> For the complete documentation index, see [llms.txt](https://adiblar.gitbook.io/adiblar/llms.txt). Markdown versions of documentation pages are available by appending `.md` to page URLs; this page is available as [Markdown](https://adiblar.gitbook.io/adiblar/zulfiya-isroilova/nevara-zulfiya.md).

# Nevara (Zulfiya)

Nevaram quyunday otilib kirib,&#x20;

Qalamim tagidan qog’ozni yular.&#x20;

Damda varrak yasab ko’kka uchirib,&#x20;

Izidan qop-qora ko’zlari yurar,

Varrak tortar shekil, murg’akni kuch-la&#x20;

Oyoq tirab siltar dakani kibor&#x20;

Ayrilib qog’ozdan, she’rdan va hushdan&#x20;

Boqaman varrakboz jonga baxtiyor,

Naq bobosi siyoq zehnday tiyrak,&#x20;

Ko’kish alangada yonar sochu qosh.&#x20;

Borlig’i ezgu bir o’tganda kerak,&#x20;

Tomirlarda qonmas, kezadi quyosh.

Daka varrak tiniq zangori fazo&#x20;

Tubiga intilar, sho’ng’ir naq xayol.&#x20;

Talpingan ko’ksingda, bolakay ne bor,&#x20;

Sen iqbolga, senga ne tutar iqbol?&#x20;

Nevara bo’lmasa, odamzod albat,&#x20;

O’zi kashf etardi, kashf etganday baxt.
