20;

Jahl ahli bila kimg‘aki ulfat bo‘lg‘oy,&#x20;

Ul ulfati ichra yuz ming ofat bo‘lg‘oy.&#x20;

Zarari borcha elga om o‘lg‘on,&#x20;

Kim taom ustiga taom o‘lg‘oy.&#x20;

Yilonni kishi tutsa sar kufta,&#x20;

Balodin qilur o‘z yo‘lin rufta.
